Yetakchi va kechikuvchi DNK zanjirlarining koordinatsiyali sintezi. Orqada qoluvchi
zanjirda tugunchalarning hosil bo‘lishi DNK-polimeraza-III fermentiga bir vaqtda ikki
zanjirli DNKni sintezlashga imkon beradi (kechikuvchi zanjirda praymerning sintezidan
so‘ng). (Kornberg bo‘yicha).
Eukariotlardagi replikatsiya
Eukariot
organizmlardagi
DNKning
replikatsiyasi
prokariotlardagi
jarayonga
o„xshashdir. Eukariotlarda ham prokariotlarga o„xshash replikatsiya bir vaqtda qo„sh zanjirda
davom etadi. Eukariotlardagi replikatsiya
birligini replikon deb atalib, uning o„lchami 50-120
mkm atrofida bo„ladi. Sutemizuvchilarning hujayralarida 10 000 dan 100 000 gacha replikonlar
uchraydi.
Eukariotli hujayralarda bir necha xildagi DNK-polimerazalar faoliyat ko„rsatadi.
Yadrodagi xromosomaning replikatsiyasida DNK-polimeraza-α va DNK-polimeraza-δ (delta)
ishtirok etadi. DNK-polimeraza tarkibi bir nechta bir xil subbirliklardan iborat. DNK-polimeraza
α-3'-5'-ekzonukleazalik xususiyatiga ega bo„lmaganligi uchun replikatsiyani aniq nazorat qila
olmaydi.
Taxminlarga qaraganda, DNK-polimeraza-α “kechikuvchi” zanjirlardagi Okazaki
fragmentlari uchun praymerlarni sintezlaydi.
Eukariotlardagi DNK sintezining asosiy fermenti DNK-polimeraza-delta hisoblanadi.
Mazkur fermentning stimulyatori (rag„batlantiruvchisi) proliferativli yadroviy antigen oqsilidir.
Ushbu oqsil hujayralarda ma‟lum miqdorda borligi aniqlangan. DNK-polimeraza delta 3'-5'-
ekzonukleazalik faolligiga ega bo„lib qo„sh zanjirlar bo„lmish “yetakchi” va “kechikuvchi”
makromolekulalarni sintezlashda ishtirok etadi.
Eukariotlarda polimerazalardan yana DNK-polimeraza-β bo„lib,
u DNK-polimeraza-
deltani o„rnini bosa oladi. Jumladan, reparatsiyada DNK-polimeraza
replikatsiyali ayrini xuddi
DNK-polimeraza-Iga o„xshash “kechikuvchi” zanjirda Okazaki fragmentlaridagi praymerning
uzilishida ishtirok etadi. Hujayrada polimerazalardan yana bir turi DNK-polimeraza-γ (gamma)
bo„lib, u mitoxondriyalarda nukleotidlarning polimerizatsiyasini amalga oshiradi.
Inson genomining replikatsiyasi uchun sakkiz soat vaqt kerak bo„ladi. E.coli ning
replikatsiya tezligi bir sekundda mingta nukleotid
polimerizatsiya uchrasa, eukariotlarda bu
jarayon o„n marta sekin ketadi. Ya‟ni bir sekundda 100
juft azot asoslari
polikondensatsiyalanadi. Har bir replikon bir soatda sintezlanadi. Eukariot organizmlarda
replikatsiya tezligining sekin bo„lishi oqsil ishtirokida nukleosomalarning
shakllanishi bilan
bog„liq bo„lishi mumkin. Prokariot organizmlardagi DNK-polimerazalar eukariotlarga nisbatan
bir necha barobar faol ekanligi aniqlangan.