6-Mavzu: mantiq



Yüklə 106 Kb.
səhifə9/10
tarix29.11.2023
ölçüsü106 Kb.
#169836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-mavzu

4. Etarli asos qonuni. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bir-biri bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Ular o‘rtasidagi sababli bog‘lanishlar eng muhim bog‘lanishdir. Narsa va hodisalardan birining mavjudligi boshqasining mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Boshqasiga nisbatan avvalroq ro‘y beradigan, boshqasini yuzaga keltiradigan hodisa sabab, undan keyin amalga oshadigan hodisa natija deb ataladi. Sabab hodisani - asos, vujudga kelgan hodisani – oqibat deymiz. Bunday bog‘liqlik inson tafakkurida yetarli asos qonuni shaklida namoyon bo‘ladi. Inson fikri boshqa oldingi bir fikr bilan taqozo qilinadi. Har bir narsa va hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularni in’ikosi bo‘lgan fikrimiz ham asoslangan bo‘lishi kerak. Bu o‘z navbatida yetarli asos qonunining mazmunini tashkil qiladi. Bu qonunning talabiga binoan har qanday narsa va hodisa haqida aytilgan fikr asoslangan bo‘lishi kerak. Yetarli asos qonuni «Agar V mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud» formulasi orqali beriladi. Masalan: «Ahmedov a’lochi tinglovchi», degan fikrning isboti uchun yetarli asoslar keltiramiz. Uning hamma fanlardan a’lo baho olganligini isbotlovchi imtihon qaydnomalarini ko‘ramiz, bu dalilning o‘zi uning a’lochiligini isbotlaydi.
Asoslash bayon qilingan fikrning chinligini, chinligi ilgaridan aniqlangan fikrdan keltirib chiqarish orqali amalga oshiriladi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli asos qonunida ifodalangan. Mantiqiy asos sifatida turli-tuman aksiomalar, qoidalar, qonunlar keltirilishi mumkin. Yetarli asos qonuni fikr yuritishda, ayniqsa, isbotlashda muhim ahamiyatga ega. U to‘g‘ri xulosa chiqarishda, fikrlash jarayonida uchraydigan ayrim xatolarni anglashda yordam beradi.
Tafakkur qonunlari, tafakkur shakllari kabi uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir. Bu qonunlar aqliy faoliyatning hamma ko‘rinishida rioya qilinishi lozim bo‘lgan qonunlardir.
Mantiq fani tafakkur qonunlari bilan bir qatorda to‘g‘ri fikr yuritish qoidalarini ham o‘rganadi.
Tafakkur qilish qoidalari: muayyanlik, izchillik, ziddiyatsizlik, asoslanganlik.

Yüklə 106 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin