Pedagogik nazokat me’yor tuyg’usi o’z o’quvchilari bilan to’g’ri munosabatda amal qilishdir. Pedagogik nazokatning asoslari deb, bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar) ijtimoiy yo’l-yo’riqlar va shaxsiy hislatlar jamini aytish mumkin, ular o’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi sohasidagi xulq-atvorini belgilab beradi. O’qituvchining pedagogik nazokatini mazmuni va uni namoyon bo’lishi shakllarini belgilab beradigan ayrim ijtimoiy yo’l-yo’riqlarini ko’rib chiqamiz.
O’qituvchini o’z o’quvchilari bilan munosabatlarini (dialog) muloqot tarzida bo’lishini tushunishi lozim, ya’ni muhimdir.
Agarda o’qituvchilar o’quvchilar bilan munosabatlari ishonch asosida qurilgan bo’lsa, bunday muloqot ijobiy ro’y beradi.
Pedagogik nazokatni vazifasi agar bolalar bilan o’qituvchi o’rtasida ishonch munosabatlari o’rnatilgan bo’lsa, ular hayotni og’ir damlarida uning huzuriga yordam so’rab keladilar, o’z quvonchlari bilan baham ko’radilar. Pedagogik nazokat me’yorda bo’lgani yaxshi, chunki har bir ishni o’z me’yori bor, ana shu me’yor bo’lganda u ish nazokatli namoyon bo’ladi. Agarda haddan tashqari chegaradan chiqib ketsa, zerikishlar paydo bo’ladi, ishonchsizlik yuzaga kela boshlaydi.
Pedagogda adolat bo’lishi, bolani o’qituvchiga bo’lgan ishonch-muhabbatiga olib keladi. Albatta, pedagogda vijdon bo’lishi kerak. Pedagog hech qachon o’z fikrini o’quvchilarga majburan o’rgatishiga va majburan javob olishga harakat qilmasligi kerak, aks holda o’quvchi o’qituvchi o’rtasidagi munosabatlar keskinlasha boshlaydi, adolat buzila boshlaydi.
Izzat-nafsni boy bermaslik kerak. Pedagog oraliq bo’lishi eng muhimdir. Pedagog o’quvchilar bilan bo’ladigan barcha munosabatlar adolatli vijdonan hal qilinishi lozim, tushunmovchiliklar sodir etilgan paytda ularni ijobiy hal etishga harakat qilmog’i zarurdir.
Bir qolipdagi fikrlar umuman pedagogik faoliyatda va xususan o’quvchilar bilan munosabatlar sohasida ijobiy rol o’ynashi mumkin. Ular pedagogning g’ayratini tejaydi, ancha tez pedagogik ta’sir etishga yordamlashadi.
O’qituvchida pedagogik nufuz bo’lishi o’quvchilarni estetik didini o’stirishga sayqal beradi. O’qituvchida nazokat bo’lishi, o’quvchilarni bir-biriga sadoqatga odobli bo’lishga, shirinsuhanlikka boshlaydi. Mutafakkirlarni aytishicha, pedagog bolalar va ayniqsa katta yoshdagi o’smirlar o’rtasidagi ziddiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashish lozim. Shuningdek ziddiyatlarni shunday sohasi borki, unda pedagoglarning aralashuvi nihoyatda cheklangan bo’lishi lozim.
Ba’zi bir ziddiyatlar ham butun bir jamoada muhokama qilish o’z natijasinibermasligi mumkin, bunday vaziyatlarda yirik pedagoglar fikri va mulohalari bilan maslahatlashgan holatda amalga oshirilma foydadan holi bo’lmaydi. O’qituvchilarning muhim ijobiy yo’l-yo’riqlaridan biri dilkashlikdir. An’anaviy dilkashlik yoki odamlarga aralashmaslik shaxsining o’ziga hos xususiyatlari deb qaraladi, bu butunlay qonuniy holdir. Lekin bunday yondashuv bir tomonlamadir. U dilkashlik odamlarga aralashmaslik shaxsni o’ziga hos xususiyatlari bo’libgina qolmay shu bilan birga odamni u yoki vaziyatdagi muayyan xulq-atvori hamdir. Shaxsning xususiyati bo’lgan dilkashlikni atrofdagilar bilan barqaror, kuchli rivojlangan, aloqalarga intilish sifatida ta’riflash mumkin, bu intilish odamlar bilan tez aloqa o’rnatishni birga qo’shib olib boradi.
Dilkashlik va odamga aralashmaslik shaxsni xususiyatlari sifatida qarab chiqish ekstra va intraversiya tushunchalari bilan bog’liq ravishda samarali bo’ladi.
Ekstrovert – shaxslarga umumiy faollik, osoyishtalik, ta’sirlarga moyillik hosdir.
Introvert – ichki olamga berilgan odamlar aralashmaydigan, o’z-o’zini nazorat qilishga, refleksga ichki havotirlikka moyil bo’ladi.
Dilkashlik – ko’proq ekstravert tiplariga oiddir.
Introvert tiplariga odamlarga aralashmaydiganlar kiradi.