1. Kaliy gidrofosfatni kaliy fosfatga aylantirish uchun qaysi moddalardan foydalanish mumkin? 1) kaliy gidroksid; 2) ortofosfat kislota; 3) fosfor (V) oksid; 4) kaliy oksid; 5) kaliy xlorid. A) 2 B) 1,4 C) 2,3 D) 1,2,3,4,5
2. Yoqlari markazlashgan kub shaklida, ya’ni kubning 8 ta uchida 8 ta zarracha, 6 ta yoqda 6 ta zarracha turadigan metall kristall panjara hosil qiladigan metallarni aniqlang. 1) Cu, Ag; 2) Ba, K; 3) Cr, Be; 4) Na, Mg; 5) Au, Pd; 6) Cd, Zn; 7) Ni, Li. A) 1,5 B) 2,3 C) 1,6 D) 4,7
3. Sariq qon tuzi tarkibidagi markaziy atomning valentligi va oksidlanish darajasini aniqlang. A) VI; +3 B) IV; +3 C) VI; +2 D) IV; +2
4. Bir tuzning pentagidrati va digidratidan 49 g dan olib, suvda eritildi va har ikkala eritmaning hajmi 400 ml ga yetkazildi. Pentagidratidan olingan tuzning konsentratsiyasi 0,49 mol/l ga teng bo’lsa, ikkinchi eritmadagi tuzning molyar konsentratsiyasini aniqlang. A) 0,525 B) 0,375 C) 0,725 D) 0,625
5. Karbonat angidrid gazi noma’lum alkan bilan aralashtirildi. Ushbu aralashmada karbonat angidridning hajmiy ulushi 56%; alkanning massa ulushi esa 2/7 ga teng bo’lsa, alkanni aniqlang. A) CH4 B) C6H14 C) C2H6 D) C3H8 6. Quyidagi o’zgarishlarda X1 va X2 moddalarni sintez qilish uchun qaysi moddalar qo’llaniladi? P4 → X1 → X2 → Ca3(PO4)2 A) O2 va KCl B) H2O va Ca(OH)2 C) O2 va H2O D) H2O va K2O
7. CO2 + SO2 → CO + SO3 reaksiya muvozanat holatida moddalarning mol miqdori mos ravishda 2, 8, 8, 8 ga teng bo’ldi. Ushbu sistemadan necha mol SO3 chiqarib yuborilganda, SO2 ning mol miqdori 7 ga teng bo’ladi (Idish hajmi 1 litr)? A) 3,11 B) 4,56 C) 5,44 D) 5,89
8. Rombik oltingugurt (S8) CS2 da eritilib, tayyorlangan 250 g eritmada 6,02∙1024 ta oltingugurt atomi mavjud bo’lsa, eritmada necha g rombik oltingugurt erigan? A) 64 B) 96 C) 128 D) 160
9. Uran atomi yadrosi qabul qilgan alfa zarrachalar va chiqargan neytronlar nisbati 3:7 bo’lib, olingan yangi element yadrosining 10/17 qismini neytronlar tashkil qilsa, uran izotopining nisbiy atom massasini aniqlang. A) 231 B) 232 C) 233 D) 234
10. 0,125 mol NOx ning massasi 5,75 g keladi. Agar 0,4 mol Fex+1Oy ning massasi 92,8 g ni tashkil qilsa, “y” ning qiymatini aniqlang. A) 4 B) 3 C) 1 D) 6
11. Agar HXO4 modda tarkibida X va kislorodning elektronlari 2,3:2 nisbatda bo’lsa, noma’lum X ning protonlarini sonini toping. A) 53 B) 17 C) 35 D) 85
12. X2YCl2 + 2HCl = 2XCl2 + H2Y reaksiya bo'yicha 40,5 g noma’lum xlorli moddadan 57 g XCl2 olingan bo'lsa, hosil bo'lgan H2Y moddaning massasini (g) aniqlang. [ Ar (X) : Ar (Y) = 3:2 ] A) 2,7 B) 4,5 C) 5,4 D) 3,6
13. Noma’lum 20/2 g metall oksidi tarkibida 24/3 g metall bo’lsa, shu birikmadagi metallning oksidlanish darajasini aniqlang. A) +2 B) +3 C) +1 D) -1
14. Suv osti kemasidan ajralib chiqqan 2,5 litrli havo pufagi 150 m yuqorilagandan keyin suv yuzasiga chiqadi. Agar dengiz tubiga har bir metr tushganda bosim 0,1 atm ga ortsa havo pufagining oxirgi hajmini (litr) aniqlang. (Suv yuzasida bosim 1 atm). A) 30 B) 25 C) 35 D) 40
15. Quyidagi tuzlar tarkibidagi σ-bog’lar soni qanday o’zgaradi. AlOHSO4 → Ba3(PO4)2 → Ca(H2PO4)2 → (MgOH)3PO4 a)ortadi; b)kamayadi; d)o’zgarmaydi. A) 1b, 2c, 3a B) 1a, 2b, 3a C) 1b, 2b, 3c D) 1a, 2c, 3b
16. N2 + H2 ↔ NH3 reaksiya sistemasida bosim 2 marta oshirildi. Sistema harorati 100C dan necha gradusgacha o’zgartirilganda to’g’ri reaksiya tezligi 2 marta tezlashadi? (γ =2) A) -10 B) -20 C) 40 D) 30
17. 1 mol vodorod va xlor aralashmasi (vodorod mo’l miqdorda) o’zaro reaksiyasida kimyoviy muvozanat qaror topdi (Km=2). Agar muvozanat holatida vodorod va HCl konsentratsiyalari (mol/litr) o’zaro teng bo’lsa, vodorodning necha % i sarflanganligini aniqlang (V=1 litr). A) 25 B) 66,6 C) 33,3 D) 50
18. A + B = C + D reaksiya bo’yicha A va B moddalardan 2 mol/l dan olingan. Reaksiya boshlanib, muvozanat holatiga kelganda, A moddaning konsentratsiyasi dastlabki konsentratsiyaning 50% ini tashkil etadi. Muvozanat holatida turgan sistemaga B moddadan 1 mol/l kiritildi va ma’lum vaqtdan keyin yangi muvozanat qaror topdi. Yangi muvozanatda B va C moddalarning konsentratsiyasini (mol/l)da aniqlang. A) 1,8; 1,2 B) 1,5; 1,5 C) 1,7; 1,3 D) 1,6; 1,4
19. BaX2•2H2O tarkibli kristallogidratning 4,88 grammi 65,12 gramm suvda eritilganda 5,943% li eritma hosil bo’lsa, X elementni aniqlang A) ftor B) xlor C) brom D) yod
20. Kaliy gidrokarbonat va kalsiy gidrokarbonat aralashmasi qattiq qizdirilganda aralashma massasi 38,9 g ga kamaydi. Olingan gaz 200 g 22% li natriy ishqoridan o’tkazilganda olingan o’rta tuzning massasi nordon tuz massasidan 17,2 g ga ko’p bo’lsa, boshlang’ich aralashmadagi kaliy gidrokarbonat massasini g ni aniqlang. A) 20 B) 30 C) 40 D) 60
21. 96,25 g 50,91% li H2SO4 eritmasiga ekvivalent miqdorda K2CO3 ∙ xH2O qo`shilganda, eritmadagi kislorod atomlari 45,9025 ∙ 1023 taga yetdi. x ni toping. A) 8 B) 10 C) 5 D) 6
22. Ba(NO3)2 ning 800C da to’yingan 300 gr eritmasi 500C gacha sovutilganda Ba(NO3)2∙H2O tarkibli kristallogidrat cho’kmaga tushdi. Kristallogidrat massasini (gr) da aniqlang (S(800C)=50; S(500C)=40) A) 17,5 B) 26,8 C) 20 D) 22
23. H2SO3 + K2Cr2O7 + H2SO4 → K2SO4 + Cr2(SO4)3 + H2O reaksiya tenglamasini tenglang hamda chap va o’ng tomonidagi koeffisientlar yig’indisining farqini aniqlang. A) 1 B) 4 C) 6 D) 3
24. P2S3 + HNO3 + H2O → H3PO4 + H2SO4 + NO reaksiya tenglamasini tenglang va barcha koeffisientlar yig’indisini aniqlang. A) 72 B) 64 C) 75 D) 78
25. xCaCO3 → yCaCO3 + zCaO + zCO2 reaksiyasida x:y:z:z qiymatlari 4:1:3:3 bo’lsa, unumni % aniqlang. A) 75 B) 80 C) 85 D) 70
26. [HgI3]– ionining gibridlanishini va geometrik shaklini ko’rsating. A) sp2 teng tomonli uchburchak B) sp2 trigonal bipiramida C) sp3d tetraedr D) sp3d trigonal bipiramida
27. Atom yadrosi pozitron hosil qilib parchalansa... A) zaryadi bittaga ortadi, massasi o’zgarmaydi B) zaryadi o’zgarmaydi, massasi bittaga kamayadi C) zaryadi ham, massasi ham bittaga kamayadi D) zaryadi bittaga kamayadi, massasi o’zgarmaydi
28. Galogenidlarning elektron konfiguratsiyalari qanday bo’lishi mumkinligini aniqlang. 1)…3p6; 2)…2p5; 3)…4p2; 4)…3p5; 5)2p6. A) 2, 4 B) 1,5 C) 3,5 D) 1,3
29. 67,2 l (n.sh) metan va propan aralashmasi tarkibida 21 mol atom bo’lsa, aralashmadagi propanning hajmini (l.n.sh) aniqlang. A) 11,2 B) 33,6 C) 22,4 D) 44,8
30. Cr2X3 tarkibli birikmaning massasi 60 g bo’lib, undagi xromning massasi 31,2 g bo’lsa, CrX tarkibli 33,6 g modda tarkibidagi xromning massasini aniqlang. A) 20,8 B) 28 C) 10,4 D) 15,6