6 mavzu: Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish Reja



Yüklə 40,73 Kb.
səhifə1/6
tarix14.09.2022
ölçüsü40,73 Kb.
#63655
  1   2   3   4   5   6
6 mavzu


6 mavzu: Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish
Reja:

      1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.

      2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘likni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

      3. Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar.

      4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish.

      5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish..



Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish. Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki bYudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik Yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi mikdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma- bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bepgga ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham bYudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan Yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini Yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan.
Binobarin, Yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar bo‘yicha mehnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti.
Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: aholining asosiy qismini Yoshlar tashkil etishi (har yili yarim milliondan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makka muxtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi, ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning Yuqori darajasi kuzatiladi.
“Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalarini ham bu ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rpvojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim”. SHavkat Mirziyoev
YUrtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bulsa-da, o‘tgan yili (2016 yil) Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi
248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq19.
Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni ish o‘rinlarini yaratish, avvalo Yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi.
YAigi ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o‘rni katta. Xususai, mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. SHuningdek, O‘zbekiston Resiublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931-son farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Quqon» va «Xazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi2. Bu iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash Yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘kuv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
SHuningdek, Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan



19 SHavkat Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak // «Halq so‘zi» gazetasi, 2017 yil 16 yanvar,
№11 (6705).
gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, kurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
Hududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish xajmini yan ada oshirish ham bu muammoni hal qilinishiga yordam beradi.

Yüklə 40,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin