8-Jahon tarixi 15-20 mavzular 1. Quyida Hindistonda afg’onlarning sur qabilasi vakillari taxtda hukmronlik qilgan yilllar tog’ri ko’rasatilgan javobni toping.
A) 1540-1555 yy B) 1538-1553 yy C) 1545-1556 yy D) 1542-1552 yy
2. Quyida berilganlardan qaysi biri Akbarshoh davrida amalga oshirilgan islohotlarga to’g’ri kelmaydi?
A) Imperiya hududida yagona savdo solig’I joriy etildi
B) Mamlakatda bir xil uzunlik va og’irlik o’lchov birliklari joriy qilindi
C) Imperiyani viloyatlarga ajratib, ularga o’z noiblarini tayinladi
D) parchalanayotgan imperiyaning saqlab qolishning yo’li sifatida islom dini qoidalarini qat’iy joriy qilishga kirishdi
3. Akbarshohning islohotlari kimlarning noroziligiga sabab bo’ldi?
A) Yirik yer egalari va hind zodogonlarining
B) Musulmon zodogonlari va diniy mutaasiblarning
C) Hind zodogonlari va diniy mutaasiblarning
D) Aholining kambag’al qismi va iqtodorlarning
4. Hindlarga o’z bayramlarini o’tkazishni taqiqlagan boburiy hukmdor ismi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping,
A) Akbarshoh B) Jahongirshoh C) Avrangzeb D) Shohjahon
5. Kirishnaning hayoti haqidagi yorqin poemalar muallifi to’gri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Surdas B) Tulsidas C) Tagor D) Bedil
6. “Ramaning jasoratlari” nomli juda katta poema yaratgan shaxs nomi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Surdas B) Tulsidas C) Tagor D) Bedil
7. O’rta asrlar davomida Xitoy Yaponiyaning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu ta’sir ayniqsa, min sulolasi hukmronligi davrida Xitoyning qaysi sohalarida sezilarli bo’ldi?
1) madaniyati 2) rassomchiligi 3) adabiyoti 4) me ’morchilik san ’ati 5) falsafasi 6) haykaltaroshlik 7) harbiy
A) 1,3,4,5,6 B) 1,2,4,6,7 C) 2,3,4,6,7 D) 1,2,3,4,5,7
8. XVI-XVIII asrlarda Yaponiya aholisi toifalarga bo‘lingan bo‘lib, viloyatlarni nazorat qiladigan feodallar nima deb ataladi?
A) daymyolar B) xankelar C) ryokolar D) samuraylar
9. Yaponiyaning markazlashgan yagona davlatga birlashishtirishda quyidagi qaysi mashhur tarixiy shaxslar xizmatlari
beqiyos bo‘ldi?
1) Oda Nabunaga 2) Tayotomi Xidayosi 3) Asikaga Kavasaki 4) Tokugava Ieyasu 5) Yasumune Tokugava
A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 1,3,5 D) 1,2,5
10. Quyidagi qaysi sulolaning hukmronligining boshlanishi Yaponiyada uchinchi suyugonlik sulolasi – Takugava sulolasining hukmronligi bilan bir yilda boshqalgan?
A) Oranyelar B) Gannoverlar C) Styuartlar D) Tyudorlar
11. Yaponiyada qachon qabul qilingan qonunga ko’ra barcha xristian messionerlari mamlakatdan quvib yuborildi?
A) XVI asr o’rtalarida B) XVI asr oxirida
C) XVII asr boshlarida C) XVII asr o’rtalarida
12. Quyidagilardan qaysi biri Yasumune Takugava davrida amalga oshirilgan islohotlarga muvofiq emas?
A) Qo’riq yerlarini o’zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag’batlantirish siyosatini yuritdi
B) Sug’orish inshoatlar tizimini takomillashtirdi
C) Yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo’yishni nazarda tutuvchi qonun chiqardi
D) Mamlakat va jamiyat hayotini tartibga soluvchi “100 moddali farmon” deb ataluvchi qonunlar to’plami yaratildi
13. Manjurlar bilan qaysi yili imzolangan shartnomaga ko’ra, Koreya Xitoyning yordamidan va u bilan ittifoqchilik munosabatlaridan voz kechishi kerak edi?
A) 1627 y B) 1629 y C) 1636 y D) 1637 y
14. Quyidagilardan Koreyada qirol Yongjo davrida amalga oshirilgan islohotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) To‘g‘onlar, suv omborlari qurildi 2) ocharchilik holati uchun maxsus don omborlari tashkil qilindi 3) guruchdan spirtli ichimliklar tayyorlash man etildi 4) ba’zi bir davlat soliqlari bekor qilindi yoki kamaytirildi 5) So’roq qilish paytida qiynoqning eng og‘ir turlari (oyoqlarni sindirish) taqiqlandi 6) Dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligini bekor qilish va qul ayolning nevarasi ozod inson boUishi haqida deklaratsiya e ’lon qilindi 7) Qo’riq yerlarini o’zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag’batlantirish siyosatini yuritdi
A) 1,2,3,5,6 B) 1,3,4,5,6 C) 2,3,4,5,6 D) 1,2,3,4,5
15. XVII asrda paydo bo’lgan an’anaviy yapon teatri qanday ataladi?
A) Konsyuy B) Kobuki C) Xonoki D) Hokku
16. Yangi davida yapon she’riyati ham yuksaklikka erishdi. Poeziyaning eng keng tarqalgan janri qofiyalashmagan besh qatorli lirik she’r nima deb ataladi?
A) Konsyuy B) Kobuki C) Xonoki D) Hokku
17. Quyidagi davlatlardan qaysi biirida yangi davrda bizdagi baxshichilik san’atiga o’xshash qo’shiqchilik keng tarqalgan edi?
A) Xitoyda B) Hindistonda C) Koreyada D) Yaponiyada
18. Quyidagilardan xokku janri janrining eng mashhur namoyondasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Masuo Basyo B) Chon Son C) Kim Hondo D) Li Myonuk
19. Turkiyada dehqonlarning xonavayron bo’lishi va ko‘plab qochib ketishi natijasida qachondan boshlab qishloq xo'jaligining inqiroziga olib keldi?
A) XVI asr o’rtalarida B) XVI asr oxirida
C) XVII asr boshlarida C) XVII asr o’rtalarida
20. Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi «Muqaddas liga» tuzganidan bir yil avval Turkiya qaysi Yevropa davlatidan mag’lubiyatga uchragan?
A) Fransiya B) Ispaniya C) Rossiya D) Germaniya
21. Turkiyada yangi davrda matematika va astronomiya sohasida unumli faoliyat olib borgan olimlar nomlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Xizr Xalifa Tabariy 2) Mulla Mehmet Chalabiy 3) Mustafo Koshipzoda 4) Soib Tabriziy 5) Ahmad Hasaniy 6) Mirza Shafiq
A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 4,5,6 D) 1,3,5
22. Quyidagi shaxslardan qaysi birlari poytaxt bilan bog’liq qarorlar qabul qilgan?
1) Takugava Iyeyasu 2) Ismoil Safaviy 3) Qirol Yongjo 4) Abbos I 5) Nodirshoh 6) Taxmasp II 7) Og’a Muhammad
A) 1,2,3,4 B) 1,4,7 C) 1,2,4,7 D) 2,3,4,6
23. Qachondan boshlab Safaviylar davlatida iqtisodiy inqiroz boshlandi?
A) XVII asr boshlaridan B) XVI asrdan
C) XVII asr oxiridan D) XVIII asrdan
24. Quyidagi sulolalarning ularning hukmronligi tugagan yillari to’g’ri xronologik ketma-ketlikda berilgan javobni toping.
1) Tokugava 2) Usmoniylar 3) Chinlar 4) Qojarlar
A) 1,3,2,4 B) 1,2,3,4 C) 4,3,2,1 D) 3,1,4,2
25. Quyidagi shaxslardan qaysi biri yangi davrda ijod qilgan kurd mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi hisoblanadi?
A) Sodiqbek Afshar B) Soib Tabriziy C) Ahmad Hasaniy D) Mirza Shafiq
26. XVIII asrning oxirida quyidagi qaysi shaharda chet el bilan savdo qiladigan 5 mingta savdogar faoliyat yuritardi?
A) Dehlida B) Seulda C) Marokashda D) Qohirada
27. Napoleon boshchiligidagi fransuz qo’shini Misrga bostirib kirib, Qohirani egallaganidan necha yil o’tib, fransuzlar Misrni tark etishga majbur bo’ldi?
A) 1 yil B) 2 yil C) 3 yil D) 4 yil
28. Quyidagi qaysi Shimoliy Afrika davlatida XVI asr boshlarida ispan bosqinchilariga qarshi xalq harakatiga Xayruddin ismli sarkarda boshchilik qilgan?
A) Misr B) Liviya C) Jazoir D) Marokash
29. Quyidagi Shimoliy Afrika davlatlari va ularning Usmonlilar tomonidan bosib olingan yillar bilan muvofiqlashtirib berilgan javobni toping.
1
Misr
a
1574 yil
2
Liviya
b
1517 yil
3
Tunis
c
1551 yil
A) 1-b,2-c,3-a B) 1-a,2-b,3-c C) 1-c,2-a,3-b D) 1-c,2-b,3-a
30. Yangi davr boshlarida quyidagi Shimoliy Afrika davlatlaridan qaysilari o’z mustaqilligini saqlab qolgan?
A) Jazoir va Marokash B) Jazoir va Livan C) Tunis va Marokash D) Sudan va Marokash