6-mavzu Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovchi vositalarni aniqlash



Yüklə 132,61 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix04.03.2023
ölçüsü132,61 Kb.
#86543
6-mavzu Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovch



6-mavzu Mexanik
jarohatlanishdan
muhofazalanish
va
muhofazalovchi vositalarni aniqlash. 
O’zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunchilik asoslariga 
binoan korxona ma‘muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya 
vositalari bilan ta‘minlashi, ularni saqlash, yuvish, quritish, dezinfektsiyalash va 
ta‘mirlash ishlarini bajarishi kerak. 
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab jamoa himoya vositalariga va 
shaxsiy himoya vositalariga bo’linadi. Agar ishning xavfsizligini mashinalarning 
konstruktsiyasi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish 
yechimlari va jamoa himoya vositalarini qo’llash bilan ta‘minlashning iloji 
bo’lmagan takdirda shaxsiy himoya vositalari qo’llaniladi.
Himoya vositalari texnik, estetika, ergonomika talablariga javob berishi, 
himoya samaradorligi yuqori bo’lishi, ishlatilishda qo’lay bo’lishi kerak. Ular 
texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos kelishi kerak. Shu ish uchun 
mo’ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bo’lmagan 
shaxsiy himoya vositalarini qo’llash ta‘qiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati 
ko’rsatilgan yo’riqnoma hamda saqlash 
va 
ishlatish qoidalari bilan ta‘minlanadi. 
Rasm 1. Gazga qarshi niqob. Rasm 2. Ixotalovchi kostyumlar. 


Rasm. 3 . Nafas a‘zolarini himoya qilish vositalari 
Shaxsiy himoya vositalari (SHHV) vazifalariga qarab qo’yidagi 11 turlarga 
bo’linadi: 
1. Boshni himoya qilish vositalari - kaskalar, shlemlar, shapkalar, berertkalar, 
shlyapalar. 
2. Ko’zni himoya qilish vositalari - himoya ko’zoynaklari. 
3. Eshitish a‘zolarini himoya qilish vositalari- qo’loqchinlar. 
4. Yuzni himoya qilish vositalari - himoya niqoblari. 
5. Nafas a‘zolarini himoya qilish vositalari- gaznikoblar, respiratorlar, havo 
shlemlari, havo maskalari. 
6. Ixotalovchi kostyumlar - pnevmokostyumlar, namdan ixotalovchi 
kostyumlar va skafandrlar. 
7. Korjomalar - kombinezonlar, yarim kombinezonlar, ko’rtkalar, shimlar, 
kostyumlar, xalatlar, plashlar, pustinlar, fartuklar, nimchalar. 
8. Qo’llarni himoya qilish vositalari - qo’lkoplar. 
9. Maxsus poyafzallar - etiklar, kalta etiklar, botinkalar, kunjli botinkalar, 
tuflilar, kalish, botilar. 
10. Extiyot moslamalari - extiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar,qo’l 
changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va yelkani extiyot qilish 
moslamalari. 
11. Himoyalovchi dermotologik vositalar - yuviladigan pastalar, kremlar, 
moylar. 
Shaxsiy himoya vositalari bilan ta‘minlash, ularni o’z vaqtida almashtirish
ta‘mirlash va ularni vazifalari bo’yicha ishlatilishi yuzasidan korxona 
ma‘muriyatiga, mehnatni muhofaza qilish muhandisiga qo’yidagicha vazifalar 
yuklanadi: 


