6-mavzu: XVIII-XIX asrlarda psixologiyaning rivojlanishi reja


Fransuz va nemis psixologiyasining rivojlanishi



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə2/5
tarix23.08.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#140224
1   2   3   4   5
6-MAVZU. XVIII-XIX ASRLARDA PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISHI

Fransuz va nemis psixologiyasining rivojlanishi. XVIII asr frantsuz materialistlari Kondilyak (1715-1780), Kabanis (1757- 1808), Lametri (1709-175I), Gelvetsiy (1715-1771), Golbax (1723-1789) psixika haqida izchil materialistik ta’limot yaratdi lar.
XVIII asr fransuz materialistlari birdan bir asos - materiya, deb ta’lim berdilar. Ular materiya tushunchasini qadimgi grek materiaiistlaridan olgan edilar, ya’ni materiya atomlardan tashkil topgan bosh negizdir, deb fikrladilar. Tabiatdagi har xil narsalar faqat bitta materiyaning ko‘rinishidir, deb qaradilar. Inson, tabiatning bir qismi sifatida, o‘zining ham jismoniy, ham psixik mohiyatiga ko‘ra moddiydir, deb tushunildi. Bu materialistlar ruhning mustaqil holda mavjud bo‘lishini inkor qildilar va psixik jarayonlarning mohiyatini fiziologik jarayonlarga tenglashtirib qo‘ydilar. Fransuz materialistlarining qoidasi psixika miyaning fiziologik jarayoni, u moddiy protsessdir, degan fikrdan iborat. Bu qoida spiritualizm va umuman, idealizmga, uning moddiy bo‘lmagan psixika va ichki tajriba haqidagi ta’limotiga qarama-qarshi qo‘yilgan edi. Lametri (vrach) aniq materiallarga, ayniqsa,, patologiya sohasidan olingan ma’lumotlarga asoslanib o‘zining «Inson - mashina» degan mashhur kitobini yozdi. Asarda u shunday deb yozadi: «Ruhning barcha qobiliyatlari miyaning va butun gavdaning tuzilishiga bog‘liq boMganligi uchun ravshan-ki, ular shu tuzilishning o‘zidan iborat - dir».
Psixikani fiziologik jarayonlar bilan bunday tenglashtirish Kabanis tomonidan uning «Insonning jismoniy va axloqiy tabiati o'rtasida munosabat» nomli asosiy asarida keskin qo‘yiladi. Buni Kabanis quyidagicha ifodalaydi: «Fikmi keltirib chiqaradigan jarayonlar haqida aniq tushuncha hosil qilish uchun oshqozon va ichaklar ovqat hazm qilganday, jigar o‘t ajratib chiqarganday, quloq oldi, jag‘ osti va til osti bezlari so‘lak ajratganday, bosh miyani ham faqat fikr ishlab chiqarishga tayinlangan alohida organ deb qaramoq kerak». Biz, bosh miya ma’lum ma’noda, tassurotlami qaytadan ishlaydi, u organik holda fikr ajratib chiqaradi, deb hisoblaymiz.
Biz bunday fikrlami XVIII asming boshqa materialistlarida ham uchratamiz. Bunda, XVIII asr materialistlari psixik hayotning barcha hodisa va jarayonlari, barcha tabiat jarayonlari va hodisalari singari, mexanika qonunlari bilan tushuntiriladi. F.Engels XVIII asr fransuzlarining kamchiliklari haqidagi mulohazalarida shunday deydi: «O'simlik va hayvon organizmi juda kam tekshirilgan edi, uning ishlari sof mexanistik sabablar bilan tushuntirilar edi. Dekartning nazarida odam hayvon bo‘lgani singari, XVIII asr materialistlarining nazarida odam mashina bo‘lgan. Psixik hayotni mexanistik tushunishning sababi shundaki, ХУШ asrda boshqa fanlar orasida eng taraqqiy qilgani mexanika edi. Fransuz materialistlari odamda ro‘y bergan hamma hodisalami shu mexanika qonunlari asosida tushuntirishga urindilar. Fizika, kimyo, biologiya fanlari o‘sha vaqtlarda endigina bosh ko‘tara boshladi. F.Engels fransuz materialistlarining mexanistik qarashlari asossiz deb ko‘rsatadi.
XVIII asming oxiri, XIX asming boshlaridayoq psixologlar o‘rtasida psixik hodisalami o‘rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan masala maydonga chiqdi. Bu masala bo‘yicha filosof I.Kant o‘z fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo‘lishi mumkin emas, unga matematikani tatbiq qilish mumkin emas.
F.Bekon va T.Gobbsdan boshlab empirik psixologiyaning vazifalaridan biri psixik hodisalar tarkib topgan elementlami aniqlashdan iborat edi.
Yuqorida aytilganday, F.Bekon bilan T.Gobbs tasawur hamda sezgini shunday elementlardir, deb hisobladilar. Psixologlar psixik elementlar murakkab struktura (tarkib) va jarayonlarga birikishidan bo‘ysunadigan qonunlarini topishga intiladilar. Masalan: T.Gobbs psixik hodisalar intilish va qochish qonuniga bo‘ysunadi, deb hisoblagan.
Frensis Bekon (Lord Verulamskiy) hayoti: (1561-1626) Ingliz faylasufi Frensis Bekon 1561-yilning 21-yanvarida Londonda tug‘ildi. U Angliyaning siyosiy hayotida ko‘zga ko‘rinarli o‘rin egallagan dvoiyan oilasiga mansub bo‘lib, otasi Nikolas Bekon qirolicha Yelizavetaning birinchi vaziri va muhrdori edi. F.Bekonning onasi - Anna Kuk qirol Eduard VI ning tarbiyachisi bo‘lib xizmat qilgan.
1573-yilning bahorida 12 yoshli F.Bekonni Kembrijdagi Triniti kollejiga tahsil olish uchun jo‘natadilar. F.Bekon 16 yoshdan boshlab iugliz diplomatlari tarkibida bir necha yil Farangistonda xizmat qiladi. II yerda Farangiston madaniyati, ilm-fanining taniqli namoyondalari bilan tanishadi. F.Bekon 18 yoshida otasidan ayriladi. 23 yoshida qirolicha Yelizavetaning nufuzli a’yonlaridan sanalgan amakisi Lord lierli ko‘magida mamlakat parlamentiga saylanadi.
F.Bekon Angliyaga qaytgach, huquq ilmini o‘rganishga kirishadi. 11 huquqshunoslik uyushmasining rahbari lavozimiga tayinlanadi. F.Bekon keng miqyosdagi sud amaliyotlarini olib boradi va huquqshunoslik masalalariga doir asarlar yozadi. F.Bekonning sud jarayonidagi yuksak mahorati hamda sud hakamlari yig‘ilishidagi so‘zamolligi va aql-farosati barchani hayratga solgan. Hech kim u kabi aniq, qisqa, zalvorli, ayni damda o‘ta ma’nodor gapira olmagan. U so‘zlayotganda tinglovchilar har bir so‘zni jon quloqlari bilan tinglab, kiprik qoqmay o‘tirishgan.
F.Bekon 52 yoshida Angliyaning bosh prokurori etib saylanadi. 1617-yildan esa qirol Yakov I ning muhrdori bo‘lib xizmat qiladi. Keyinroq lord-kanslerlik martabasiga ko‘tariladi. 1621-yilda F.Bekon parlament tomonidan fitnachilik va poraxo‘rlikda ayblanib, sud qilinadi. Sud F.Bekonga 40 ming funt-sterling jarima solish va Tauer qal’asiga bandi etish haqida hukm chiqaradi. To‘g‘ri, ikki kundan so‘ng bu hukmning ayrim band lari bekor qilingan bo‘lsa-da, ammo F.Bekonning davlat arbobi sifatidagi faoliyati butkul barham topadi. Lordlar palatasining hukmiga muvofiq, u qirol saroyiga yaqinlashmaslik va 12mil uzoqlikda yashashga mahkum etiladi.
Faylasuf hayotining so‘ngi yillarini betoblik va qashshoqlikda o‘tkazadi. 1626-yilning bahorida u tovuq go‘shti qor ostida qanday saqlanishini sinab ko‘rish uchun uni qo‘llari bilan qorga ko‘madi va shu bahona bo'lib, qattiq shamollaydi. Bir necha hafta xastalanib yotgach, vafot etadi



Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin