6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-SINF O’ZBEKISTON TARIXI. 6-10 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə14/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
6-10-KALITLAR

7-SINF O’ZBEKISTON TARIXI. 6-10 mavzular

  1. O'rta Osiyo hududida ilk o‘rta asrlarda tashkil topgan hokimliklar va ularga oid ma'lumotlar to‘g‘ri muvofiqlash-tirilgan javobni toping.
    1) ... mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi edi; 2) ... da hunarmandchilikning qurolsozlik, shishasozlik, to‘qimachilik sohalari rivojlangan; 3) ... qo'shni mamlakatlarga. bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqargan; 4) .. . tangalarining old betida hukmdor surati, ayrim tangalarda esa, hukmdorga yonma-yon malika tasviri tushirilgan.

a) Choch; b) Sug‘d; c) Farg'ona; d) Toxariston
A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b

  1. Ilk o‘rta asrlarda qo'shni mamlakatlarga bo'yoq, rangli shisha va dori-darmonlar chiqargan davlat(lar) ni toping.
    A) So‘g‘d B) Choch va Eloq C) Farg'ona D) Toxariston

  2. Turk xoqonligida ”Qam-Shomon” qanday din?
    A) Ko’k tangriga sig’inuvchi yakka xudolik dini
    B) dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholining Yer va Quyoshni ulug’lovchi dini
    C) Ko’k tangriga sig’inuvchi chorvador aholining ko’p xudolik dini
    D) Ona bo’rini ulug’lovchi va unga sig’inuvchi yakkaxudolik dini

  3. Ilk o’rta asrlarda qaysi hudud hukmdorlari dastlab malikshoh, so’ngra yabg’ular deb atalgan?
    A) Toxariston B) Sug’d C) Ustrushona D) Farg’ona

  4. Ilk o‘rta asrlarning mashhur yodgorligi – Bolaliktepa ... hududida joylashgan.
    A) Andijon B) Qashqadaryo C) Samarqand D) Surxondaryo

  5. Ilk O‘rta asrlarda Balx shahri qaysi davlatlarning poytaxti bo‘lgan?
    A) Kidariylar davlati va Toxaristonning
    B) Eftaliylar davlati va So‘g‘dning
    C) Xioniylar va Kidariylar davlatlarining
    D) Turk xoqonligi va Toxaristonning

  6. Toxariston Markaziy Osiyoda qaysi dinlar tarqalishi va rivojlanishida muhum rol o`ynagan.
    A) budda va moniy B) budda va mazdak
    C) nestorianlik va budda D) shamanlik va moniy

  7. Choch va Eloqda ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlarning ko’payishiga nima sabab bo‘lgan?
    A) hunarmandchilikning rivojlanishi
    B) o'lkadan karvon yo‘lining o‘tishi
    C) tanga pullarning zarb qilinishi
    D) savdogarlar sonining ko‘payishi

  8. Ilk o’rta asr ganchkorlik san`atining nodir yodgorligi namunalari qayerdan topilgan?
    A) Panjikentdan B) Varaxshadan C) Afrosiyobdan D) Qalai Mug’dan

  9. Ilk o’rta asrlarda Buxoro o’zining ...lari, Samarqand ...lari, Choch esa o’zining ...lari bilan mashhur bo’lgan.
    A) naychilari/ raqqoslari/ qiziqchilar
    B) qiziqchilari/ qo’shiqchilari/ raqqoslari
    C) qiziqchilari/ naychilari/ raqqoslari
    D) qo’shiqchilari/ udchilari/ naychilari

  10. Quyidagi qaysi yodgorliklardan bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan sug`d yozuvlari namunalari topilgan?
    1) Qal’ai Mug’ ; 2) Ajinatepa; 3) Bolaliktepa; 4) Varaxsha; 5) Turfan;
    6) Qiziltepa; 7) Dalvarzintepa; 8) Afrosiyob
    A) 1, 3, 5,7 B) 1, 5, 8 C) 1, 5, 7 D) 2, 4, 6, 8

  11. Ilk o`rta asrlarda birgina Buxoro shahrining o`zida usta hunarmandlar tomonidan necha turdagi cholg`u asboblari yasalgan?
    A) yigirma turdagi B) o`n turdagi
    C) o`ttiz turdagi D) o`n besh turdagi

  12. Ilk o’rta asrda So’g’dda o’g’il bolalar … kirganlarida savdo ishlarini o’rganish uchun o’zga mamlakatlarga jo’natilar edi.
    A) 20 yoshga B) 25 yoshga C) 15 yoshga D) 22 yoshga

  13. Quyidagilardan Toxaristonning tog’ va tog’oldi viloyatlari qatoriga qaysilari kiradi?

1) Balx 2) Qunduz 3) Termiz 4) Chag‘oniyon 5) Xuttal 6) Vaxsh 7) Panj 8) Hisor 9) Marv
A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,5,6,7 D) 1,2,4,5,6,8,9

  1. V–VII asrlarda shaharlarning ravnaqiga nimalar ta’sir etdi?

1) dehqonchilk maydonlari kengayib, mahsulotlarning ortib borishi 2) hunarmandchilik buyum va jihozlarga bo‘lgan ehtiyoj 3) savdo-sotiqning avj olishi 4) ko’chmanchilarning shiddat bilan o’troqlashuvi 5) yerga egalik qilish munosabatlarining o‘rnatilishi va mustahkamlanib borishi
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 2,3,5 D) 1,2,3

  1. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo shaharlarining shahriston qismida kimlar istiqomat qilgan?

