6-Mavzu: mantiq



Yüklə 106 Kb.
səhifə7/10
tarix29.11.2023
ölçüsü106 Kb.
#169836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-mavzu

2. Ziddiyatsizlik qonuni. Ziddiyatsizlik qonuni quyidagicha ifodalanadi: bir narsa to‘g‘risidagi ikki bir-biriga qarama-qarshi fikr ayni bir vaqtda ayni bir narsaga nisbatan birdaniga to‘g‘ri (haqiqiy) bo‘lishi mumkin emas. Uning formulasi: A-A emas (a-a). A va A. Masalan, « Ahmedov barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtiradi». Ahmedov barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirmaydi. Bu hukmlarning biri to‘g‘ri (haqiqat) bo‘lsa, ikkinchisi xato bo‘ladi, bularning har ikkalasi birdaniga ayni bir vaqtda to‘g‘ri (haqiqat) bo‘la olmaydi. Ziddiyatsizlik qonunidagi ikki hukmning bir-biriga qarama-qarshiligini ayni bir vaqtda, bir narsaga nisbatan deb qarash kerak. Masalan, «Bu odam HMQO xodimi» va «Bu odam HMQO xodimi emas». Bu fikrlarni ikkalasi ham to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, chunki bu birinchi fikrda u odamning qachonlardir HMQO xodimi bo‘lganligi to‘g‘risida gap borsa va ikkinchi fikrda o‘sha odamning hozir HMQO xodimi sifatida ishlamayotgan bo‘lsa, u holda har ikkala fikr ham to‘g‘ri bo‘lib chiqadi.
Ziddiyatsizlik qonuni zid va qarama-qarshi hukmlarga nisbatan qo‘llaniladi. Zid hukmlardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqadi, qarama-qarshi hukmlardan birining xatoli- gidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi, ularning ikkalasi ham xato bo‘lishi mumkin.
Ziddiyatsizlik qonuni to‘g‘ri fikr yuritish jarayonida amal qiladi. Bu qonun talabiga binoan fikr mantiqiy ziddiyatlardan xoli bo‘lishi kerak. Mantiqiy ziddiyatlar narsalar va hodisalarda mavjud bo‘lgan obyektiv ziddiyatlardan farq qilish kerak. Birinchisi tafakkurda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan ziddiyat bo‘lsa, ikkinchisi narsa va hodisalar taraqqiyotining ichki manbayini tashkil qiladigan ziddiyatdir.
Ziddiyatsizlik qonuni barcha sig‘ishmaydigan hukmlarga tegishlidir. Ziddiyatsizlik qonuni to‘g‘ri fikrlashning zaruriy shartidir. Bu qonun deduktiv xulosa qarishda asoslardan zaruriy xulosa chiqarishning mavjudligini ko‘rsatib beradi. Mavjud narsalar haqida fikr yuritilganda biz hamma vaqt umumiy tasdiq hukmlarning to‘g‘riligiga asoslanib, juz’iy tasdiq hukmlarning to‘g‘riligi haqidagi hukmni keltirib chiqaramiz. Masalan, «Hamma yozuvchilar so‘z san’atkoridir» degan fikr to‘g‘ri bo‘lsa, unda, «Ba’zi yozuvchilar ham so‘z san’atkoridir» degan fikr o‘z-o‘zidan to‘g‘ridir.

Yüklə 106 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin