6-MAVZU. MAKROIKTISODIY BEKARORLIKLAR INFLYATSIYa VA IShSIZLIK
Ko‘tarilish boskichida ishlab chikarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chikarish kuvvatlaridan to‘lik foydalanish va to‘lik bandlik darajasiga erishiladi.
Yukorida ta’kidlaganimizdek, iktisodiy davrlar bir xil boskichlarga ega bo‘lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra o‘zaro fark kilib turadi. Shuning uchun xam iktisodchilar, bu jarayonlarni iktisodiy davrlar deb emas, balki iktisodiy tebranishlar deb atash to‘gri bo‘ladi deb xisoblashadi. Iktisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iktisodichilar uch omilni ko‘rsatadi.
Birinchi gurux olimlar iktisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb xisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuklarini ko‘llash natijasida iktisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi yokilgi sanoati, neft kazib chikarish, ximiya, yo‘l kurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar ishlab chikarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim xam yaratilavermasligi iktisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi.
Olimlarning yana bir guruxi iktisodiy boskichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga boglashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga boglaydigan olimlar xam mavjud. Ya’ni, davlat kanchalik ko‘p pul bosib chikarsa, uning kadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul mikdori kanchalik kam bo‘lsa, ishlab chikarish ko‘lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iktisodiy boskichlarni baxolashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iktisodchilar, ishlab chikarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshkacha aytganda yalpi xarajatlar mikdoriga boglik, degan fikrni ko‘llab-kuvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‘z tovar va xizmatlarini ularga talab bo‘lsagina ishlab chikaradi. Boshkacha aytganda, talab katta bo‘lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta mikdorda ishlab chikarish foydali emas. O‘z navbatida, ishlab chikarishda bandlilik va daromadlar darajasi xam, aynan shu sababli, past bo‘ladi. Yalpi xarajatlar mikdori kanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab chikarishning o‘sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chikarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iktisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, iktisodiy tebranishlar amplitudasini kiskartirish barcha xukumatlar makroiktisodiy siyosatining muxim maksadlaridan biridir.
2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi.
Iktisodiyotning bekaror rivojlanishi okibatida, iktisodiy pasayish davrida ishlab chikarish resurslari to‘lik foydalanilmay koladi.
YaIMni yaratishda katnashadigan iktisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo‘lgan mexnat resurslaridan to‘lik foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo‘ladi.
Makroikisodiy taxlilda mexnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko‘prok foydalaniladi.