6-MAVZU: XVIII-XIX ASRLARDA PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISHI Reja:
XVIII asr psixologiyasiga umumiy tavsif. Fransuz va nemis psixologiyasining rivojlanishi.
Assosiativ psixologiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi.
Eksperimental psixologiyaning shakllanishi.
1. XVIII asr psixologiyasiga umumiy tavsif. Fransuz va nemis psixologiyasining rivojlanishi XIX asming boshlaridan boshlab ilmiy madaniyat ma’orifining o‘sishi bilan psixologiya bilimlari sistemasida empirik psixologiya hukmron mavqeni egallay boshladi, buning ichida esa materialistik oqimlar tez o‘sa boshladi.
XVII asr psixologlar ko‘z o‘ngida psixikaga bo‘lgan qarashlaming tubdan o‘zgarishi davri sifatida namoyon bo’ladi. Psixologik fikr taraqqiyotidagi yangi davmi «fanlar malikasi» bo‘lib hisoblangan mexanika ta’sirida paydo bo‘lgan konsepsiyalar ochib berdi.
XVII asrga oid psixologik fikrlarning o‘ziga xos tomonlarining talqinida ochiq namoyon bo‘ldi.
A. Tushuntirish uchun hech qanday ruhga muhtoj bo‘lmagan tana— mexanik sistema haqidagi ta’limot.
B. Ichki kuzatish orqali o‘z psixik holati haqida hamma narsani bilish mumkin bo‘lgan individning ongi haqidagi ta’limot.
C. Inson faoliyatini unga foydali narsalar tomon yo‘naltiruvchi yoki zararli narsalardan qaytaruvchi ehtiroslar (affektlar) haqidagi ta ’limot.
D. Fiziologik va psixologik tomonlar o‘rtasidagi munosabat haqidagi ta’limot
Bu ta’Iimotlaming asosida fanning ulug‘ zahmatkashlari — Rene Dekart, Benedit Spinoza, Tomas Robbe, Djon Lokk, Gotfrids Leybnits kabilar turar edi. XVIII asming ikkinchi yarimida ingliz psixologlari Yum va Gartli har xil psixik hodisalar va elementlar ideya-tassavvurlaming yaxlit bo‘lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta’limotni iigari surdilar.
XVII-XVIII asrlarda psixologiya Kiyev-Mogilyan akademiyasida va Moskvadagi Slavyan-Grek-Lotin akademiyasida o‘qitish predmetiga aylandi. Bu akademiyalaming professorlari psixologiyaga oid ko‘pgina asarlar yozganlar, ular ruh haqidagi metafizik mulohazalar emas, balki tajriba qilib ko‘rish mumkin bo‘lgan ba’zi psixik hodisalar haqidagi kuzatishlardan olingan nia’lumotlar asosiy o‘rinni egallagan edi. Masalan, kiyevlik olimlar inson aqliy faoliyatida tashqi tajribaga alohida e’tibor berdilar. Ular tafakkur faoliyati faqat sezgilar asosidagina ro‘y berishi mumkin, deb hisobladilar. Endi shu narsa ma’lumki, Kiyev olimlari I.Myullerdan 200-yil ilgari sezgi organlarining maxsusligi haqidagi masalani qo‘ydlar va uni hal qilishga intildilar.
Innekentiy Gizelning talqin qilishicha, sezgi organlarining maxsusligi bu organlarga tashqi olamdagi predmet va hodisalarning ta’sir etishi tufayli paydo bo‘lgan. Kiyev filosoflarining asarlarida monokulyar va binokulyar ko'rish haqidagi, emotsiyalarning fiziologik asoslari haqidagi, iroda va uning emotsiya hamda tafakkuming birlashishidan rivojlanishi haqidagi masalalar talqin qilingan.
Moskva — Slavyan-Grek-Lotin akademiyasida o‘quv ishlari Kiyev-Mogilyan akademiyasi namunasida o‘tkazildi. Psixologiya kurslarida asosiy o‘rinda ruh, aql va iroda haqidagi boblar o‘rganilgan edi.
M.V.Lomonosov o‘zining asarlarida psixologiya masalalariga, xususan, sezgilar sohasiga katta e’tibor berdi va bir qancha hodisalarni materialistik jihatidan tushuntirdi. U sezgilar inson tomonidan atrofdagi olamni bilishning shartidir, chunki ular inson ongiga bog‘liq bo‘Imagan holda mavjud bo‘lgan moddiy predmetlar ning miyaga bevosita ta ’sir qilishining natijasidir, deb hisobladi. M.V.Lomonosov o‘z zamonasida keng tarqalgan sezgilar sohasidagi, «birlamchi va ikkilamchi sifatlar» haqidagi ta’limotga qarshi chiqdi. Uning ta’limotiga ko‘ra ikkilamchi subyektiv sifatlar yo‘q: bizning barcha sezgilarimiz ob’yektivdir.
A.P.Radishchev (1749-1802) asosan inson tabiatini tushunishdagi dualizmga, ruhiy hayotni moddiy hayotdan - miyadan ajratib qo‘yishga, nutqni tafakkurdan ajratib qo‘yishga qarshi chiqdi. U psixikani miyadan ajratish mumkin emas va uning manbai xissiy idrok qilinadigan olamdir, deb takidladi.
«Ruh tana bilan birgalikda o'smaydimi, uning bilan birga ulg‘ayib mustahkamlanadimi, u bilan birga so‘lib o‘tmaslashmaydimi, sen barcha o‘z tushunchalaringni xisdan olmaysanmi»? - deb yozgan edi u.
Miya - psixikaning moddiy asosi, busiz inson aqlli mavjudot bo‘la olmaydi. A.P.Radishchev inson ongini taraqqiyotida nutqning katta ahamiyatga ega ekanligini takidlagan, nutq «fikrlarni bir joyga to‘plash vositasidir; modomiki narsaga nom berilmas ekan, narsa haqidagi fikr so‘zlar bilan ifodalanmas ekan, u bizning aqlimizga yotdir va bizning aqlimiz ishga solinmaydi».