Ishchi va xizmatchilarga ShHVlarni berish bo’yicha nazorat va hisobot 
ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida to’g’ri foydalanishni, buzilgan, 
ifloslangan hollarda esa ularni qo’llashni ta‘qiqlashni nazorat qilish. 
ShHVlarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan o’tkazish, 
ularning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan 
filtrlari, oynalari va boshqa qismlarini o’z vaqtida almashtirish va tekshirilgan 
vositalarga kelgusi sinov muddati haqida tamg’a qo’yish. 
Tozalash, yuvish, ta‘mirlash, zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini 
o’z vaqtida amalga oshirish ishchi va xizmatchilarni ShHVlar bilan o’z vaqtida 
ta‘minlash korxona ma‘muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba uyushmasi 
qumitasiga yuklatiladi. 
Maxsus korjoma ishchilarni tashqi muhitning salbiy ta‘siridan saqlash uchun 
muljallangan. Bunda kishi tanasining havo almashish funktsiyasi buzilmasligi 
kerak. U juda qulay, havoni o’tkazuvchan, ish sharoitida xavfsiz, osilib yoki chiqib 
turuvchi qismlari bo’lmasligi kerak. Ular pishiq, yengil tozalanadigan badanni 
qichitmaydigan matodan tikiladi.
Harakatlanib turuvchi mexanizmlar yaqinida ishlovchilarga paxta ipidan 
to’qilgan, belbog’siz, ichki cho’ntakli kombinezonlar beriladi. Qo’llarni 
jarohatlanishdan saqlash uchun esa qo’lkoplar beriladi. Boshga uchburchak rumol, 
erkaklarga biretkalar beriladi. Kislota bilan ishlaydigan ishchilarga dag’al jundan 
yoki paxta ipidan to’qilgan, kislota ta‘siriga qarshi modda shimdirilgan matolardan 
to’qilgan shim va kurtkalar beriladi. 
Hozirgi paytda kislota va ishqorlar ta‘siriga chidamli sintetik tolalar (lavsan, 
nitron) va jun tolalari bilan aralashtirilgan yoki faqat sintetik tolalardan to’qilgan 
matolar keng qo’llanilmoqda. Kislota bilan bevosita ishlovchilarga rezina 
shimdirilgan fartuklar, qo’llariga kiyish uchun dag’al jun qo’lkoplar beriladi. 
Ishqor bilan ishlovchilarga paxta ipidan tiqilgan kostyum va fartuklar beriladi. 
Maxsus poyafzal ishchining oyoqlarini har xil zararli modda va xavfdan 
saqlashga mo’ljallangan. 
Ishlab chiqarishdagi zararning hararkteriga moslab material tanlanadi va 
ShHVlari tiqiladi. 
Nafas olishdagi havo orqali ta‘sir qiluvchi xavfli va zararli ishlab chiqarish 
omillaridan kishi nafas olish a‘zolarini himoya qiluvchi moslamalar 4 xil bo’ladi: 
Gaznikoblar 
Respiratorlar 
Havo shlemlari 
Havo nikoblari. 
Bular kishini o’z joyidagi havo aralashgan har xil iflosliklardan (bug’, gaz, 
aerozollar, changlar) va kislorod yetishmasligidan himoya qilish kerak.Ularni 
tanlashda tsexdagi havo muhitining tarkibi va holatini va ishlab chiqarish 
jarayonlarini hisobga olish kerak. 
Nafas a‘zolarining ShHVlari ishlash printsipi bo’yicha 2 turli - filtrlovchi (F) 
va ixotalovchi (I) bo’ladi.
Filtrlovchi turlari tsex havosidagi kislorod miqdori yetarli (18%dan ko’p) 
bo’lganda va zararli moddalar miqdori kam bo’lganda qo’llaniladi.


