Pedagogik muloqot - bu o`qituvchining o`quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari vaqtda eng qulay psixologik muhit yaratishga qaratilgan kasbiy munosabatdir. Noto`g`ri pedagogik muloqotdan o`quvchida qo`rquv, ishonchsizlik, e`tibor, diqqat, ishchanlik pasayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil fikrlash pasayadi. O`qituvchining o`quvchilar bilan muloqoti bunday kayfiyata yo`l qoymasligi, o`quvchini faollikka undashi, unda quvonch paydo qilishi kerak. A.S.Makarenko fikricha o`qituvchi muloqoti hyrmat va talabchanlikka asoslangan munosabat bo`lishi kerak.
V. Suxomlinskiy aytadiki: “Maktab hovlisida gapirilganda har bir so`z o`ylangan aqlli, maqsadga qaratilgan bo`lishi kerak”. O`qituvchi so`zi faqat quloqqa emas, balki yurakka ham qaratilgan bo`lishi kerak.
O`quvchi o`qituvchisiga do`stiga, o`rtog`i va ustoziga bo`lgan munosabatda bo`lishi kerak. O`qituvchi o`quvchi munosabati dustlikka asoslanishi lozim. Umuman ilg`or pedagoglar fikricha ta`lim faqat hamkorlik pedagogikasi pozistiyasida bo`lishi kerak.
Pedagogik muloqot funkstiyalari. Pedagogik muloqot sostial psixologik jarayon sifatida quyidagi funkstiyalari bilan xarakterlanadi:
shaxsni bilish;
axborot almashinish;
faoliyatni tashkil etish;
rollar bilan almashish;
boshqalar uchun qayg`urish;
o`z fikrini tasdiqlash.
Muloqotning axborot almashish funkstiyasi materiallar va qadriyatlar bilan almashish jarayonini ta`minlab, hamkorlikdagi izlanish muhitini, o`quv tarbiya jarayoni uchun qulay sharoit yaratadi.
O`qituvchi ta`lim-tarbiya jarayoniga shaxsiy rolli shakl kiritadi: o`quvchilarni darsning turli elementlarini bajarishga jalb etadi, o`quvchilarga tashkilotchi va ijrochi rollarida qatnashishga imkoniyat beradi.
Muloqot shaxsni o`zini tasdiqlash funkstiyasini ham bajaradi. Pedagogning vazifasi o`quvchiga o`zining “Menligi”ni anglashga o`zining shaxsiy ahamiyatini bilishga; o`ziga baho berishga o`rgatishi kerak.
O`qituvchi darsni rejalashtira turib, faqat axborot berishni emas, balki bolalarni o`z fikrlariga ishonch va imkoniyat ham yaratish kerak.