Reja: Kirish Turmush darajasi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari tuzishi



Yüklə 27,96 Kb.
səhifə2/6
tarix07.06.2023
ölçüsü27,96 Kb.
#126264
1   2   3   4   5   6
MAVZU DAROMADLARNI ULARNING TURLARI VA SHAKLLANISH MANBALARI

Umumiy ko’rsatgichlarga:
1.Milliy dvromad
2.Istemol fondi
3.Milliy boyliklar iste’mol fondi kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy darajasini ifodalaydi. 
Xususiy ko’rsatkichlardan:
1.Iste’mol darajasi va usullari.
2.Mehnat sharoitlari.
3.Turar-joy taminoti va maishiy qulayliklar.
4.Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi
5.Bolalarni tarbiyalash sharoitlari.
6.Ijtimoiy taminot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy imkoniyatlarini ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (va ha-iqiy daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarni iqtisodiy ko’rsotkichlar sirasiga kiritiladi.
Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi.
Obyektiv ko’rsatkichlar obnktiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga,ega bo’lsa, subyektiv ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat,oilaviy munosabatlar, daromadlar,ish, turmush tarzi vash u kabilardan qoniqish bo’yicha hisobga olinadi.
Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul ko’rinishidagi boshqa ko’rsatkichlarni (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul jamg’armalari va qo’yilmalari va hokazolarni hajmi) o’z ichiga oladi. Natural ko’rsatkichlar natural birliklarda (dona,kvm, kubm va hokazolar) o’lchanadigan muayyan moddiy nematlar va xizmatlar-oziq-ovqat mahsulotlari, energiya istemoli, mol-mulk, turar-joylar, madaniy–maishiy tovarlar taminotining hajmini ifodalaydi.
Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy nematlar va xizmatlar istemol hajmini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini beradi.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi:
1)umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar;
2)aholi daromadlari;
3)aholi iste’moli va harajatlari;
4)aholining pul jamg’armalari;
5)jamg’arilgan mol-mulklar va turar-joylar;
6)aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
7)aholining kam ta’minlangan tabaqalari.
Turmush darajasini ifodalash uchun mutlaq va nisbiy qashshoqlik ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Mutlaq qashshoqlik-daromadning umuman yo’qligi yoki shaxs (oila)ning minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun zarur daromadining yo’qligi. Mutlaq qashshoqlik ko’proq daydilar, boshpanasizlar va shu kabilar orasida uchraydi.
O’zbekistonda nisbiy qashshoqlik yashash minimummidan kam bo’lgan daromad miqdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko’rsatkich mamlakat bo’yicha o’rtacha daromadning 40-60 foizidan kam bo’lgan daromadlarga nisbatan qo’llaniladi.

Yüklə 27,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin