14. Qadimgi Rimda qaysi lavozim egasi olti oydan ortiq
hokimiyatda tura olmagan?
A) liktor B) diktator C) xalq tribuni D) konsul
15. Qaysi javobda keltirilgan voqeadan so‘ng Rim respublika deb e’lon qilindi?
A) Yuliy Sezar hokimiyatga kelgan vaqtdan
B) barcha fuqarolar qonun oldida tengligi haqida qonun qabul qilingandan
C) Puni urushlaridagi g‘alabasidan
D) Mag‘rur Tarkviniy quvg‘in qilinganidan
16. Qaysi javobda Rim Respublikasida qonunlarni muhokama qilishda Xalq tribunlari tomonidan ishlatilgan “veto” so‘zining ma’nosi keltirilgan?
A) “taqiqlayman” B) “tavsiya etaman”
C) “buyuraman” D) “tasdiqlayman”
17. Quyudagi qaysi iloh(a), qadimgi rimliklar e`tiqodi bo‘yicha Rim davlatning homiysi hisoblangan?
A) Vulkan B) Neptun C) Yupiter D) Yustitsiya
18. Qaysi javobda 2-Puni urushlari davrida Karfagen va Rim
qo‘shinlarini boshqargan sarkardalar nomi berilgan?
A) Antiox va Pompey B) Gastrobal va Ssipion
C) Ganibal va Ssipion D) Salavka va Krass
19. Karfagenning buyuk sarkardasi Gannibal qo‘shinlari
mil.avv. 202-yilda qayerda tor-mor etilgan?
A) Karxadesh yaqinida B) Zama yaqinida
C) Kann yaqinida D) Rim yaqinida
20. Quyidagi qaysi shaxs mil. avv. 71-yilda Spartak
qo‘shinlarini tor-mor keltirgan Rim sarkardasi hisoblanadi?
A) Ssipion B) Mark Antoniy C) Leonid D) Mark Krass
21. Quyidagi qaysi shaxsga Rim Senati mil.avv. 29-yilda
imperator unvoni va Avgust laqabini berdi?
A) Sezarga B) Kaligulaga C) Trayanga D) Oktavianga
22. Qaysi javobda Qadimgi Rim imperatori Trayan davrida
yuz bergan voqealar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) Dunay daryosi bo‘yida yashovchi daklar bilan
urushlar olib bordi; 2) imperator senat va xalq majlisiga
hisobot bermay qo‘ydi; 3) Suriya va Mesopotamiya
hududlari bosib olindi; 4) Misr Rimning provinsiyasiga aylanyirildi; 5) senatorlar soni qisqartirildi;
6) hech qanday saylovlarsiz mansabdor shaxslar
tayinlandi;
A) 2, 3, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 3 D) 1, 4, 6
23. Qaysi imperatorlar hukmronligi davrida Rim imperiyasi
inqirozi (mil. I asr) boshlandi?
A) Trayan va Sezar B) Antoniy va Mark Avriley
C) Pompey va Kaligula D) Kaligula va Neron
24. Qaysi javobda nomi keltirilgan imperator Rim imperiyasi poytaxtini boshqa shaharga ko‘chirgan va xristian dinini boshqa dinlar bilan teng deb e’lon qilgan?
A) Trayan B) Kaligula C) Romul D) Konstantin