6-sinf. Botanika 7-dars: gul



Yüklə 179,84 Kb.
səhifə36/53
tarix03.12.2023
ölçüsü179,84 Kb.
#172311
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
6-sinf. Botanika 7-dars gul

Gk(5) Gt(5) Ch5 U1
20.6. Ituzumdoshlar oilasi


Oila vakillari: Bangidevona, baqlajon, tamakilar, garidorilar, ituzum, kartoshka, mingdevona, oloy xiyoli, pomidor, shaytonkosa
Ituzumdoshlar oilasi yer kurrasining mo‘tadil iqlimli mintaqasida va tropiklarda keng tarqalgan. U 80 turkumga oid 3000 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda ituzumdoshlarga mansub 11 turkumga oid 36 tur o‘simlik o‘sadi.
Ituzumdoshlarning ko‘pchiligi bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar, qisman yarim butalar yoki butalardir. Ildizi – o‘qildiz tizimli. Poyasi tik, yonboshlab yoki yotib o‘suvchi, ba’zan shakli o‘zgargan yer osti novdalarini hosil qiladi (masalan, kartoshkada). Barglari oddiy, butun yoki bo‘lingan. Gullari to‘g‘ri, ba’zan biroz qiyshiq, ikki jinsli, yakka-yakka holda barglar qo‘ltig‘ida yoki poya va shoxlar uchidagi gajak to‘pgullarda joylashgan. Kosachasi bir-biri bilan qo‘shilgan 5 ta gulkosachabargdan tashkil topgan. Gultoji yarmigacha yoki uchigacha bir-biri bilan qo‘shilgan 5 ta gultojbargdan tashkil topgan, turlicha rangda. Changchilari 5 ta, gultojbargining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayga o‘rnashgan. Urug‘chisi bitta.

Mevasi rezavor meva yoki ko‘sakcha.
Ituzumdoshlarga mansub yovvoyi turlarning ko‘pchiligi begona o‘tlardan iborat. Ular orasida hammaga tanish qora ituzum ham bor.


Qora ituzum ituzum turkumiga oid bir yillik o‘t. Uni paxtazorlarda, polizlarda va boshqa ekinzorlarda, tashlandiq yerlarda va hatto yo‘1 yoqalarida ham uchratish mumkin. Qora ituzumning bo‘yi 25-50 sm. Poyasi sershox. Barglari oddiy, uzunchoq tuxumsimon. Gullari oqish, shoxlari uchidagi to‘pgullarda 3 tadan 10 ta gacha gul joylashgan. Gulkosachasi va gultoji 5 bo‘lakli. Changchilari 5 ta. Urug‘chisi 1 ta. Qora ituzum iyun oyi oxiridan to tupini sovuq urguncha gullayveradi. Sharsimon rezavor mevalari avgustning oxirida qorayib pishadi. Mevalari «C» darmondoriga boy, undan xalq tabobatida foydalaniladi. O‘zbekistonda ituzum turkumiga oid 10 turdagi o‘simliklar o‘sadi. Bulardan kartoshka va baqlajon sabzavot ekini sifatida ko‘p ekiladi.
Ituzumdoshlardan keng tarqalgan begona o‘tlar qatoriga mingdevona va bangidevona turkumlari ham kiradi.
Bularning har ikkalasi ham qo‘lansa hidli, o‘ta zaharli, shu bilan bir qatorda dorivor o‘simlik hamdir. Ularning barglari aralashgan pichanni yoki urug‘lari aralashgan yemni yegan mol zaharlanadi.
O‘zbekistonda mingdevona turkumiga oid 5 ta tur, bangidevona turkumiga oid esa 4 ta tur o‘simlik o‘sadi.
Ituzumdoshlarning O‘zbekistonda ko‘p ekiladigan vakillaridan yana biri pomidordir. ltuzumdoshlarga garmdori (qalampir), chilim tamakisi va maxorka tamakisi ham kiradi.
Tamaki barglari maxorka, papiros, sigara, zararli hasharotlarni nobud qiluvchi preparatlar va dorilar tayyorlash uchun ishlatiladi. Barglari tarkibida kishining asab va qontomir tizimiga (sistemasiga) zararli ta’sir qiluvchi zaharli modda – nikotin bor.
Ituzumdoshlar oilasidan faqat bitta tur – Oloy xiyoli O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. U Shohimardon va So‘x daryolari vohalari (Farg‘ona viloyati)da o‘sadi.


Yüklə 179,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin