Umumiy kollektorli sxema Um K sxemada tok va signal oqimi
(qizil – tok, yashil – signal oqimi)
p-n-p tipida yig‘ilgan kuchaytirgichning bazasiga signal ajratuvchi C1 kondensator orqali KT1 tranzistorining bazasiga uzatiladi, kuchaytirilib emitteridan olinadi. Kuchaytirgichning oziqlanish kuchlanishining musbat qutbi R3 emitter-kollektor ta’minotining manfiy qutbi. Kaskad yuklamasi R3. Kuchaytirgich umumiy kollektorli sxema bo‘yicha yig‘ilgan, kollektor zanjiri kirish va chiqish signallari bo‘yicha umumiy hisoblanadi. Umumiy kollektorli ulanish sxemasida kuchlanish bo‘yicha bir karra kuchaytiradi, kuchlanishning kuchaytirishiga kaskad yo‘l qo‘ymaydi, tok bo‘yicha umumiy emitterli sxemaga o‘xshab 200 karra kuchaytiradi. Bazaning umumiy kollektorli sxemasini emitterli takrorlagich deyiladi, emitterdagi chiqish kuchlanishini, amalda kirish kuchlanishini takrorlaydi.
Umumiy kollektorli sxemada yig‘ilgan kuchaytirgich signalni kuchaytirmaydi. Lekin electron qurilmalarning orasida chiqish va kirish qarshiliklarini moslashtirish sxemasi vazifasini o‘taydi va ba’zi adabiyotlarda emitter takrorlagich deb nomlanadi.
Kuchaytirgich kirish qarshiligi: 0,2–1 m Ω
Chiqish qarshiligi: 50–500 Ω
Signalni: tok bo‘yicha 200 karra, kuchlanish bo‘yicha 1 karra, quvvat bo‘yicha 10 karra kuchaytiradi.
Umumiy bazali sxema Um B sxemada tok va signal oqimi (qizil – tok, yashil – signal oqimi)
Umumiy bazali sxema p-n-p tipidagi tranzistorda yig‘ilgan bo‘lib, u R3 rezistori orqali oziqlanish kuchlanishining musbat qutbi uzatiladi, manfiy qutbi R1, R2 rezistorlariga ulangan. Kirish signali C1 ajratuvchi kondensatori orqali transistor emitteriga uzatiladi, kollektoridan kuchaytirilib olinadi. Kaskad yuklamasi R2. Baza kirish va chiqish signaliga umumiy hisoblanadi. Bunday ulanish sxemasining kirish qarshiligi kichik bo‘lganligiga elektr tebranish generatorlarida, yuqori chastotali signallarni kuchaytirishda ko‘proq foydalaniladi.
Bunday sxemalar kam shovqinli kuchaytirgich hisoblanadi.
Kirish qarshiligi: 30–1500 Ω
Chiqish qarshiligi: 0,5–2m Ω
Signalni: tok bo‘yicha 1 karra, kuchlanish bo‘yicha 1000 karra, quvvat bo‘yicha 100 karra kuchaytiradi.
Kuchaytirilgan signalning fazasi o‘zgarmaydi.
10-jadval