O’qituvchilik sha‘ni, kadr – kimmati, o’qituvchilik mas‘uliyati, o’qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo’lish, o’qituvchining ma‘naviy kiyofasi, xalolligi, pokligi, rostguyligi o’qituvchi axloq – odobining asosiy tamoyillari xisoblanadi. Bu tamoyillarni puxta o’zlashtirish bulajak o’qituvchi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Yaxshilik qilish - ijobiy axloqiy fazilat bo’lib, xulqiy sifatlarini inson faoliyati yoki biror xatti – harakatiga ijobiy munosabatning yigindisini aks ettiradi.
O’qituvchi odobida yaxshilik fazilatiga pedagogik faoliyat bilan bog’liq holda o’quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va o’quvchi maqsadining birligi, ta‘lim – tarbiyaning samarasi uchun ko’rashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o’quvchilarning ham, ota – onalarning ham yaxshi niyatli, xayrixox, mehribon bo’lishini takozo etadi. Yaxshilik qaror topishi uchun pedagogik jarayonda yomonlikka murosasiz bo’lish, yaxshi istak bilan muomalada bo’lish, yaxshi kilik, yaxshi harakatlarning birligi zarurdir.
O’qituvchi burchi - burchda shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabati namoyon bo’ladi. O’z burchiga sodiklik har bir kishiga obru, shon – sharaf keltiradi. Kishining o’z burchiga sodikligi jamiyatga, Vatanga, mexnatga, oilaga, farzandlariga bo’lgan munosabatida bilinadi.
O’qituvchi yosh avlodga ta‘lim – tarbiya berish soxasidagi o’z burchini zurlik tufayli yuklatilgan majburiyat emas, balki o’z xayotining ma‘nosi, ishonch, vijdon da‘vati deb xisoblaydi.
O’qituvchi burchi akl bilan xissiyotning birligidan iborat. Muallim kasbiga nisbatan kuyiladigan talablarning moxiyati va mazmunini bilsa, uning shaxs va jamiyat uchun muximligini anglasa, bu vazifalarni bajarish uchun zarur fazilatlarni tarbiyalash yullarini belgilab olsa, shundagina unda kasbiy burch shakllana boshlaydi.
O’qituvchilik mas‘uliyati. Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas‘uliyatdir. O’qituvchining mas‘uliyati, muallimlik faoliyati va ta‘lim – tarbiya jarayonining anik vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash mas‘uliyati yuklangan. O’qituvchilik kilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o’z zimmalariga kanchalik yuksak, sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim.
Начало формы
KEYINGI
Конец формы
◄ 5-MODUL YUZASIDAN TAQDIMOT. 6-Mavzu: Muloqot pedagogik mahoratning namoyon bo`lishidir. Pedagogik nazokat va pedagogik odob – axloq.
5-reja: Pedagogik nazokat me’yori: ixtisos sohasidagi burch, pedagogik adolat, ixtisosga doir vijdon izzat-nafs va pedagogik oriyat.
Pedagogik vaziyatlar tez-tez o’zgarib turadigan sharoitda o’qituvchining vazifasi ro’y bergan vaziyatda tez mo’ljal olib, unga to’g’ri baho bera bilish, zarur tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan to’g’ri qarorga kelishdan iboratdir. Agar o’qituvchi bolalarining xatti-harakatlarini to’g’ri idrok etib, baho bera bilsa, ularni vujudga keltirgan sabablarini chuqur ko’ra olsagina, shu bilan birga o’zida sabot, o’zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik kabi fe’l-atvor xususiyatlarini rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin.
Bu pedagogik nazokatga rioya qilishning zarur shartidir.