6-sinf. III bob. Qadimgi Yunoniston. (21-25 mavzular) 1. Quyidagi qabilalar va ular bostirib kirgan hududlar mos ravishda ko‘rsatilgan javobni belgilang.
1) kassitlar; 2) giksoslar; 3) axeylar; 4) doriylar
a) Krit oroli; b) Janubiy Yunoniston; c) Misr; d) Bobil
A) 1-c, 2-a, 3-b. 4-a B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
C) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
2. Afinada katta obro` va nufuzga ega bo`lgan Perikl davrida ...
A) xalq boshqaruvi bekor qilingan
B) Afina davlati o’z qudrat chuqqisiga erishgan
C) Xalq majlisining faoliyati qayta tiklangan
D) qarzdorlik va qarzi tufayli qulga aylantirish bekor qilingan
3. Quyidagi qaysi voqealar mil.avv. V asrning II yarmida bo‘lib o‘tgan?
1) Afinada Fidiy tomonidan Parfenon ibodatxonasi qurildi;
2) Xalq majlisida saylanadigan lavozimlarga maosh tulash tartibi joriy etiladi;
3) Yunon-fors urushlari boshlanadi;
4) Yunonlar va forslar o’rtasida sulh bitimi imzolandi;
5) “Siyoh qolib qon bilan yozilgan qonun” deya ta’riflangan qonunlar qabul qilindi;
6) Fors shohi Shimoliy Yunonistonni bosib oldi bosib oldi.
A) 1,2,4 B) 3,5,6 C) 2,4,6 D) 1,5,6
4. Quyidagi ma’lumotlardan faqat Marafon jangiga (mil.avv. 490-yil) oid bo‘lganlarini belgilang.
1. Yunonlar forslarga nisbatan kam sonli edi. 2. Yunonlar hal qiluvchi jangda forslarning 7 ta kemasini egallab oldilar. 3.Yunon qo‘shinlariga Miltiad rahbarlik qilgan. 4. Yunonlar qo‘shiniga Leonid boshchilik qilgan. 5. Yunoniston sarhadiga tushirilgan Kserks lashkari Shimoliy Yunonistonni bosib oldi. 6. Yunon davlatlarining birlashgan floti forslarning harbiy flotidan kuchli bo‘lgan.
A) 1,2,3 B) 1,4,6 C) 1,2,4 D) 4,5,6
5. Fermopil jangidan keyin Kserks qo‘shinlari….
A) Peleponnesni egallab, Spartani bosib olganlar
B) Yunonistonni tark etishga majbur bo‘lganlar
C) harbiy kema - triyeralar qurganlar
D) O‘rta Yunonistonga yetib borib, Afinani ishg‘ol qilganlar
6. Quyidagi shaxslardan qaysi biri Qadimfi Afinada xalqqa yon berishning qattiq tarafdori hisoblanadi?
A) Perikl B) Drakont C) Miltiad D) Solon
7. Afina shahrida kimlar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o’z fikr-mulohazalarini bayon eta olar edilar?
A) Barcha fuqorolar C) erkak fuqorolar
B) barcha aholi D) ayollar va chet elliklar
8. Qadimgi Afinada yangi qonunlarni tasdiqlagan va
eskilarini bekor qilgan davlat organini aniqlang.
A) Xalq majlisi B) Senat C) Beshyuzlar kengashi D) Xalq sudi
9. Afina davlatiga katta daromad keltirgan sohalarni
aniqlang.
A) qul savdosi va hunarmandchilik
B) kumush konlari mahsuloti va tuz qazib olish
C) ovchilik va hunarmandchilik tovarlarini chetga sotish
D) mis qazib olish va kulolchilik mahsulotlarini sotish
10. Quyidagi qaysi tarixiy atama Spartada to‘la huquqlarga
ega bo‘lmagan, ammo shaxsan ozod bo‘lgan kishilarni
anglatadi?
A) meteklar B) periyeklar C) goplitlar D) ilotlar
11. Qadimgi Afinada Solon islohotlaridan so‘ng kimlar
qonunlar muhokamasi va ovoz berishda ishtirok
etmagan?
A) ajnabiylar (meteklar) va goplitlar
B) jangchilar va shahar kambag‘allari
C) ayollar va ajnabiylar (meteklar)
D) mayda yer egalari, shahar kambag‘allari
12. Qaysi javobda Afinada Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) huquq va majburiyatlar borasida hammani tenglashtiruvchi qonunlar tuzildi; 2) xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to‘lash joriy qilindi; 3) Akropolda Parfenon ibodatxonasi qurildi; 4) aristokratiya boshqaruv tizimi demokratiyaga almashtirildi; 5) Afina eng qudratli davlatga aylandi
A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 4
13. Qaysi javobda yunon-fors urushlari janglari to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan?
1) Marafon jangi; 2) Plateya shahri yaqinidagi jang; 3) Salamin dengiz jangi.
