Prokariot organizmlarda DNK sintezining chizmasi.
Okazaki fragmentlaridagi RNK segmentlarini 5'-oxiridan DNK-polimeraza I qirqib,
o„rtadagi Okazaki fragmentlaridagi bo„shliqni ham DNK-polimeraza-I to„ldirib turadi. Zanjirdan
RNK ajralgandan so„ng, dezoksipolinukleotid oralarini DNK-ligaza kimyoviy bog„laydi.
DNK-polimeraza-III xoloferment bo„lganligi uchun, qo„shimcha
oqsil ishtirokida dimer
hosil qiladi. Shuning hisobiga DNK dagi boshlovchi va orqada qoluvchi zanjirlarning
replikatsiyasi bir vaqtda sodir bo„ladi. Yetakchi zanjirdagi antiparallellik
xalaqit bermaslik uchun
“orqada qoluvchi” DNK zanjirida o„ziga xos tuguncha shakllanadi. Aynan shu tuguncha tufayli
orqada qoluvchi qo„sh zanjirli DNKga aylanadi.
DNK sintezining terminatsiyasi matritsani nukleotidlar orqali to„ldirilishi bilan
yakunlanadi. E.colining xromosomasidagi ikkita replikativ ayrilarda
terminatsiyali qismlar
borligi aniqlangan. Ular taxminan 20 juft nukleotidlardan tashkil topib,
shu qismlarni Ter
(terminus) deb ataladi. Mazkur nuqtalarda replikatsiyali pufakchalar birlashadi. Sintezlangan
DNK zanjirlari ligaza fermentlari ishtirokida har qaysi matritsaga bog„lanib, DNK shakllanadi.