6 Mavzu: Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonlarini boshqarish Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix16.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Lecture-6

Qo’shimcha adabiyotlar 
 
1 O’zbekiston Respublikasi Prezdentining 2012 yil 22 oktyabrdagi “O’zbekistonda fermerlik 
faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni riojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi 
PF-4478- sonli Farmoni.

Nazimov S., Eshonxo’jayev D. Qishloq xo’jaligida menejment. Namangan
NamMPI, 2001.


1 Mehnat resurslari va mehnat unumdorligining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. 
Mamlakatimizning qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan barcha talablarini qondirishda jonli 
va buyumlashgan mehnatning ahamiyati ulkan. Chunki u qiymatni yaratadi, qolaversa, insonning 
ongli-maqsadga yo’naltirilgan faoliyatidir. U bilan mehnat predmetlari hamda vositalari 
uyg’unlashgan holda ish jarayoni amalga oshiriladi. Bu jarayonning mahsuli qiymat hisoblanadi. 
Demak, talabni qondira olish qobiliyatiga ega bo’lgan mahsulotlarni etishtirish, xizmatlarni bajarish 
insonning jonli faoliyati (mehnati) bilan mehnat predmetlari va vositalarining maqsadga muvofiq 
bog’lanishiga bog’liq. Ya’ni, inson mehnati + yer + traktor + chigit (urug’) + yoqilg’ilar ijobiy 
bog’lanishi natijasida paxta yoki bug’doy va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtiriladi. 
Ularning miqdori, sifati bevosita yuqoridagi omillarga bog’liq. Lekin inson va uning ongli faoliyati 
bo’lmasa hyech qanday mahsulot yaratilmaydi, ish yoki xizmat bajarilmaydi. Shunday ekan, faqat 
inson o’zining ongli faoliyati bilan mahsulotlarni yaratadi, ishlarni, xizmatlarni bajaradi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirishda tabiiy sharoitning (harorat, yog’in va issiq kunlar 
miqdori) ahamiyati katta. Ishlab chiqarish inson mehnati hamda mehnat proyedmetlari va vositalari, 
tabiiy sharoitlarni e’tiborga olgan holda samrali uyg’unlashishini talab yetadi. Inson shu ishlab 
chiqarish vositalarini ma’lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini amalga 
oshiradi. Bu jarayon bir qancha mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Jumladan, ekinlar yekiladigan 
yerlarni haydash, yekishga tayyorlash, yekish, suv berish, ishlov berish, hosilni terib olish va 
boshqalar. Ishlab chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, insonning ongiga, bilimiga, malakasiga
munosabatiga, qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish vositalarining sifatiga, holatiga 
va nihoyat, tabiiy sharoitga bog’liq. Demak, inson o’z faoliyatini ularning barchasini oqilona, 
uddaburonlik bilan samarali ishga solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy kategoriya 
hisoblanadi. Uning tabiati ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligida 
mehnat tarmoqning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi xususiyatlarga yega:

mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog’liqligi;

mehnatdan foydalanishga ishlab chiqarish mavsumiyligining ta’ sir qilishi;

qishloq xo’jaligidagi mehnatning o’simliklar hamda tirik mavjudotlar (hayvonlar, o’simliklar) 
bilan uzviy bog’langanligi;

qishloqdagi mehnat saviyasi va bilim darajasining nisbatan pastligi;

o’ simchilik va chorvachilik tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilganlik 
va mexanizasiyalashtirilganlik hamda elektrlashtirilganlik darajasi pastligi;

tarmoqda tor doiradagi ixtisoslashishning kamligi;

qishloq xo’jaligida sarflanayotgan mehnat tarkibida ayollar va yoshlar mehnati salmog’i (hissasi) 
ning ko’pligi;

qishloq xo’jaligida mehnatga to’lanayotgan haq va uning ijtimoiy himoyalanishi boshqa 
tarmoqlardagiga nisbatan pastligi va boshqalar.
Ta’kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga, sifatiga va samarasiga 
bevosita ta’sir yetadi. Turlicha tabiiy sharoitda, har xil darajada ixtisoslashgan xo’jaliklarda bir xil ish 
jarayonlarini amalga oshirish uchun har xil miqdorda bir turdagi mehnat sarflanadi, uning samaradorligi 
ham bir-biridan farq qiladi. Kech kuz, qish va yerta bahorda mehnat sarfi keskin kamayib, hosilni yig’ib 
olishda unga bo’lgan talab ortadi. Shu davrda mavsumiy ishchilar shartnoma asosida jalb etiladi. 
O’simchilik va chorvachilikda bajariladigan ishlarning ko’pchiligi yuqori darajada bilim va malaka talab 
etmaydi. Qishloq xo’jaligidagi mehnat tarkibida ayollar mehnatining salmog’i hozirgi davrda ancha 
yuqori. Shuning uchun ham tarmoqda mehnatga to’lanayotgan haq kamroq. Tarmoqning yangi, unumli 
texnikalar bilan talab darajasida ta’minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug’orish, chikanka qilish, 
hosilni yig’ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, sog’ish) to’liq mexanizasiyalashtirish imkonini 
bermaydi, natijada oddiy jonli mehnat xarajatlari ortadi. Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonini amalga 
oshirishda uning samarali bo’lishini ta’minlash uchun barcha xususiyatlarni e’tiborga olish maqsadga 
muvofiqdir.
Qishloq xo’jaligidagi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan fuqarolarni mehnat resurslari deb 
ataladi. Ularning huquqiy asoslari tarkibi hamda faoliyati Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul 
qilingan «Mehnat kodeksi»da (04.1996y), «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi (05.1998y) 


qonunda batafsil ko’rsatilgan. Mehnat resurslari 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan yerkaklar, 55 
yoshgacha bo’lgan ayollar hisoblanadi. Shu bilan birgalikda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lgan 
o’smirlar va nafaqaxo’rlar ham mehnat resursi sanaladi. Ularning tarkibida iqtisodiy faol mehnat qilish 
imkoniyatiga ega bo’lganlar alohida ahamiyat kab yetadi. Ularni 16-55 yoshgacha bo’lgan ayollar, 60 
yoshgacha bo’lgan yerkaklar tashkil yetadi. Ular mehnat resurslarining asosini tashkil yetadi.
O’zbekiston Resublikasi iqtisodiyotida 2005 yilning boshiga 9910,6 ming kishi band bo’lgan. Bu 
jami aholining 0,9 foizini tashkil yetadi. Mavjud mehnat resurslarining 45 foizga yaqini qishloq 
xo’jaligida faoliyat ko’rsatadi. Ular o’zlarining ongli, maqsadli mehnatlari bilan qishloq xo’jaligini 
rivojlantirishga, uning samardorligini yuksaltirishga ulkan hissa qo’shishi lozim. Demak, ularning 
mehnatlari unumli bo’lishi kerak. Shu bilan «mehnat unumdorligi» tushunchasi paydo bo’lmoqda. 
Mehnat unumdorligi deganda, foydalanilayotgan texnikalar, texnologiyalar yordamida bir birlikdagi 
mahsulotni etishtirish, ishni bajarish uchun sarflanadigan vaqtning miqdorini nazarda tutish lozim. Bu 
«Mehnatni tejash» iqtisodiy qonunining amal qilishidan dalolat beradi. Mehnat unumdorligining 
amaliyotdagi tushunchasi ham mavjud. Ya’ni sarflanayotgan bir birlikdagi vaqt ichida yaratilgan qiymat 
yoki ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish mehnatning unumdorlik darajasini ifodalaydi. Mehnat 
unumdorligi to’g’risidagi bu tushunchalar bir-birini inkor etmaydi, aksincha to’ldiradi. Qishloq 
xo’jaligidagi mehnat ongli, maqsadga yo’naltirilgan bo’lsa, uning unumdorligi yuqori bo’ladi. Bu esa 
tarmoqning rivojlanishini ta’minlaydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin