6-Mavzu: Muloqot pedagogik mahoratning namoyon bo`lishidir. Pedagogik nazokat va pedagogik odob axloq


Naqllar shakl va mazmuniga qarab ikki guruhga bo'linadi



Yüklə 91,7 Kb.
səhifə9/20
tarix07.03.2023
ölçüsü91,7 Kb.
#86936
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
6 MAVZU

Naqllar shakl va mazmuniga qarab ikki guruhga bo'linadi:
1. Smkretik naqllar.
2. Sol naqllar.
Sinkretik naqllar ertak, afsona, rivoyat, maqol, matal kabi folklor janrlarining bir-biriga ta’siri natijasida kelib chiqqan bo'lib, ularga xos an anaviy xususiyatlarni o‘ziga singdirib olgandir. Ulaming hajmi yirik, sujet tuzilishi murakkab bo'ladi. Ularda an’anaviy obrazlar ko'pchilikni tashkil etadi. Sujet voqealari hayotiy uydirmaga asoslanadi.
Sinkretik naqllarda yaxshilik timsoli yomonlik timsoliga, ezgulik ramzi yovuzlik ramziga zid qo'yilishi orqali ma lum didaktik mohiyat ochib beriladi. «Egrivoy bilan To‘g‘rivoy», «Ayyor bilan sodda» kabi naqllar bunga yorqin misol bo'la oladi. Bu naqllarning sujeti dialog (suhbat) asosiga qurilgan bo'lib, shu suhbat jarayonida qahramonlarning ma'naviy dunyosi ochila boradi va naql yakunida qissadan hissa chiqarilib, ideal g'oya lo‘nda ifodalanadi.
Naqllarning ko‘pchiligi ertak sujeti asosida yaratilganligi kuzatiladi. Biroq rivoyatlarning shakliy o‘zgarishi tufayli yuzaga kelgan naqllar ham bor.
Masalan, muchal yil nomlarining kelib chiqishi bilan bog‘lab aytiluvchi naql aslida rivoyatdan o ‘sib chiqqan. Bu naqlda savlati va bo‘yiga ishonib yil nomlanishidan qumq qolgan tuya obrazi, kichkina bo‘lsa-da, dono sichqon obraziga zid qo'yilishi orqali sujet voqealariga ramziy ma’no, nasihatomuz fikr singdirilganligi kuzatiladi. Ayrim naqllar ba’zi maqollar mazmunidan yuzaga kelgandir. Masalan, «Har kim qilsa — o ‘ziga» naqli aslida «Birovga choh qazisang, unga o‘zing yiqilasan» yoki «Yoqma - pisharsan, qazima — tusharsan» kabi maqollarning mazmuni asosida yaratilganligini sezish qiyin emas. Bu maqollarda ham, naqlda ham yomonlik yaxshilik keltirmaydi, degan o‘git ilgari suriladi.
Sof naqllar hayotiy voqealar, axloqiy tushunchalar asosida yaratiladi. «Ikki qarg‘a», «Kiyik bilan tulki», «Odam bilan odam tirik» kabi naqllar sof naqllar sirasiga kiradi. O‘git yashirin holda ifodalanadi. Uni qissa oxnida chiqarilgan hissadan bilib olish mumkin bo'ladi. Sof' naqllar suyejitli qisqa, sodda bo‘ladi. Ular mazmunan lo‘ndaligi, majozga asoslanisln, ishonchliligi bilan ajralib turadi. Naqllarning ayrimlarida aniqtarixiy voqealar, shaxslar o'ziga xos sujetlarda aks ettiriladi. Masalan, «Olim bilan podsho», «Jasur yigil va Ahmad Donish» kabi naqllar bunga misol bo‘ladi. Naqllarning ko‘pchiligi sof badiiy to‘qima asosidagi sujetga egadir. «Hunardan unar», «Gavhari noyob», «Usta bilan sher», «Qasd qilgan past bo'lur» kabi naqllarning sujeti sof badiiy to'qima asosiga qurilgan.
O’zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o’quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetentsiyalar shakllantiriladi. Pedagogik mahorat fani bo‘yicha talabalar quyidagilarga e`tibor qaratishlari lozim:
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individual (yakka) va yosh xususiyatlarini hisobga olgan ijtimoiy-psixologik jamoa xususiyatlari hisobga olinadi;
- maktab o‘quvchilari shaxsini o‘rganish va loyihalashtirishda asosiy maqsad qilib uning tarbiyasi va ma`naviy taraqqiyoti olinadi;
- pedagogik faoliyatining joriy va istiqbol rejasini amalga oshirishda fan bo‘yicha o‘quv va sinfdan tashqari, ishlarning xilma-xilligi va mazmundorligini amalga oshirish kerak;
- o‘qituvchi mehnati, uning o‘ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy ahamiyati. Mustaqil
O‘zbekiston sharoitida «Ta`lim to‘g‘risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» da o‘qituvchi shaxsiga quyiladigan talablar. Pedagogik bilimlar. Pedagogik zakovat. Pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika malakalarini egallashi;
- pedagogik qobiliyat, qobiliyatning psixologik - pedagogik tasnifi. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari. Empatiya va petseptiv qobiliyatlarni rivojlantirish;
- o‘qituvchining irodasi, sabr- toqat, maqsadga intilish, o‘z maqsadga intilish, o‘z maqsadiga erishishiga ahdiga qat`iy ishonch, o‘z-o‘zini idora qilish va boshqacha ta`sir o‘tkazish qobiliyati; his- tuyg‘usi, kayfiyatini boshqara olish, o‘z zimasiga javobgarlikni ola bilish, o‘zida ijobiy holatni tashkil eta olish va boshqa qobiliyatlarni aavaldan egallagan holda uni amaliyotga qo‘llay olish;
- kommunikatsiya tushunchasi. Uning maqsadi, ta`sir etish usullari. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kommunikativ ko‘nikmasini kuzatish va shaxsiy ish rejalari bilan tanishish;
- o‘qituvchining o‘quvchi bilan muloqotga kirishishdagi ta`sir etishning asosiy usullari: ishontirish va ma`qul qilish yo‘llaridan mohirlik bilan foydalanish;
- turli xildagi muloqotni tashkil etishda milliy - madaniy asoslar va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi, ta`limda turli xildagi muloqotni tashkil etishda milliy madaniy asoslar va umuminsoniy qadriyatlar ustivorligini o‘quvchilar ongiga singdirish;
o‘quvchilar bilan muloqotga kirishishda o‘zbek urf- odatlari, rasm- rusum va udumlar, ular haqidagi afsona, rivoyat, hikmatlardan foydalanish va boshlang‘ich ta`lim tizimida ularni tatbiq etish usullaridan unumli foydalanish;
- boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va boshlang‘ich sinf o‘quvchisining muloqotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, darsda va darsdan tashqari vaqtlarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining muloqoti va unga qo‘yiladigan talablar bilan tanishib chiqish;

Yüklə 91,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin