6-mavzu: Psixolog faoliyatini nazorat qiluvchi axloqiy me’yorlari va etik tamoyillar


Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari



Yüklə 279,21 Kb.
səhifə4/4
tarix30.08.2023
ölçüsü279,21 Kb.
#141110
1   2   3   4
5-MAVZU

Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari. 

  • Psixodiagnostika – bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda ma'suliyatli sohadir. Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
  • Ø Psixodiagnostika sirlarini saqlash.
  • Ø Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi.
  • Ø Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik.
  • Ø Xulosalarning ob'ektivligi.
  • Ø Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi.
  • Yuqorida qayd qilib o‘tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning tamoyillari sifatida alohida ko‘rib chiqamiz. Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili – sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga etmagan bo‘lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-onalarning, bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati bo‘lishi shart. Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e'lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon etish tavsiya qilinmaydi.
  • Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin.

Ziyon etkazmaslik tamoyilida

  • psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.

Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili

  • test o‘tkazayotgan odamning sub'ektiv ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
  • Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak.
  • Shunday qilib, ushbu mavzuda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, vazifalari, bosqichlari, eksperimentator shaxsiga qo’yiladigan talablar, psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari bilan tanishdik.
  •  

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!

  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!

Yüklə 279,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin