6-mavzu: dnk- replikatsiyasi Reja: Prokariot organizmlar replikatsiyasi Eukariotlardagi replikatsiya


DNK replikatsiyasida molekulaning ikkiga ko‘payishi



Yüklə 56,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü56,39 Kb.
#208303
1   2   3   4   5
\'ruza

 DNK replikatsiyasida molekulaning ikkiga ko‘payishi. 
Replikatsiyaning initsiatsiyasida ribonukleozidtrifosfatlardan tashkil topgan qisqa 
molekulali RNK-zatravka zarur bo„lib, bu omilni DNK-praymaza fermenti sintezlaydi. Praymaza 
fermenti hujayralardagi har xil RNKlarning sintezida ishtirok etadi. RNK-praymer 
sintezlangandan so„ng, DNK-polimeraza replikatsiyani davom ettiradi. Yangi sintezlangan DNK 
zanjirining oxiri 5'-tomonida ribonukleotidlarni tutadi. Keyinchalik qisqa praymerlar o„rnini 
DNKning segmentlari egallaydi. 
DNK molekulasi antipararell bo„lganligi uchun polimeraza fermenti polinukleotid 
zanjirini faqat bir tomonga 5'→3'ga uzaytirib boradi. Replikativ ayrining harakati davomida 
polimeraza 5'→3' va 3'→5' tomonlariga bir vaqtda sintez reaksiyasini olib borolmaydi. Demak, 
DNK molekulasining faqat bitta zanjiri to„liq sintezlanib boradi. Qarama-qarshi tomondagi DNK 
zanjirida kichik fragmentli (1000-2000 nukleotid qoldiqlari prokariotlarda va 100-200 nukleotid 
qoldiqlar eukariotlarda) nukleotidlar, ya‟ni Okazaki fragmentlari sintezlanadi. 


Sintezlanayotgan DNK molekulasining to„liq qismini yetakchi, ikkinchisi esa Okazaki 
fragmentlaridan tashkil topgan zanjirni “orqada qoluvchi” deb ataladi. Bunday qisqa 
fragmentlarning sintezi RNK-zatravka ishtirokida davom etadi. Mazkur DNK sintezini uzilgan 
yoki yarim uzilgan replikatsiya deb ataladi. Ma‟lum vaqtdan so„ng, RNK-zatravkalar 
(praymerlar) ajraladi. Bo„sh qismlar DNK-polimeraza fermentlari orqali nukleotidlar bilan 
to„ldiriladi, kichik fragmentlar esa, DNK ligaza fermentlari orqali “orqada qoluvchi” zanjirlar 
o„zaro choklanadi. Shunday qilib, nukleotidlar orasidagi fosfodiefir bog„lari DNK ligaza 
fermentlari orqali shakllanadi. 
Nativ DNK bispiral holatda bo„ladi. Komplementar holatda o„z-o„zidan ko„payish uchun 
qo„sh spiral ikkiga ajralishi lozim. DNKning ikki zanjirga yechilishi muayyan qismlardan 
boshlanadi. Qo„sh zanjirni bir-biridan ajratishda ferment xelikaza - DNKga bog„liq ATF-aza 
bajaradi. Energiyani esa, ATFni gidroliz qilinishidan foydalanadi. Xelikaza fermenti doira 
shaklidagi oltita subbirlikdan tashkil topgan struktura. Mazkur ferment harakatda bo„lib, ATF 
ishtirokida DNKni replikativ ayriga ajratib boradi. 
Bir zanjirli DNK molekulasi uzunasi bo„ylab SSB-oqsillari (Single Strend Proteins) bilan 
bog„langan holda bo„ladi. E.colining SSB-oqsili tetramerli (molekula massasi 88000 Da), yuqori 
darajadagi asimmetrik molekula bo„lib, tarkibida dikarbon aminokislotalari ko„p uchraydi. Oqsil 
bir zanjirili DNK molekulasi bilan kooperativ holda bog„lanadi. Xelikaza fermenti orqali qo„sh 
zanjirli DNKdan bir zanjirli molekulalarni hosil bo„lishida SSB-oqsillari polinukleotid zanjirlarni 
stabillashtirib, molekulada hosil bo„lishi mumkin bo„lgan DNKning ikkilamchi strukturasini 
shakllanishiga yo„l qo„ymaydi. SSB-oqsillari DNK-polimeraza fermentini faollantirib, uning ish 
faoliyatini aniqlashtiradi. Eukariotlarda bunday oqsillarga yadrodagi replikativ xususiyatli 
proteinlar kirib, ularni A (RrA) belgi bilan belgilanadi. 
DNK molekulasida avtonomli replikatsiya xususiyatiga ega bo„lgan qismlar bo„lib, bu 
bo„lakni replikon deb ataladi. Replikon DNKning o„z-o„zidan ko„payishi uchun kerakli genlarni 
tutib, regulyatorlik xususiyatiga ham ega. DNKdagi replikon qismdan replikatsiya boshlansa shu 
joyni replikator deb ataladi. 
Eukariot hujayralarda replikatsiyaning boshlanishi DNKning ko„p nuqtalarida bo„lib, 
ularning masofasi taxminan 20 ming nukleotid qoldig„idan iborat. Eukariot xromosomalar 
polireplikonli tuzilishga ega. Replikatsiyaning initsiatsiyasi ma‟lum nuqtadan ikki tomonlama 
harakat qilib, qo„shni replikativ ayrilar bir-birlari bilan qo„shilguncha davom etadi. To„liq 
shakllangan xromosoma kichik sintezlangan DNK zanjirlarining o„zaro qo„shilishidan 
shakllanadi. 

Yüklə 56,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin