6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


C) Nil daryosining o‘ng sohilidagi yassi tog‘lardan



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə5/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
6-10-KALITLAR

C) Nil daryosining o‘ng sohilidagi yassi tog‘lardan
D) Nil daryosining so’l sohilidagi yassi tog‘lardan
26. Qadimgi Misrda mumiyolash bilan kimlar shug‘ullanishgan?
A) Marhumning boy badavlat qarindoshlari
B) Xizmatkorlar
C) tibbiy bilimlarga ega kohinlar
D) A va C
27. Quyidagilardan qaysilari Qadimgi Misrda kohinlarning vazifalariga kirmaydi?
A) xudolarni dindorlar in’om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishgan.
B) xudolar va odamlar o‘rtasida vositachi bo‘lishgan
C) Nil toshqini vaqtini, qachon urug‘lik sochish va hosilni yig‘ishtirib olish muddatini aniq bilishgan
D) Urushdan olingan uljalarni taqsimot qilishgan.
28. Bo‘ysundirilgan xalqlar misrliklardan nafratlanib, o‘z erk va ozodliklari uchun kurashishi natijasida Misrda qaysi podsholik barham topadi.
A) Qadimgi podsholik B) O’rta podsholik
C) Yangi podsholik D) So’nggi podsholik
29. Falastin va Suriyadan Misrga qanday mahsulotlar olib kelingan?
A) Nodir navli yog’ochlar
B) oltin , qalay, noyob toshlar
C) Hunarmandlar yasagan nodir buyumlar, qimmatbaho toshlar
D) Temir, mis
30. Qaysi podsholik firavnlari Nubiya va Liviyaga ham yurish qilib, shaharlarni taladilar, asirlar, chorva mollari va boshqa
boyliklarni egallab oldilar?
A) Qadimgi podsholik B) O’rta podsholik
C) Yangi podsholik D) So’nggi podsholik