A) Asosiy aholi C) hunarmandlar va savdogarlar
B) Aholining boy tabaqasi D) Aholining kambag’al qismi

  1. O‘rta Osiyoda eng katta shaharlardan biri Samarqandning umumiy maydoni qariyb qancha bo‘lgan?

A) 150 gektar B) 120 gektar C) 200 gektar D) 300 gektar

  1. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo shaharlarining shahriston qismini qurilishi qaysi shaharlaridagi arxeologik

tadqiqotlar orqali o‘rganilgan?

  1. Afrosiyob, Varaxsha, Panjikent

  2. Afrosiyob, Varaxsha, Poykand

  3. Afrosiyob, Poykand, Panjikent

  4. Afrosiyob, Naxshab, Poykand

  1. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo shaharlarining mudofaa devorlari nimalardan barpo etilgan?

  1. Tosh va pishgan g’ishtdan C) Paxsa va toshdan

  2. Pishgan va xom g’ishtdan D) Paxsa va xom g‘ishtdan

  1. Arablar tomonidan Xuroson deb atagan hudud yerlari ko'rsatilgan javobni aniqlang.
    A) Hozirgi Afg'oniston, Eronning sharqiy qismi, qisman Pokiston, Kaspiy dengizning sharqi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
    B) Hozirgi Afg'onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
    C) Hozirgi Afg'oniston, Eronning shimoli- sharqiy qismi, Pokistonning shimoliy qismi hamda Sind yerlaridan to Amudaryogacha bo'igan hududlar
    D) Hozirgi Afg'onistonning-sharqiy, Eronning sharqiy qismi, shimoliy Pokiston hamda markaziy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar

  2. VIII asrning 10-yillarida moliyaviy islohot o'tkazgan arab xalifasini aniqlang.
    A) Nasr ibn Sayyor B) Umar ibn Abdulaziz
    C) Muoviya D) Xorun ar-Rashid

  3. Qaysi javobda Movarounnahr shaharlarining Qutayba ibn Muslim tomonidan egallanish ketma-ketligi to'g'ri ko'rsatilgan?
    1) Buxoro; 2) Poykand; 3) Naxshab;
    4) Samarqand; 5) Madinat ash-Shosh.6) Xorazm
    A) 3, 1, 2, 5, 4,6 B) 1, 2, 6,4, 3, 5
    C) 2, 1, 3, 6, 4, 5 D) 1, 2, 3,6, 5, 4

  4. “Oq kiyimlilar" va turkiy qabilalarning Samarqandda arablarga qarshi kurashi qancha davom etganligini aniqlang.
    A) bir yil B) to’rt oy C) besh oy D) ikki yil

  5. 711-yilda Xorazmda bostirilgan xalq qo’zg’oloni rahbarini aniqlang.
    A) Chag’on B) Sumbad C) Hurzod D) Xusrav

  6. Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo'zg'olon bo'lgan joylar to'g'ri berilgan javobni toping.
    1) Xorazm; 2) Chag‘oniyon; 3) Shosh; 4) Kesh; 5) Farg'ona; 6) Moxuvon:7) Buxoro; 8) Naxshab
    A) 1, 4, 6, 7 8 B) 2, 4, 5, 7, 8 C) 1, 3, 5, 7, 8 D) 1, 3, 4, 6, 7

  7. Arablar Movaraunnahrga dastlab uni bosib olish uchun emas, balki …
    A) harbiy jihatdan tayyorgarlik ko’rish,va Islom dinini targ’ib qilish uchun yurish qiladi,
    B) Islomni yoyish jihatdan tayyorgarlik ko’rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi
    C) siyosiy jihatdan yagona hokimiyat birlashuvida mahalliy aholini boshqarish uchun yurish qiladi
    D) mahalliy aholidan ittifoqchi yig’ib Yevropa davlatlarini bosib olishda askar yig’ib ketish maqsadida yurish qiladi

  8. Arab qo’shinlari O’rta Osiyo viloyatlarini bosib olishlariga oid ma`lumotlarni sanalariga mos tartibda belgilang.
    1) ... yilda Naxshab va Kesh bosib olindi; 2) ... yilda Xorazm bosib olindi; 3) ... yilda Samarqand bosib olindi; 4) ... yilda Farg’ona bosib olindi;
    a) 712; b) 711; c) 715; d) 710;
    A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
    C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c

  9. … kabi shaharlarda shahriston yoki undagi xonadonlarni arablar va ular bilan birga kelgan ajamlarga bo’shatib beriladi.
    A) Marv, Poykand, Samarqand, Buxoro
    B) Buxoro, Marv, Termiz, Shosh
    C) Buxoro, Poykand, Samarqand, Xorazm
    D) Naqshab, Kesh, Samarqand, Farg’ona

  10. Mahalliy aholi bilan kelishish siyosatini amalga oshirgan halifa Umar Ibn Abdulaziz qanday choralarni qo`llagan?
    1) yangi yerlarni zabt etishni to`xtatish;
    2) islomni qabul qilgan mahalliy xalqlardan jiz`ya va zakot soliqlarini bekor qilish;
    3) moliyaviy islohot o`tkazish; 4) mahaliy mulkdorlar bilan qarindoshlik rishtalarini o`rnatish; 5) mahaliy mulkdorlarga o`z nomidan kumush tangalar zarb etish huquqini berish.
    A) 1,2 ,3 B) 1,3 C) 2,4 D) 3,4

  11. Xuroson noiblaridan kimning hukmronlik davrida yer egasining e’tiqodidan qat’iy nazar xiroj solig’ini to’lashi shart qilib qo’yilgan.
    A) Nasr ibn Sayyor B) Umar ibn Abdulaziz
    C) Said Xarashiy D) Qutayba ibn Muslim






Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin