Reja: Kirish Turmush darajasi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari tuzishi



Yüklə 27,96 Kb.
səhifə1/6
tarix07.06.2023
ölçüsü27,96 Kb.
#126264
  1   2   3   4   5   6
MAVZU DAROMADLARNI ULARNING TURLARI VA SHAKLLANISH MANBALARI


MAVZU DAROMADLARNI ULARNING TURLARI VA SHAKLLANISH MANBALARI

Reja:


Kirish
1.Turmush darajasi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari tuzishi.
2.Aholi daromadlari va ularning turlari.
3.Yashash minimum iva istemol savati

Xulosa

Foydalanilgan Adabiyotlar


Kirish
Aholi daromadlari, ularning tarkibi, olinish manbalari va tabaqalanish darajasi jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy farovonligining eng muhim ko’rsatkichidir. Madomiki, daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qilar ekan, aynan daromad kengroq tushuncha bo’lib, aholi turmush darajasining markaziy bo’g’ini, yadrosidir. Daromad deganda nimani tushunish, ularning turlari va asosiy olinish manbalari qandayligini bilish muhimdir. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit koʻrsatkichi hisoblanadi.Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daro-madlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan soʻng uning qoʻliga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qoʻliga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta’sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamgʻarmasi koʻp boʻlsa, bank toʻlaydigan foiz puli salmoqli boʻladi. 
1.Turmush darajasi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari tuzishi.
Turmush darajasi-bu jismoniy, manaviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Turmush darajasi to’g’risida to’liqroq malumot olish uchun aholi daromadlari va ehtiyojlari, istemol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy buyumlar va boshqalar bilan tabminlanganlik darajasini chuqurroq o’rganish lozim bo’ladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, ular quyidagi turkumlarga ajratiladi:
-umumiy va xususiy;
-iqtisodiy va ijtimoiy-demografik;
-obyektiv va subyektiv;
-qiymat va natural;
-miqdo rva sifat;
-istemol proportsiyasi va tarkibi ko’rsatgichlari;
-statistik va boshqa ko’rsatkichlar. 

Yüklə 27,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin