3. Yashash minimum iva iste’mol savati. Iste’mol savati-bu insonning salomatligini saqlash va uning hayoti faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning minimal to’plamidir. Aslida, iste’mol savati uchta savatdan iborat: oziq-ovqat, nooziq-ovqat, xizmat savatchalari. Iste’mol savatida oziq-ovqat savati muhim o’rin tutadi. Oziq-ovqat savati-bu bir odamning bir oyda ovqatlanishi uchun ketadigan maxsalotlar to’plami (u mahsulotlar istemolining minumal me’yori asosida hisoblab chiqilgan). Bu to’plam jismoniy ehtiyojlarga mos keladi, zarur kaloriyani taminlaydi, asosiy oziq moddalar mavjud va ovqatlanishni tashkil etishning ananaviy ko’nikmalariga to’g’ri keladi. Shunday qilib, iste’mol savoti va yashash minimumi insonning hayot faoliyatini to’laroq ta’riflash imkonini beradi va u aholi turmush darajasi, hamda, daromad ko’rsatkichlari tizimining tarkibiy qismidir. Tayanch iboralaralar: turmush darajasi; umumiy va xususiy ko’rsatkichlar; iqtisodiy va ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar; obyektiv va subyektiv ko’rsatgichlar; qiymat va natural ko’rsatgichlar; mutlaq va nisbiy qashshoqlik; aholi daromadlar; pul daromadlari;ish haqi; vaqtbay va ishbay haqi; ishhaqiga talab va uning taklifi; mehnat unumdorligi; pensiya; nafaqa; stipendiya; foyda; divident; foiz; renta; natural daromad; shaxsiy daromad; firma daromadi; davlat daromadi; istemol savati; oziq-ovqat savati.
XULOSA
O'zbekiston uchun ta'lim xizmatlaridan foydalanish muammosining dolzarbligi, ta'limning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, O'zbekistonda maktab bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab olish (oliy ta'lim olish imkoniyati3) MDH mamlakatlari va dunyodagi eng past ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Agar 2000 yilda kollej va litseylarning yuzdan ortiq bitiruvchisidan o'n ikki kishi Oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirgan bo'lsa, ularning soni 2005 yilda o'n nafar bitiruvchi, 2012 yilda esa faqat to'qqiz nafar bitiruvchini tashkil qiladi. O'zbekiston bilan yaqin rivojlanish va iqtisodiyotni isloh qilish xususiyatlariga ega bo'lgan boshqa mamlakatlar uchun Malayziya va Qozog'istonda 41% dan, Rossiyada 76% gacha. Bilamizki, aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‟rsatkichlardan biri bo‟lgan Inson taraqqiyoti indeksi (ITI) ko'rsatkichini hisoblashda BMT tomonidan hisobga olingan bu ko'rsatkich. O'zbekistonda Markaziy Osiyo mintaqasi va MDHning boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi, aholining o'rtacha ta'lim muddati ham yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar ko'rsatkichlaridan past (O'zbekistonda 12.04 yil, rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan mamlakatlarda kamida 13,6 yil, va rivojlangan mamlakatlarda 15 yildan ortiq)
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.Abdullaev Yo. «Bozor iqtisodiyyoti asoslari» Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 306-316 betlar.
2.Abdurahmonov Q., Bozorov.N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 111-155 betlar.
3.Abdurahmonov Q.H, Xolmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 76-96 betlar.
4.Dodoboev Yu.T, Xudoyberdiyev A. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Farg’ona-2001 yil, 219-222 betlar.
5.Usmonov S.N., Dodoboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «fan»-1999 yil, 235-236 betlar
6.O’lmasov A. «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 191-203 betlar.