6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi 21-25 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə50/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76
6-10-KALITLAR

9-sinf O’zbekiston tarixi 21-25 mavzular
1. Qoraqalpoqlarda XIX asr o’rtalarida arislar orasida eng yirigi qaysi edi?
A) shullik B) jung‟ar C) o’n to’rt urug’ D) aris-qo’ng’irot
2. Xiva xoni XIX asrning ikkinchi yarmida qoraqalpoq urug’larini boshqarish, soliqlarni undirish,
harbiy xizmatni o’tash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida qanday lavozimni joriy qilgan
edi?
A) otaliq B) inoq C) beklarbegi D) biylar og’asi
3. Xiva xoni Muhammad Rahim I nima sababdan “Qoraqalpoq ulusini” tashkil qilgan edi?
A) qoraqalpoqlarni xonlik fuqaroligiga qabul qilish uchun
B) qoraqalpoqlarning xonlikka qarshi tinimsiz qo’zg’olonlarining oldini olish uchun
C) qoraqalpoqlarni soliq tizimiga tortish uchun
D) qoraqalpoqlarni boshqarish qulay bo’lishi uchun
4. Qoraqalpoqlar qachondan boshlab quyi Amudaryo havzasi va Orolning janubi, janubiy g’arbiy
sohillariga kelib joylashgan?
A) XIX asr boshlaridan B) XVIII asr oxirlaridan
C) XIX asr oxirlaridan D) XIX asr o’rtalaridan
5. Tarixan qoraqalpoqlar qaysi hududlarda yashab kelgan?
A) dastlab Ural daryosi havzasida, so’ng quyi Sirdaryo havzasida, keyin Amuradyoning quyi oqimida, undan
Orolning janudiy-sharqiy etaklarida
B) dastlab Volga daryosi havzasi, keyin Kaspiy dengizi bo’ylarida, undan keyin Sirdaryoning o’rta va quyi
oqimida
C) dastlab Ili daryosi bo’ylarida, keyin Enasoy havzasida, undan keyin Orolning janubiy qismlarida
D) dastlab Ural, keyin Volga bo’ylarida, keyin Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi oqimlarida, undan keyin
quyi Amudaryo havzasida
6. Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo’zg’oloni rahbari Ernazarbiyning maqsadi nima edi?
A) Xiva xonligi tobeligidan qutulib, Rossiya imperiyasi tobeligiga o’tish
B) Xiva xoni zulmini kamaytirish, soliqlarni cheklash va xalqini majburiyatlardan ozod qilish
C) qozoq xonliklari bilan ittifoq bo’lib, dastlab Xiva xonligi tasarrufidan chiqish, keyinchalik xonlik hududida
yashovchi barcha qoraqalpoq xalqlari yashaydigan joylarni egallab olish
D) markazi Qo’ng’irot shahri bo’lgan mustaqil qoraqalpoq xonligini tuzish
7. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligining qoraqalpoqlardan olinadigan zakot solig’ining
qiymati qancha bo’lgan?
A) 40 bosh qoramol uchun 7 so’m, 40 bosh qo’y va echki uchun 3 so’m 20 tiyin
B) 40 bosh qoramol uchun 9 so’m, 40 bosh qo’y va echki uchun 2 so’m
C) 40 bosh qoramol uchun 8 so’m 50 tiyin, 40 bosh qo’y va echki uchun 2 so’m 20 tiyin
D) 40 bosh qoramol uchun 9 so’m, 40 bosh qo’y va echki uchun 2 so’m 50 tiyin
8. Urush ro’y bergan taqdirda qoraqalpoq jamoalari Xiva xoniga navkar yig’ib berishi kerak
bo’lgan. Askar yig’ib bera olmagan jamoalardan … miqdorda pul yig’ilgan.
A) 130-200 ming so’m B) 80-100 ming so’m
C) 180-250 ming so’m D) 150-180 ming so’m
9. Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo’zg’oloni rahbari Ernazarbiy qaysi qabiladan bo’lgan?
A) mang’it B) joungur C) shulluk D) qo’ldovli
10. Qoraqalpoqlarning Ernazarbiy boshchiligida qo’zg’olon qaysi Xiva xoni davrida bostirildi?
A) Muhammad Aminxon B) Muhammad Rahim II
C) Said Muhammadxon D) Rahimqulixon
11. Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo’zg’oloni rahbari Ernazarbiy kimni xon qilib
ko’tarishga intilgan edi?
A) marg’it qabilasi boshliqlaridan biri Otamurodni
B) qozoq urug’i boshliqlaridan biri Zarliqni
C) Xiva harbiylaridan biri Muhammadniyozni
D) joungur qabilasi oqsoqoli Rizoqulni
12. Qoraqalpoq adiblari yashagan yili bilan to‘g‘ri berilgan javobni toping.
1) Kunjo‘ja; 2) Otash Olshinboy; 3) Ajiniyoz; 4) Berdaq
a) 1827-1900; b) 1788-1875; c)1824-1878; d) 1799-1880.
A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a B) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
13. 1900-yilda qoraqalpoqlarning qayerlarda mustamlakachilarga qarshi norozilik harakatlari
ko’tarildi?
A) Xo’jayli viloyati va Petro-Aleksandrovsk shahrida
B) Nukus volosti va Qo’ng’irot bekligida
C) Chimboy, Beruniy tumani, Ural posyolkasida
D) Chimboy qishlog’i va Beruniy tumanida
14. XIX asr oxirida mustamlakachi hukumatga qarshi Bobo Go’klan qo’zg’oloni qayerlarda
ko’tarildi?
A) Petro-Aleksandrovsk va Ural posyolkasida
B) Chimboy va Xo’jayli viloyati, Petro-Aleksandrovskda
C) Orolbo’yi, Beruniy tumani va Ural posyolkasda
D) Biybozor va Nukus volostida
15. Urush ro’y bergan taqdirda qoraqalpoq jamoalari Xiva xoniga qancha navkar yig’ib berishi
kerak bo’lgan?
A) Har bir jamoa mingdan o’n minggacha
B) Har bir jamoa mingdan ikki minggacha
C) Har bir jamoa ikki mingdan uch minggacha
D) Har bir jamoa besh mingdan o’n minggacha
16. 1873-yil Amudaryo bo’limi tashkil qilinib, u qaysi viloyat tarkibiga kiritildi?
A) Kaspiyorti viloyati B) Samarqand viloyati
C) Sirdaryo viloyati D) Toshkent uyezdi
17. XIX asr 70-yillariga kelib qoraqalpoqlar …
A) hunarmandchilik bilan shug’ullana boshlashdi
B) deyarli o’troq turmush kechira boshladi
C) Orol bo’yiga kelib joylashdilar
D) Amudaryoning quyi oqimiga kelib joylashdilar
18. 1875-yil Ural kazaklari nima sababdan Amudaryo bo’limiga ko’chirildi?
A) yerga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida
B) harbiy xizmatni a‟lo darajada bajarganliklari uchun
C) armiya xizmati to’g’risidagi yangi nizomga bo’ysunmaganligi uchun
D) rus hukumati Amudaryo bo’limida o’z mavqeini mustahkamlash maqsadida
19. Rossiyadan ko‟chib kelganlar Amudaryo bo‟limining qaysi hududlarida yashar edi?
A) Ural posyolkasi, Chimboy qishlog’i va Beruniy tumanida
B) Petro-Aleksandrovskda, Nukus qishlog‟i va Uralskiy posyolkasida
C) Chimboyda, Xo’jayli shahri va Petro-Aleksandrovskda
D) Orolbo’yi, Beruniy tumani va Uralskiy posyolkasida
20. Amudaryo bo’limida jami aholining necha foizini qoraqalpoqlar tashkil qilgan?
A) 48,6 % B) 46,8 % C) 43,8 % D) 45,6 %
21. Oxund so’zining ma‟nosi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) o’qimishli, ilmli kishi; xalq dostonlarining mohir ijrochisi
B) madrasa mudarrisi; darveshona hayot kechiruvchi kishi
C) tasavvuf tariqati rahnamosi; faqir, kambag’al kishi
D) tarki dunyo qiluvchi, bu dunyo nozne‟matlaridan voz kechgan
22. “Qirqqiz” dostonining bosh g’oyasi ...
A) sevgiga sadoqat, qahramonlik
B) yuksak vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat
C) ma‟rifatparvarlik, mehnatsevarlik
D) mardlik, jasurlik, bahodirlik
23. Qoraqalpoq adibi Kunxo’ja o’z ijodini nimaga bag’ishlagan?
A) qoraqalpoq xalqining sarson-sargardonlikda turli yurtlarga ko’chib yurishiga
B) yuksak vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat hissiga
C) ovullarning oddiy ahliga, ularning kundalik mehnatiga va turmushiga
D) hukmdorlarning adolatsizligi, ularning turli isrofgarchilikka olib keladigan turmush tarziga
24. Qoraqalpoqlarning Tosh madrasasi qachon, kim tomonidan qurdirilgan?
A) 1841-yil, Qo’ng’irot hokimi Shohniyoz
B) 1847-yil, Xo’jayli hokimi Otamurod
C) 1855-yil, Chimboy hokimi Olloyor
D) 1841-yil, Mang’it hokimi Xo’janiyoz
25. Qoraqum eshon madrasasi qachon qurilgan?
A) XIX asr oxirida B) XIX asr o’rtalarida
C) XVIII asr oxirida D) XVIII asr boshida
26. Qoraqalpoq madrasalarida ta‟lim qaysi bosqichlarda amalga oshirilgan?
A) ikki bosqichda: birinchi bosqichda arab tili grammatikasi o’rgatilgan, ikkinchi bosqichda diniy-huquqiy
bilimlar o’rgatilgan
B) uch bosqichda: birinchi bosqichda alifbo o’rgatilgan, ikkinchi bosqichda Qur‟on oyatlari yodlatilgan,
uchinchi bosqichda diniy bilimlar o’rgatilgan
C) bir bosqichda: diniy bilimlar o’rgatilgan
D) ikki bosqichda: birinchi bosqichda xalq og’zaki ijodi o’qitilgan, dostonlar yod olingan, ikkinchi bosqichda
tabiiy bilimlar o’rgatilgan
27. XX asr boshlariga kelib qoraqalpoq demokratik an‟analarining yangi avlod vakillarini aniqlang.
1) Usmon; 2) Qulimbet; 3) Umar; 4) Sariboy; 5) Saidazimboy; 6) Bekmurot; 7) Sodiq; 8) Qulmurot.
A) 1, 2, 4, 7 B) 2, 3, 4, 7, 8
C) 2, 3, 5, 6, 8 D) 1, 3, 4, 5, 6, 8
28. Berdaqning asarlari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) “Ahmoq podsho”, “Avlodlar”, “Bo’zatov”, “Xalq”
B) “Omongeldi”, “Avlodlar”, “Oydo’stbiy”, “Ernazarbiy”
C) “Xalq uchun”, “Omongeldi”, “Erniyozbey”, “Bo’zatov”
D) “Oydo’stbiy”, “Darbadal el”, “Edigey”, “Qublon”
29. Andijon (Dukchi eshon) qo‟zg‟oloni bo‟lgan yili....
A) Namangan uyezdining Oqsuv-Shahrixon volostidagi Naymanchi, Ko’hna mozor, Langarbob qishloqlarida
mingboshilar saylovlaridagi norozilik qo‟zg‟olonga aylanib ketdi.
B) Turkistonda ikkinchi jadid maktabi Qo‟qon shaharda ochilgan.
C) Nukus volosti va Qo’ng’irot bekligida norozilik harakatlari amalga oshirildi.
D) Turkistonda birinchi jadid maktabi Buxoro shaharda ochilgan.
30. Quyidagi qaysi asarda yangi usul maktablarining ta‟lim tizimi, dars o’tish va uning ashkil
qilinishi, xonalarning jihozlanishi, dars jadvali, ta‟tillar, imtihonlar bayon etilgan?
A) “Turkiy guliston yoxud axloq”
B) “Birinchi muallim”
C) “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh”
D) “Yer yuzi”



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin