mablag’ har oyda berib turiladi.
Mehnat birjalari ish bilan ta’minlanmaganlarni tumandagi imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda
malakasini oshirish yoki kasblarini o’zgartirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi. Shular natijasida
ularning ish bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Bu esa mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti
yuksalishini ta’minlaydi.
Qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlantirilishi tarmoqdagi mehnat
resurslarining ma’lum bir qismi sanoat va boshqa tashkilotlarga o’tishiga ta’sir etmoqda. Shu tufayli
qishloq xo’jaligidagi mehnat resurslarining tarmoq ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasi, ya’ni
ularning yil davomida ish bilan to’liq ta’minlanishi oshmoqda.
Tarmoqda mavjud bo’lgan mehnat resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish, ularning mehnatlari
unumdorligini yuksaltirishda moddiy hamda ma’naviy rag’batlantirishning, ya’ni ularni mehnatlariga haq
to’lash, yaxshi ishlaganlarini esa rag’batlantirishning ahamiyati ulkan. Hozirgi davrda davlat hamda
jamoa mulkchiligiga asoslangan xo’jaliklarda shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan ishchi-
xizmatchilarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan miqdorda mehnat
haqi to’lanmoqda. Qishloq xo’jalik korxonalarida vaqtbay usulda ish haqi belgilanganlar mehnatlariga 22
razryad asosida haq to’lanmoqda. Ishbay usuldagilarga esa ta’rif razryadlariga asoslangan holda tarif
stavkalari belgilangan. Tarif razryadi, stavkasiga asoslangan holda ularni mehnatlariga haq to’lanmoqda.
Hozirgi davrda minimal ish haqi miqdori ham belgilangan. Lekin erkin bozor iqtisodi sharoitida
mehnatga to’lanadigan ish haqining yeng kam miqdori belgilanadi. Yuqori darajasi esa xo’jaliklarning
iqtisodiy imkoniyatlaridan hamda ishchi-xizmatchilarning qobiliyatlariga, imkoniyatlariga asoslangan
holda belgilanadi. Bunday tartib xususiy korxonalarda, fermer xo’jaliklarida ma’lum darajada
qo’llanilmoqda. Kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilashga doimo e’tibor berish
maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: