6-Mavzu: mantiq


Uchinchisi istisno qonuni



Yüklə 106 Kb.
səhifə8/10
tarix29.11.2023
ölçüsü106 Kb.
#169836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-mavzu

3. Uchinchisi istisno qonuni. Uchinchisi istisno qonuni ziddiyatsizlik qonuni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u ikki o‘zaro zid fikrning munosabatini ifodalaydi. Bilish jarayonida biz, fikrimizda obyektiv olamdagi narsa va hodisalarning ayni bir vaqtda mavjud yoki mavjud emasligini, ularga biror xususiyat xos yoki xos emasligini aks ettiramiz. Bunday aks ettirishning juda ko‘p marotaba takrorlanishi bizning tafakkurimizda uchinchisi istisno qonuni sifatida o‘z ifodasini topadi.
Bu qonun quyidagicha ifodalanadi: ayni bir narsa yoki hodisa haqida bir-birini inkor etuvchi ikki zid fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda, ayni bir nisbatda xato bo‘lishi mumkin emas, Ularning biri, albatta, chin, ikkinchisi xato bo‘ladi, uchinchi holning bo‘lishi mumkin emas. Uchinchisi istisno qonuni «A V yoki V emasdir formulasi orqali beriladi. Masalan, «Ahmedov mantiqni yaxshi o‘rgangan», «Ahmedov mantiqni yaxshi o‘rganmagan» degan ikki zid fikr berilgan bo‘lsa, ularning biri chin, ikkinchisi xato, uchinchi holning bo‘lishi mumkin emas.
Uchinchisi istisno qonunda bir-biriga zid fikrlarning biri albatta to‘g‘ri, ikkinchisi esa qay darajada xato ekanligi noaniq bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan misollarni tahlil qilamiz.
«Ahmedov mantiqni yaxshi o‘rgangan», degan fikrni to‘g‘ri deb olsak, «Ahmedov mantiqni yaxshi o‘rganmagan», degan fikr xato bo‘lib qoladi. Shu bilan bir qatorda, Ahmedovning mantiqni qay darajada o‘rganmaganligi noaniq bo‘lib qoladi. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bir hukm ikkinchi bir hukmni inkor etganda, ayni bir narsaga va ayni bir vaqtga nisbatan olinadi. Uchinchisi istisno qonuni ana shunday xususiyatlarga ko‘ra ziddiyatsizlik qonuniga juda o‘xshab ketadi, lekin ularning o‘rtasida kattagina farq bor. Ularning o‘xshashligi shundaki, har ikkalasida ham bir-biriga qarama-qarshi ikkita hukm olinadi. Yoki tajribada bir-biriga qarama-qarshi shunday juft hukmlarni uchratish mumkin. Ular ham ziddiyatsizlik qonuniga, ham uchinchisi istisno qonuniga bo‘ysunaveradi. Yana shunday hukmlar ham borki, ular faqatgina ziddiyatsizlik qonuniga bo‘ysunadi. Masalan, «Hamma talabalar intizomlidir» va «Hech bir tinglovchi intizomli emas», «Rayimov mantiq fanini yaxshi biladi» va «Rayimov mantiq fanini yaxshi bilmaydi». O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu hukmlar uchinchisi istisno qonuniga emas, balki ziddiyatsizlik qonuniga bo‘ysunayapti. Chunki biz bilamizki, uchinchisi istisno qonuniga bo‘ysunuvchi barcha hukmlar o‘z tuzilishi jihatidan ziddiyatsizlik qonuniga bo‘ysunsa ham, baribir undagi bir-biriga zid bo‘lgan hukmlarning biri, albatta to‘g‘ri bo‘ladi, ikkalasi birdaniga to‘g‘ri yoki ikkalasi birdaniga yolg‘on bo‘lishi mumkin emas. Ziddiyatsizlik qonuni qarama-qarshi va zid munosabatlarda amal qiladigan bo‘lsa, uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatlarda amal qiladi. Ular o‘rtasidagi farqni bilish HMQOlarida biron hodisani jarayonni isbotlashda ko‘p qo‘l keladi.

Yüklə 106 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin