Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iktisodiyot potensial YaIM xajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat mikyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saklash va tartibga solish iktisodiy jixatdan katta axamiyatga ega. Ishsizlikning xakikiy darajasi uning tabiiy darajasidan kanchalik yukori bo‘lsa, YaIM uzilishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun xam potensial xajmdagi YaIM* xakikiy YaIM dan katta bo‘ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi mikdoriy nisbatni ingliz iktisodchisi Artur Ouken matematik xolda isbotlab bergan. Shuning uchun bu konun, OUKEN konuni deyiladi. Konunning moxiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning xakikiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib kesa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil esa milliy iktisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaMMning pastrok darajasi o‘z navbatida, ishlab chikarishda katnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamrok bo‘lishini va iktisodiyotning kelgusi tarakkiyotini investitsiyalash imkoniyatlari kiskarishini bildiradi.
Ouken konuni ishsizlikning turli darajalaridagi maxsulot yo‘kotishlari xajmini aniklash imkonini beradi. Xozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient mikdori 2 foizdan 3 foiz oraligida deb xisoblanadi.
Ouken konunini formulada kuyidagicha tasvirlash mumkin:
YuZ= -2,5[ u -u]
u – ishsizlikning xakikiy darajasi.
YaMM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken konunini formulasini umumlashtirib kuyidagi formulani olamiz:
Yx – Yp ------------- 100 = - β [ u -u] Yp Ouken konuni izoxlagan mikdoriy bogliklikning teskari jixatiga e’tibor karatamiz. Iktisodiy tadkikotlar shuni ko‘rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o‘sishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga kiskarishini keltirib chikarmas ekan. Ya’ni dastlabki 1 foizlik iktisodiy o‘sish fan-texnika tarakkiyoti natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi xisobiga erishilishi mumkin, shuningdek bu paytda axoli sonining ko‘payishi xam ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki 2-3 foizdan yukori bo‘lgan xar 2-3 foiz iktisodiy o‘sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga kiskarishini keltirib chikaradi. Demak 1foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iktisodiy o‘sish ta’minlanishi kerak.