Psixolog har qanday insonga nisbatan boshqacha qarashga yo‘l qo‘ya olmaydi. Har qanday sharoitda ham obyektiv bo‘lish, boshqalar fikri ta'siriga tushmasligi kerak. Tajriba olib borilayotgan insonning yuridik va jamoatdagi o‘mi, boshqalaming unga nisbatan ijobiy yoki salbiy qarashiari psixolog fikriga ta'sir etmasiigi lozim. Ish davomida olingan javoblar har doim ilmiy asoslangan, tekshirilgan va har tomonlama o‘ylab ko£rilgan bo‘lishi kerak.
Psixolog bilan quyuq shaxsiy aloqalar bo‘lish ehtimoli qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi. Psixolog chetdan, hissiyotga berilmasdan mijozning muammolariga qarab, qaror qabul qiladi.
Psixolog tajriba qilinayotgan mijozni qarashlarini hurmat qilishi, u bilan aloqada rostgo‘y, haqqoniy boMishi talab qilinadi. Psixolog bilan muloqot davomida mijoz unga nisbatan ishonch, moyillik, va qoniqish hissini sezishi kerak.
Amaliy psixolog va mijoz o‘rtasida tenglikka asoslangan muloqot amalga oshsa, bu ish jarayoni optimal olib borilayotganidan darak beradi Mijoz o‘zini psixologning to‘laqonli hamkoridek sezishi kerak. Amaliy psixolog mijozning harakatlariga nisbatan baholovchi gaplar aytishdan o‘zini tiyishi va unga keraksiz maslahatlar berishdan o‘zini qaytarishi kerak.
Buyurtmachiga psixolog tarafdan beriladigan yordam maslahat ko'rinishida boiishi kerak, uning kasbiy ishbilarmonligiga hurmat bilan qarab, ehtiyotkorona fikr bildirishi kerak.
5)Kasbiy konfidensiallikka rioya qilish
Psixolog psixodiagnostik metodikalami maxfiyligini saqlay bilishi lozim. Bu shuni bildiradiki, kasbiy metodikalar professional bo'lmagan insonlar qo‘liga tushmasligi kerak. Psixolog psixodiagnostik tajribalaming natijalarini maxfiyligini saqlab, javoblami bexos yoki atayin tarqalib ketishini oldini olish uchun xizmat qiladi. Mijoz to‘g‘risidagi ma'lumotlar hech qanday holatda ochiq munozaraga qo‘yilishi kerak emas.
Tajriba qilinayotgan mijoz o‘zining psixologik ko‘rinishini bilishga qiziqishi mumkin. Bunday holatda psixolog ma'lumotning ma'lum bir qismini ko‘rsatishi mumkin. G. Lessing fikriga ko‘ra “Mijozga faqat haqiqatni va faqat haqiqatni aytish kerak, lekin hammasini emas”.