6-sinf. 11-15 mavzular
1. Mesopotamiyada Shumer manzilgohlari vujudga kelgan davrda sodir bo`lgan voqeani belgilang.
A) O`rta Osiyoning janubiy viloyatlarida aholi ziroatchilikka o`tdi.
B) Xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlandi.
C) Zamonbobo manzilgohi vujudga keldi.
D) Bronza asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yarog`lar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy ashyoga aylandi.
2. Lagash podshosi shahar davlatni kimlarga tayanib boshqargan?
A) aslzodalar, kohinlar va harbiy qo‘shinlarga
B) yaqin do‘stlariga, kohinlarga
C) xalqqa va o‘zining yaqinlariga
D) o‘zining homiy xudosi - samoviy otasiga
3. Navuxodonosor II hukmronligi davrida qaysi hudud Yangi Bobil podsholigiga qo‘shib olingan?
A) Eron B) Misr C) Midiya D) Kichik Osiyo
4. To‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni toping.
A) Qadimgi Bobil ko‘chmanchi skif qabilalari hujumi natijasida tugatilgan
B) Navuxudonosor II davrida Bobil shahridagi turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida xom g‘isht va tosh ishlatish to‘g‘risida farmon chiqarilgan
C) Xammurapi mamlakatni yagona davlatga birlashtirgan asrda Hind vodiysidagi manzilgohlar zavolga yuz tutadi.
D) Xammurapi qonunlari bo’yicha shifokor davolayotgan bemor vafot etsa, shifokorni qatl qilishgan
5. Ossuriya podsholigi qachon zavolga yuz tutgan?
A) mil. av. VI asrning birinchi choragida
B) mil. av. VII asrning birinchi choragida
C) mil. av. VIII asrning ikkinchi yarmida
D) mil. av. VII asrning oxirgi choragida
6. Quyidagi qadimgi davlatlardan qaysilari Yangi Bobil podsholigi tomonidan bosib olingan?
1) Misr; 2) Isroil podsholigi; 3) Yahudiya podsholigi; 4) Xett davlati; 5) Mitanni
A) 1, 2 B) 3, 5 C) 1, 3 D) 2, 4
7. Quyida berilgan Old Osiyo davlatlarining qaysi birida eng yirik sopol taxtachalardan iborat kutubxona tashkil qilingan?
A) Xett B) Urartu C) Finikiya D) Ossuriya
8. To‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni toping.
A) Kichik Osiyo markazida xettlar degan shimollik xalq o‘z davlatiga asos solgan vaqtda Bobil podshosi Xammurappi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi
B) Falastin hududida tashkil topgan Yahudiya davlati Ossuriya tomonidan bosib olinishi natijasida tugatildi
C) Yangi Bobil podshosi Navoxudonasar II tarixda “To’rt iqlim mamlakati podshosi” degan nom olgan.
D) Eronning janubi-sharqiy qismida Elam davlati tashkil topgan vaqtda Hind vodiysida katta shaharlar vujudga kelgan.
9. Quyidagi qadimgi davlatlardan qaysilari Ahamoniylar davlati tomonidan bosib olingan?
1) Misr; 2) Yangi Bobil; 3) Xett; 4) Ossuriya; 5) Urartu; 6) Yahudiya.
A) 3,5 B) 2,6 C) 1,4 D) 1,2
10. Quyida berilganlardan mil.avv. VI asrda tugatilgan davlatlarni aniqlang.
1) Yangi Bobil podsholigi; 2) So‘nggi Misr podsholigi;3) Shan podsholigi; 4) Midiya podsholigi; 5) Qadimgi Bobil podsholigi; 6) Ossuriya podsholigi;
7) Mauriya podsholigi
A) 2, 4, 6 B) 5, 6, 7 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 4
11. Devorlarida ko‘pgina xalqlarning fors podshosiga o‘lpon olib kelayotganligi tasvirlangan saroy qoldiqlari qaysi qadimgi
shahar harobalarida saqlanib qolgan?
A) Persopol B) Ekbatan C) Midiya D) Suza
12. Ahamoniyalar sulolasining birinchi va so‘nggi hukmdorlarini belgilang.
1) Kir I; 2) Kir II; 3) Kambiz I; 4) Kambiz II; 5) Kserks; 6) Doro I; 7) Doro III
A) 1,7 B) 2,7 C) 3,6 D) 4,5
13. Qachon Hind daryosi manzilgohlari tez-tez ro‘y beruvchi toshqinlar, o‘rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida
zavolga yuz tutdi?
A) miloddan avvalgi XVIII asrdan keyin
B) miloddan avvalgi XIX asrdan boshlab
C) miloddan avvalgi 1500-yillardan keyin
D) miloddan avvalgi XX asrdan keyin
14. Qadimgi Hind rivoyatlarida aytilishicha, qaysi xudo osmondagi suvni tutqunlikdan xalos etgach, Yer yuzida qurg‘oqchilik poyoniga yetgan?
A) Ganesha B) Shiva C) Indra D) Brahma
15. Shumer-Akkad davlati ko‘chmanchi qabilalar zarbasidan
parchalangan davrda quyidagilardan qaysilari sodir bo’lgan?
1) Farg’onadan ilon tasviri tushirilgan tosh tumor topilgan; 2) Misrda quyosh xudosi fir’avnlarning bosh ilohi va homiysiga aylandi; 3) Bobil Mesapotamiyaning janubidagi eng qudratli davlatga aylandi; 4) Old Osiyo hududida ilk davlatlar vujudga kela boshladi; 5) Eron hududlarida dastlabki davlatlar paydo bo‘ldi.
A) 1,3,4,5 B) 1,2,4,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3,5
16. Bir davrda yuz bergan voqealarni belgilang.
1. O‘zbekiston hududida ilk temir asriga o‘tish boshlandi.
2. Sardur I va Menua davrida Urartu davlati gullab-yashnadi.
3. Misrga giksoslar bostirib keldi.
4. Ossuriya podsholigi qayta yuksaldi.
5. Xett davlati vujudga keldi.
A) 1,2 B) 1,4 C) 2,3 D) 2,5
17. O‘rta Osiyoning janubida xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlagan davrda…
A) Hindistonda Moxenjodar, Xarappa shaharlari vujudga keldi
B) Old Osiyoda ilk davlatlar vujudga keldi
C) Mesopotamiyada Shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi
D) Misr davlatiga giksoslar bostirib kirdi
18. Quyidagi qaysi qadimgi davlat Kavkazortida, Turkiyaning sharqiy qismi va Armanistonda vujudga kelgan?
A) Xett podsholigi B) Urartu C) Midiya D) Gruziya
19. Nineviya shahri qaysi qadimgi davlatning poytaxti bo‘lgan?
A) Urartuning B) Mitannining
C) Rim saltanati Afrika viloyatining D) Ossuriyaning
20. Bobilliklar va midiyaliklar zarbasi ostida mil. avv. 605-yilda parchalanib ketgan davlatni aniqlang.
A) Ossuriya B) Ahamoniylar davlati C) Urartu D) Xettlar daviati
21. Hozirgi qaysi davlat hududida qadimda Mitanni davlati
mavjud bo‘lgan?
A) Suriya B) Falastin C) Turkiya D) Eron
22. Qaysi javobda Qadimgi Misr va Mesopotamiyaning Quyosh xudolari nomlari keltirilgan?
A) Amon-Ra va Sina B) Osiris va Sina
C) Xapi va Ishtar D) Amon-Ra va Shamash
23. Fors hukmdori Doro I Qora dengiz bo‘ylarida....
A) yashovchi xalqlarga qarshi bo‘lgan janglarda halok bo‘ldi.
B) yashovchi skiflar ustiga yurish qildi.
C) o‘zi uchun ulkan saroy bunyod ettirdi.
D) yunonlar bilan to‘qnashib, ularni mag‘lub etdi.
24. Doro I va Kserksning qaysi shahardagi yuz ustunli zali bo‘lgan saroyi qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan?
A) Persopol shahridagi B) Ekbatana shahridagi
C) Bobil shahridagi D) Suza shahridagi
25. Midiyada qabilalar ittifoqi qachon vujudga kelgan?
A) mil. avv. XI asrda B) mil. avv. IX asrda
C) mil. avv. VII asrda D) mil. avv. VIII asrda
26. Odamlar Nil daryosi qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtirishga bel bog‘lagan davrda tarixda yuz bergan voqealarni toping.
1) Misrda quyosh xudosiga e’tiqod qilish boshlandi; 2) Shan davlati vujudga keldi; 3) O‘rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi; 4) Eronda ilk davlat vujudga keldi; 5) Shumerliklarning mixxat yozuvi vujudga keldi; 6) Bobil davlati vujudga keldi
A) 3, 5 B) 3, 4 C) 5, 6 D) 1, 2
27. Qadimgi Sharq davlatlari va ularda hukmronlik qilgan shaxslar to‘g‘ri moslab ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) Misr; 2) Bobil; 3) Fors davlati; 4) Midiya;
a) Kiaksar; b) Kir II; c) Navuxodonosor II; d) Yaxmos.
B) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b B) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d
C) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a D) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c
28. Jahon tarixida quyidagi qaysi podsho birinchi bo`lib muntazam qo`shin tuzgan.
A) Tutmos III B) Sargon I C) Xammurapi D) Navuxodonosor II
29. Midiya podsholigi qaerlarda joylashgan.
A) Urmiya va Van ko`li atrofida
B) Kaspiy dengizidan janubi g`arbda
C) O`rtayer dengizining sharqiy sohilida
D) Dajla daryosining yuqori oqimida
30. Finikiyaliklar qo’shni xalqlarga qanday mahsulotlar chiqarishgan.
A) gazlama, yog’och, hunarmandchilik buyumlari
B) qurol-yarog’, metal, gazlamalar
C) gazlama, g’alla, metal
D) gazlama, yog’och, metall



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin