7-sinf O’zbekiston tarixi. 1-5 mavzular.
Xorazmda ilk o’rta asrlarda san’atning qaysi sohasi yuqori darajada rivojlangan?
A) Rassomchilik B) Me’morchilik C) Haykaltaroshlik D)
Musiqa
Eftaliylar davrida O'rta Osiyo aholisining madaniy an'analari qo'shni mamlakatlar, xususan ...
A) dasht aholisi mahalliy me'morchilik an’analari bilan uyg'unlashib ilk o'rta asr madaniyatining shakllanishida muhim rol o'ynaydi
B) Turkiy xalqlar madaniyati an'analarining qo'shilishi va ilk o'rta asrlar madaniyati ravnaqiga olib keldi
C) Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan uyg'unlashib ilk o'rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylandi
D) Xitoy va Eron tasviriy uslublari bilan uyg'unlashuvi yuz berib ilk asrlar madaniyatining shakllanishiga ta'sir etdi
Abruy boshchiligida ko'tarilgan qo‘zg‘olonni bostirish uchun Turk xoqoni tomonidan Buxoroga yuborilgan qo’shinga kim sarkardalik qilgan?
A) Qoracho’rin B) To‘ng Yabg‘u C) Sheri Kishvar D) Yo‘llug‘ Tigin
Xorazmning qaysi shahridan qo'lida burgut qo'ndirilgan tojdor hukmdor haykali topilgan?
A) Anqaqal'a B) Tupruqqal'a C) Qo'yqurilganqal'a D) Oyboyurqal`a
Eftallar davrida xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan…
A) Sosoniy hukmdorlarining kumush tangalari muomaladan chiqarildi
B) mahalliy oltin tangalar tashqi savdoga joriy etildi
C) mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solindi
D) faqat Buxoro va Samarqandda zarbxonalar barpo etildi
Quyidagi qaysi davlatda o’n minglik qo’shin tumanboshisi ”shod” deyilgan?
A) Sosoniylar B) Eftallar C) Turk xoqonligi D) Tohiriylar
585-586-yilda Buxorada yuz bergan qo’zg’olonga boshchilik qilgan Abruy aholining qaysi qatlamiga mansub edi?
A) Xoqon xonadoniga B) Savdogarlarga
C) Hunarmandlarga D) Dehqonlarga
Ilk o`rta asrlarda qishloq xo`jaligi maxsulotlariga extiyoji ortib borishiga sabab bo`lgan omillar….
A) ko’plab o’zaro urushlar natijasida obod vohalarning honavayron bo’lishi
B) shaharlarda aholining ko’payishii va ichki va tashqi savdoning rivoj topishi
C) ko’chmanchi chorvadorlar ehtiyoji va iqtisodiy aloqalarning o’sishi
D) shaharlarning xonavayron bo’lishi an`anaviy xo’jalikning buzilishi
Ilk o’rta asrlarda Xorazm … va … bilan diplomatik aloqalar olib borgan.
A) Vizantiya;sosoniylar B) Sosoniylar;turklar
C) Xitoy; Hindiston D) Vizantiya; turklar
Xioniylar qachon O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan davr to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating.
A) III asrning 50-yillaridan - IV asrning ikkinchi yarmigacha
B) III asrning 70-yillaridan - IV asrning ikkinchi yarmigacha
C) IV asrning 50-yillaridan- V asrning ikkinchi yarmigacha
D) IV asrning 70-yillaridan - V asrning ikkinchi yarmigacha
VII asr birinchi choragida G’arbiy Turk xoqonlik chegarasi...
A) sharqda Oltoy, janubda Sind daryosiga qadar
B) sharqda Gobi, janubda Brixmantura daryosiga qadar
C) sharqda O’rxun, janubda Amudaryoga qadar
D) sharqda Olatov, janubda Taksilaga qadar
VI asrning 80-yillari oxirida Turk xoqonligi ikkiga bo’linib ketishi oqibatida vujudga kelgan Sharqiy Turk xoqonligiga qaysi hududlar kirganligini aniqlang.
1) Urxun havzasi(Mo‘g‘uliston); 2) Yettisuv; 3) Janubiy Sibir; 4) Koshg’ar; 5) Dashti Qipchoq; 6) Shimoliy Xitoy;
A) 2,4,5 B) 1,2,3 C) 3,5,6 D) 1,3,6
Turk hoqonligi to’la markazlashgan davlat emas edi. Hukmdorning hokimiyati ...
A) demokratik munosabatlarga tayangan harbiy ma`muriy boshqaruvga asoslangan
B) urug’-aymog’ udumlariga tayangan harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan
C) harbiy ma`muriy udumlari asosida rivojlangan qulchilik munosabatlariga
D) feodal munosabatlar asosidagi harbiy ma`muriy boshqaruvga asoslangan
Quyidagilardan Turk xoqonligining bo`linib ketishiga sabab bo`lgan omillarni aniqlang.
1) katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqining markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka intilishi;
2) xoqonlikning janubiy hududlari Xitoy tomonidan egallab olinishi;
3) eftaliylar avlodlarining hokimiyatni o`z qo`liga olishga intilishi;
4) hududlardagi hokimliklarning mustaqil bo`lishga intilishi;
5) markaziy hokimiyatdan uzoqdagi hududlarning asta-sekin xoqonlik tarkibidan chiqib ketishi;
6) Turk xoqonligining Vizantiya, Xitoy va Eron bilan munosabatlarning keskinlashishi.
A) 2, 4 B) 1, 4, 6 C) 1, 3, 6 D) 2, 5
Turklar turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni egallagan bir paytda Sosoniylar Eftaliylardan qaysi viloyatlarni tortib olganlar?
A) Kesh va Naxshabni B) Xorazm va Badaxshonni
C) Xuttalon va Badaxshonni D) Toxariston va Chag`oniyonni
G`arbiy Turk xoqonligida O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida …
A) xo`jalikni rivojlantirishga e’tibor berildi
B) Harbiy islohat o`tkazilgan
C) Ular huzuriga xoqonlikning noiblari – tudunlar yuboriladi.
D) hokimlarga xoqonlikning “ yabg`u “ unvoni berildi .
Yurtimizda o’rta asr allomalarining ilmiy merosiga bag’ishlab qachon va qayerda konferensiya o’tkazildi?
A) 2011-yil 22 –avgust kuni Toshkentda
B) 2014-yilning 15–16-may kunlari Samarqandda
C) 2012-yil 15–16-may kunlari Samarqandda
D) 2013-yil 15–16-may kunlari Samarqandda
Dehqonlar shaharlarda nimalarga egalik qilganlar?
1.hashamatli qasr va saroylarga 2.Savdo va hunarmandchilik do‘kon-u rastalari 3.ko‘shk 4. Istehkomli qo‘rg‘onlari, 5.tegirmonlar
A)1,2,3, B)1,2 C)2,4,5 D) 2,3,4
Afrig’iylar Xorazmni nechanchi asrlarda boshqarganlar?
A) IV–X asrlar B) V–X
asrlar
C) IV–IX asrlar D) IV–XI asrlar
Quyidagi voqealardan 305-yida sodir bo’lganlarini aniqlang.
1. Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazm ning qadimgi Kat shahriga ko‘chiradi
2. Kat qayta tiklanib, shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. 3. afrig‘iy shohlari kumush tangalar zarb etganlar 4. Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo‘lgan
A)1,3,4 B)1,2,4 C) 1,2,3 D)2,3,4
Xioniylar, kidariylar, eftallar hamda Turk xoqonligi hukmronligi davrida ham o’z mustaqilligini saqlab qolgan davlat qaysi?
A)Toxariston B)Choch C)Xorazm D)Eloq
Janubga tomon siljigan Xioniylar qaysi davlat hududlarini egallaganlar?
A)Kushon podsholigi B)Xorazm C)Sosoniylar D)Guptalar davlati
Xioniylar davlatining keyinchalik markazi qaysi hudud bo’lgan?
A)Toxariston B)Choch C)Xorazm D)Eloq
Xoiniylar davlati tarkibiga qaysi hududlar kirgan?
1.Shimoliy Hindiston, 2.Afg‘oniston 3. Xurosonning bir qismi 4.Sug’d 5.Eloq vohasi
A)1,3,4 B)2,3,4 C)1,2,3 D)1,3,5
V asrning 20-yillarida yurtimiz tarixida bo’lib o’tgan voqeani toping.
1. sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi – toxarlar kirib kelgan.2. Xioniylar davlati barham topgan. 3. Eftallar davlati tashkil topgan. 4. Kidariylar vasosoniylar o’rtasida ziddiyat kuchaygan
1,2,3 B) 1,4 C) 1,3 D) 2,4
O’rta Osiyoda Eftallar davlati qaysi davrlar oralig’ida faoliyat ko’rsatgan?
V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillari gacha
V asrning 30-yillaridan VI asrning 70-yillari gacha
V asrning 50-yillaridan VI asrning 70-yillari gacha
V asrning 20-yillaridan VI asrning 60-yillari gacha
Efallar davlatining dastlabki poytaxtlari qaysi shaharlar bo’lgan?
Poykant va Varaxsha C)Choch va Eloq
Balx va Peshovar D) Chag’oniyon va Toxariston
Efaliylar davlatiga O‘rta Osiyodan tashqari qaysi hududlar kirgan?
1.Sharqiy Turkiston, 2. Afg‘oniston, 3.Shimoliy Hindiston 4. hozirgi Pokiston hududlari 5.Shimoliy Xitoy 6.Yettisuv
A)1,2,3,4 B)1,2,3,5 C)2,3,4,5 D)2,3,5,6
Qaysi viloyatlar mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan?.
1.Buxoro, 2.Poykand, 3.Vardona, 4.Naxshab, 5.Samarqand 6.Xorazm 7.Kesh 8.Termiz 9.Choch
A)2,3,4,5,6,7 B)1,2,3,4,5,6 C)1,2,3,4,5,8 D)1,2,3,5,6,8
Quyidagi xususiyatlardan eftallar yozuviga xoslarini aniqlang.
1.Eftallar alifbosi Baqtriya yozuvi asosida shakllangan. 2. 25 harfdan iborat bo‘lgan. 3. Yozuv chapdan o‘ngga tomon yozilgan. 4. Eftallar alifbosi Kushon yozuvi asosida shakllangan 5. 22 harfdan iborat bo‘lgan.
A)2,3,4 B)1,3,4 C)1,2,3 D)1,3,5
Dostları ilə paylaş: