6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-36-mavzular 6-sinf. IV bob. Mill. avv. VI asr – milodiy IV asrlarda O’rta Osiyo



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə8/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76
6-10-KALITLAR

31-36-mavzular 6-sinf. IV bob. Mill. avv. VI asr – milodiy IV asrlarda O’rta Osiyo
1. Qaysi tarixchi so`g`diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va saklarning fors qo`shinlari tarkibida yunonlarga qarshi jang qilganligi va ularning qurol-yaroqlari haqida mufassal ma`lumot bergan?
A) Ksenofont B) Gerodot C) Arrian D) Ktesiy
2. Quyidagilardan to‘g‘risini toping.
A) Nautaka – Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi.
B) Nautaka – Qashqadaryo vohasining shimoliy qismi.
C) Nautaka – Qashqadaryo vohasining g‘arbiy qismi.
D) Nautaka – Qashqadaryo vohasining janubiy qismi.
3. Bir asrda parchalangan davlatlar (sulolalar) ko‘rsatilgan javobni toping.
1) Yunon-Baqtriya davlati; 2) Kushon davlati; 3) Xan sulolasi;
4) Dovon davlati; 5) Qang‘ davlati; 6) Sin sulolasi.
A) 2,3,4,5 B) 1,4,5,6 C) 1,2,4,6 D) 1,2,3,5
4. Xorazm hududida bir paytda vujudga kelgan shaharlarini aniqlang.
1) Qo’yqirilganqal’a; 2) Ko‘zaliqir; 3) Oybo‘yirqal’a; 4) Jonbosqal’a;
5) Tuproqqal’a
A) 1,3 B) 2,4 C) 3,5 D) 1,4
5. Xorazm hududida O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv shakllangan vaqtda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang.
A) Saklar qabilalar ittifoqiga birlashdi.
B) O‘rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqaldi.
C) Saklar Qang‘ davlatiga asos soldilar.
D) Sharqda ellinizm davri boshlandi.
6. Quyida keltirilgan topilmalarni ular topilgan joy bilan to‘g‘ri muvofiqlashtirilgan javobni toping.
1) yunon alifbosidagi kushon bitiklari; 2) oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari; 3) aylana shaklidagi mustahkam ibodatxona; 4) yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni;
a) Qo‘yqirilganqal’a; b) Sopollitepa; c) Surxko‘tal; d) Qadimgi Termiz
A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d
C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
7. Toshkent vohasi qadimda qaysi davlatning o‘troq ziroatchi savdo hunarmandchilik madaniyati vujudga kelgan hududlaridan biri bo‘lganini aniqlang.
A) Kushon B) Dovon C) Qang‘D) Ahamoniylar
8. Kushon davlati tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.
1) milodiy I asrda Guyshuan xonadonining boshlig‘i barcha mulklarini birlashtirib, Kushon davlatiga asos soldi; 2) mil.avv. III-II asrlarda Jonbosqal’a va Qo‘yqirilganqal’a shaharlari qad rostlagan; 3) Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Afg‘oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo‘shib olindi; 4) Demetriy hukmronligi davrida Hindistonning bir qismini o‘z davlatiga qo‘shib oldi; 5)Kanishka hukmronligi davrida Kushon podsholigi o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishdi; 6) So‘g‘diyona xalqi Spitamen boshchiliga bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi.
A) 2, 3, 6 B) 3, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5
9. Kushon podsholigi poytaxtini Baqtra shahridan Peshavor shahriga ko‘chirgan hukmdorni aniqlang.
A) Kudzula Kadfiz B) Kanishka C) Vima Kadfiz D) Xuvishka
10. Kushon davriga oid yodgorliklaridan qaysi biridan dumbiracha hamda ud cholg‘u asbobini chalayotgan musiqachi tasviri topilgan?
A) Qoratepa B) Ayritomdan C) Surxko‘tal D) Dalvarzintepa
11. Davlat poytaxtini Baqtriyadan Peshavarga ko‘chirgan Kushon podshosi qaysi davlatlar bilan elchilik va savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan?
A) Parfiya, Eron, Hindiston B) Hindiston, Xitoy, Rim imperiyasi
C) Eron, Marg‘iyona, Parfiya, Xitoy D) Xitoy, Xorazm, Rim imperiyasi
12. Quyidagi davlatlardan qaysi biri boshqalariga nisbatan ko‘proq yashagan?
A) Qang‘ davlati B) Yunon Baqtriya podsholigi
C) Kushon podsholigi D) Salavkiylar davlati

Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin