Psixodiagnostika – bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda ma'suliyatli sohadir. Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
Ø Psixodiagnostika sirlarini saqlash.
Ø Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi.
Ø Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik.
Ø Xulosalarning ob'ektivligi.
Ø Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning tamoyillari sifatida alohida ko‘rib chiqamiz. Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili – sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga etmagan bo‘lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-onalarning, bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati bo‘lishi shart. Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e'lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon etish tavsiya qilinmaydi.
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin.
psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.
Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili
test o‘tkazayotgan odamning sub'ektiv ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak.
Shunday qilib, ushbu mavzuda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, vazifalari, bosqichlari, eksperimentator shaxsiga qo’yiladigan talablar, psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari bilan tanishdik.