A) 1, 2, 3 B) 3, 1, 2 C) 1, 3, 2 D) 2, 1, 3
14. Yunon-fors urushidagi qaysi janglar bir yilda bo‘lgan?
1) Marafon jangi; 2) Fermopil jangi; 3) Plateya
yaqinidagi jang; 4) Salamin jangi.
A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 2, 4
15. Quyidagi qaysi shaxs yunonlar va forslar ortasidagi
Marafon jangida yunon qo‘shinlariga
sarkardalik qilgan?
A) Poliklet B) Kserks C) Leonid D) Miltiad
16. Qaysi javobda Qadimgi Yunonistonning shimolidan
janubiga boradigan yagona yo‘l o‘tgan hudud
ko‘rsatilgan?
A) Attika B) Fermopil darasi C) Peloponnes D) Ion dengizi
17. Qaysi javobda Afinada gimnasdtikada o’rgatiladigan sport turlari to’liq ko’rsatilgan?
1) uzunlikka sakrash; 2) balandlikka sakrash; 3) yugurish; 4) mushtlashish; 5) kurash; 6) nayza uloqtirish; 7) disk uloqtirish 8) ot minib yurish
A) 1, 2, 3, 5, 6, 7 B) 2, 3, 5, 6, 7, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5, 7 D) 1, 3, 5, 6, 7, 8
18. Quyidagi qaysi atama Qadimgi Yunonistondagi adabiyot, she’r yozish va musiqa o‘rgatilgan o‘quv dargohi nomini anglatadi?
A) Kogorta B) Periyek C) Palestra D) Stil
19. Ma’lumki, qadimgi Yunonistonda oliy ta’lim 3-4 yil
davom etgan. Unda qanday fanlar o‘qitilgan?
A) tarix, geografiya, astronomiya, geometriya
B) matematika, geografiya, adabiyot, astronomiya
C) tarix, jismoniy tarbiya, geografiya, adabiyot
D) falsafa, tarix, geometriya, geografiya
20. Qadimgi Yunonistonda goplitlar kimlar?
A) qullar B) To’la to’kis huquqqa ega bo’lmagan fuqurolar
C) chet elliklar D) og’ir qurollangan askarlar
21. Afinada xalq hokimiyatini bekor qilgan qonunlarni
yozgan hukmdorni aniqlang.
A) Filipp II B) Solon C) Drakont D) Perikl
22. Lakonika viloyati Yunonistonning qaysi qismida
joylashganligini aniqlang.
A) sharqiy B) shimoliy C) janubiy D) g‘arbiy
23. Mill.avv. VIII-VI asrlarda Qora dengiz bo’ylarida asos solingan kaloniyalardan qaysilarni bilasiz?
1. Olviya 2. Xersones 3. Melit 4. Kireyina 5. Pantikapiy
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4,5 D) 1,2,5
24. Quyida keltirilgan javoblardan noto’g’risini toping?
A) Afina palestrlarida adabiyot, she’r, musiqa o’rgatilgan
B) Spartada chiroyli ibodatxonalar,turar joy binolari,san’at asarlari bo’lgan
C) Afinada oily ma’lumot beradigan o’quv yurtlari ham bo’lgan
D) Spartada to’la-to’kis huquqqa ega bo’lmaganlar perieklar deb atalga
25. Beshyuzlarkengashining qarori qaysi organ tomonidan tasdiqlangan?
A) Xalq sudi B) Oqsoqqollar kengashi
C) Senat D) Xalq majlisi
26. Sparta davlatida nech yoshdan harbiy xizmatga olingan?
A) 30 yosh B) 25 yosh C) 20 yosh D) 18 yosh
27. Afinada mill.avv. VII asrda hokimlar va sudyalar quyidagi qaysi organ tomonidan saylangan?
A) Xalq sudi B) Oqsoqqollar kengashi
C) Senat D) Xalq majlisi
28. Afinada mill.avv. VII asrda aholi necha guruhga bo’lingan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
29. Qora dengiz sohillarida vujudga kelgan kaloniyalardan qaysi birida ibodatxona ustunlari saqlanib qolgan?
A) Olviya B) Xersones
C) Pantikapey D) Trapezund
30. Sparta maktablarida bollalarni…
A) harbiy ishlarga o’rgatib, bo’lajak jangchilar va Spartaning sodiq himoyachilari etib tarbiyalashardi
B) Arzimagan ayblari uchun ham qattiq jazolashardi
C) Dunyoviy fanlarni o’rganishga majbur qilishardi
D) Musiqaga va sheriyatga o’rgatishar edi.