Etika bu - xulq-atvor me’yorlarining yig‘indisi, jamiyat ma'lum guruhlarining axloqi. Har qanday kasbiy guruh ish faoliyatida, ish yuritishning qonun-qoidalari ishlab chiqiladi, mana shu qoidalaming yig£indisi kasbiy etikani tashkil qiladi. Xuddi shunday, shifokorlik etikasi, ilmiy etika to‘g‘risida aytish mumkin. Ko‘pchilik shifokorlik etikasi muhimligini biladi.
Qadimgi yunon faylasufi va shifokori Gippokrat shifokorlar etik qoidalarini belgilab bergan. Endilikda bu Gippokrat qasami deb nomlanadi, va tibbiy etika asosini tashkil qiladi. Psixologning kasbiy ish faoliyati bu insonning ichki dunyosi, shaxsiyati bilan ishlashdan iborat. Bu ish faoliyati etikaning o‘zgacha qonun va prinsiplariga bo‘ysunishni talab etadi. Psixologiya shunday imkoniyatlarga egaki, bularni qoilash juda ehtiyotkorlikni talab etadi.
Psixolog kasbiy etikasining muhim prinsiplarini ko‘rib chiqamiz:
l)Kasbiy Iayoqatlik prinsipi
Psixolog o‘z xaq-huquqini va majburiyatini, imkoniyat va chegarasini bilish kerak. U o‘zining kasbiy imkoniyatini yaxshi bilishi kerak va ish kasbiy tayyorgarchiligi chegarasida faoliyat olib borishi lozim. Rivojlantiruvchi, to‘g‘riiovchi, konsultativ dastur qo‘liayotganda psixolog uning nazariy asoslarini bilishi va uni olib borishning texnologiyasini uqib olishi kerak.
Layoqatli va butunlikcha psixologik yordam tashkil etish uchun psixolog kasbdoshlari va yondosh mutaxassislik vakillari ya'ni psixiatrdar, shifokor psixoterapevtlar, neyropsixologlar bilan aloqa o‘rnatish kerak. Mijozga “Yo‘q men bu savollar bilan shug‘ullanmayman, boshqa mutaxassisga murojat qiling” degan javob uning layoqatlilik ko‘rsatkichi bo‘ladi.
Shaxsiy layoqatlilik prinsipi psixologdan faqatgina biladigan, shu savolni yechish uchun amaliy ish metodlariga ega boigan holat kirishishi mumkinligini talab etadi. Psixologik masalalarni yechishda psixolog nazariy ko‘rsatmalar va amaliy tajribaga suyanishi kerak.
Psixolog o‘z ish faoliyatini avvalo buyurtmachining foydasidan kelib chiqqan holda olib boradi. Lekin shu bilan birga zarar yetkazmasiik prinsipiga amal qiladi, u yoki bu darajada amaliy tajribalarga qo‘shilgan mijozlar mas’uliyat sezishi kerak. Ko‘pgina psixologik jarayonlar orqaga qaytmasligini nazarda tutisb kerak. Gippokrat tomondan tuzilgan bu zarar yetkazish etikaviy qoida nafaqat shifokorlar, psixologlar uchun ham juda muhim. Psixologning olib borgan psixologik jarayonlari insonning sog‘ligiga, jamiyatdagi o‘miga, qiziqishlariga zarar yetkazmasligi lozim. Bundan tashqari, psixologik tahlil javoblaridan xabari bor insonlar ham tekshiriluvchiga zarar yetkazmasliklarini ta'minlash zarur. Buning uchun psixolog o‘z takliflarini shakllantirib, ularni saqlanishini tartibga soladi.