Ixotalovchi himoya vositalari esa zararli moddalar tsex havosida 
chegaralanmagan va kislorod miqdori yetarli miqdorda bo’lmagan hollarda 
ishlatiladi. O’z navbatida, filtrlovchi himoya vositalari o’z vazifasiga ko’ra, 
aerozollardan himoya qiluvchi va universal turlarga bo’linadi. Ixotolovchi himoya 
vositalari esa konstruktsiyasi bo’yicha – ichakli, nafas olish uchun havoni toza 
zonadan olib beruvchi va avtonom – nafas olish uchun shaxsiy manbai bo’lgan 
turlarga bo’linadi. 
Filtrlovchi respiratorlar ham gaznikoblar singari tsex havosidagi aerazol, bug 
va gazlarda kislorod miqdori 18% dan kam bo’lmagan hollarda ishlatilib, ular 3 
turli bo’ladi: 
Aerozollar (chang)dan himoyalovchi. 
Gazlardan himoyalovchi 
Universal. 
Sanoat korxonalarida asosan changlardan himoyalovchi turlari ishlatiladi. 
Filtrning ishga yaroqsiz bo’lib, to’lib qolganligini belgisi nafas olishning 
qiyinlashganidan bilinadi. Bunda filtrlar almashtiriladi yoki changdan tozalanadi. 
(Regeneratsiya qilinadi). Buning uchun filtrga o’tirib qolgan changni silkitib qoqib 
tashlanadi, bunda yaxshi tozalanmasa, qarama-qarshi tomondan siqilgan havo bilan 
puflab tozalandi. Bunda ham yaxshi samara bermasa, uni yangisiga almashtiriladi. 
Nafas olish a‘zolarini yakka tartibda himoyalash vositalaridan ish 
mintaqasidagi havoda zararli moddalar miqdori YKBKdan ko’p bo’lgan hollarda 
foydalanish kerak. Nafas olish a‘zolarini himoyalash uchun filtrlovchi yoki 
ixotolovchi vositalardan foydalaniladi. Filtrlovchi vositalar nafas olinadigan 
havoni zararli aralashmalardan tozalaydi. Ular sanoat filtrlovchi gaznikoblar va 
filtrlovchi respiratorlarga bo’linadi.
Sanoat filtrlovchi gaznikoblari nafas olish a‘zolarini, shuningdek, ko’zlar va 
yuz terisini gazlar, bug’lar hamda changdan himoyalaydi. Ular filtrlovchi 
qutichadan, egiluvchan shlangning yuzga kiyiladigan qismidan tashkil topgan. 
Sanoat gaznikoblarining qutichalari muayyan zararli moddalardan himoyalash 
uchun yutkichlar bilan to’ldiriladi. Vazifasiga qarab har xil ranglarga bo’yaladi.
Filtrlovchi respiratorlar vazifasiga ko’ra: changga qarshi, gazga qarshi
universal xillarga bo’linadi. 
Respiratorlar yarim yuzniqoblar va filtrdan tuzilgan. Ular bir necha 
markalarda ishlab chiqariladi. Og’ir ishni bajarishda va chang miqdori ko’p 
bo’lganda changga qarshi F-62SH respiratoridan, og’ir va o’rtacha og’irlikdagi 
ishlarda hamda chang miqdori ko’p bo’lganda U-2K respiratoridan, chang miqdori 
ko’p bo’lganda «Lepestok» respiratoridan foydalaniladi. Universal RU-60M 
respiratori nafas olish a‘zolarini zararli moddalar – gaz, bug’ va changdan 
himoyalash uchun ishlatiladi. 
Ixotalovchi gaz-nikoblar nafas olish a‘zolarini atrof muhitdan butunlay ajratib 
qo’yadi. Bunday vositalarga ichakli gaznikoblar, kislorodli va havoli nafas olish 
apparatlari kiradi. Ichakli gaznikoblar ichagining uzunligi 9-10 m bo’lgan 
o’ziyurar va ichagining uzunligi 20m gacha bo’lgan, havo majburiy haydaladigan 
xillari mavjuddir. Kislorodni o’tkazmaydigan gaznikoblar nafas olish a‘zolarini 
atrof-muhitdan batamom ajratib qo’yadi. 


 
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR. 
1. Himoya vositalari nima va u kim tomonidan beriladi? 
2. Himoya vositalarining nechta turini bilasiz? 
3. Himoya vositalariga qanday talablar qo‘yiladi, aytib bering? 
4. Qaysi talablarga binoan shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash taqiqlanadi? 
5. Shaxsiy himoya vositalarining vazifalarini sanab bering? 
6. Shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va ulardan foydalanish yuzasidan 
korxona ma’muriyatiga qanday vazifalar yuklatiladi. 
7. Nafas olish organlarini himoyalovchi vositalarga nimalar kiradi? 
8. Yuzni va ko‘zni himoyalovchi vositalarni, niqoblarni qanday turlari mavjud. 

Yüklə 132,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin