9-sinf O’zbekiston tarixi 6-10 mavzular 1. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Kaspiyorti viloyati tashkil topgan yilda sodir bo‘lgan voqeani
aniqlang.
A) Rossiyanimng Buxoro amirligida o’z vakilini tayinlash to’g’risida shartnoma imzolandi.
B) Rossiya va Eron o‘rtasida chegara belgilandi.
C) Po’latxon boshchiligida qo’zg’alon ko’tarildi
D) Krasnovodskdan Lazerov boshchiligida turkmanlar yeriga qo’shin yuborildi
2. O‘rta Osiyo xonliklariga Angliya hukumati tomonidan yuborilgan shaxslarining tashrif buyurgan yillari bilan
mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping.
1) Murkroft; 2) I.Volf; 3) J.Abbot; 4) A.Byorns;
a) 1843-yil; b) 1825-yil; c) 1844-yil; d) 1832-yil
A) 1 - b; 2 - a; 3 - c; 4 – d B) 1 - d; 2 - a; 3 - c; 4 - b
C) 1 - c; 2 - b; 3 - a; 4 – d D) 1 - b; 2 - c; 3 - a; 4 – d
3. Chor Rossiyasining O‘rta Osiyodagi harakatlarini olib borishdagi harbiy markazini aniqlang.
A) 1864-yilda bosib olingan Chimkent shahri
B) 1847-yilda barpo etilgan Raim va Kopal istehkomlari
C) 1865-yilda tashkil qillingan Turkiston viloyati
D) 1853-yilda bosib olingan Oqmachit qal’asi
4. Chor Rossiyasi qo‘shinlari O‘ratepa va Jizzaxga qarshi harbiy harakatlar olib borgan davrda Orenburg generalgubernatori bo‘lgan shaxsni aniqlang.
A) F.Romanovskiy B) P. Chernyayev
C) N.Krivonosov D) N.Krijanovskiy
5. Ingliz elchisi A. Byorns Buxoroda bo’lganidan 20 yil o’tib …
A) Perovskiy Oqmachit qal‟asini bosib olishga urinib, mag’lub bo’ldi
B) Sirdaryo quyi oqimida Raim qal’asi bunyod etildi
C) Aleksandr II Qo’qon xonligini bosib olishni davom ettirish to’g’risida qaror qabul qildi
D) Toshkentga birinchi yurish amalga oshirildi
6. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi uchun harakatlarini tezlashtirgan omillarni
aniqlang.
1) Aleksandr II ning Qo’qon xonligini davlat sifatida tugatish to’g’risidagi farmoni;
2) Rossiya imperiyasining sanoat xomashyosiga, xususan, paxtaga bo’lgan ehtiyojining ortishi;
3) Rossiyaning ishlab chiqargan mahsulotlari uchun qo’shimcha iste‟mol bozorining zarurligi;
4) qozoq juzlarining Rossiya fuqaroligiga o’tishi;
5) ingliz elchilarining Buxoro amiri tomonidan o’ldirilishi;
6) ingliz tovarlarining O’rta Osiyoga kirib kelishi va Angliyaning bu hududga nisbatan qiziqishining ortishi;
7) Sirdaryo va Irtish sohillaridagi istehkomlarga xonliklar qo’shinlarining hujumlari;
8) Rossiya imperiyasining Qrim urushidagi mag’lubiyati.
A) 1, 3, 4, 7 B) 2, 3, 6, 8 C) 2, 4, 6, 7, 8 D) 1, 2, 3, 5, 6, 8
7. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga harbiy yurishlarini boshlashiga bahona bo’lgan omillardan
birini aniqlang.
A) Rossiyaning Qrim urushidagi mag’lubiyati
B) chegara hududlarda yashaydigan Rossiya fuqarolari bo’lgan aholiga nisbatan talonchilik qilib turuvchi
guruhlarning hujumlarini bartaraf etish
C) 1717-yil A.Bekovich-Cherkasskiy va 1839-yil Perovskiy boshchiligidagi ekspeditsiyaning barbod etilishi
qasdini olish
D) Angliya hukumatining O’rta Osiyoga bir necha marta o’z elchilarini yuborishi
8. Qrim urushi boshlan yili...
A) O’zbek va tojik aholi yashaydigan Amudaryoning janubidagi hududlar Afg’oniston viloyatiga aylantirildi
B) Rossiya imperatori Aleksandr II hukmronligi boshlandi
C) Chor Rossiyasi qo’shinlari Oqmachit qal‟asini bosib oldi
D) Stoddart va Konnoli amir tomonidan qatl etildi
9. Gandimiyon shartnomasiga ko’ra Xiva xonligi hududi qanchaga qisqardi?
A) 1/2 B) ikki baravar C) uch baravar D) 1/3
10. Podsho hukumatining Sirdaryo istehkom chizig’i qaysi qal‟alar oralig’ida vujudga keldi?
A) Verniy va Semipalatinsk B) Kopal va Raim
C) Yangi Qo’qon va Verniy D) Oqmachit va Raim
11. 1864-yil Rus qo’shinlari tomonidan qaysi shahar egallanganidan keyin, Yangi Qo’qon chizig’i
asosida qo’lga kiritilgan qal‟alar birlashtirildi?
A) Oqmachit B) Toshkent C) Chimkent D) Verniy
12. Podsho hukumatining Sibir istehkom chizig’i qaysi shaharlar oralig’ida vujudga keldi?
A) Verniy va Semipalatinsk B) Orenburg va Avliyoota
C) Yangi Qo’qon va Verniy D) Chimkent va Turkiston
13. XIX asrdagi Toshkentning 12 darvozasi nomlari to’g’ri keltirilgan javobni toping.
1) Labzak; 2) Sebzor; 3) Taxtapul; 4) Ko’kcha; 5) Qorasaroy; 6) Taxta; 7) Sag’bon; 8) Chig’atoy; 9) Chimboy;
10) Kaykovus; 11) Samarqand; 12) Xitoy; 13) Kamolon; 14) Feruza; 15) Beshyog’och; 16) Namozgoh; 17) Qo’ymas;
18) Qo’qon; 19) Qipchoq; 20) Qashg’ar.
A) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 11, 13, 14, 15, 20
B) 2, 3, 4, 5, 8, 9, 10, 11, 13, 14, 16, 18
C) 2, 4, 5, 6, 7, 9, 11, 12, 13, 15, 17, 19
D) 1, 3, 4, 5, 7, 8, 11, 13, 15, 17, 18, 20
14. Rossiya imperiyasi tomonidan uch kunlik jangdan keyin bosib olingan shaharni aniqlang.
A) Namangan B) Andijon C) Turkiston D) Xo’jand
15. XIX asrda Toshkentni mudofaa qilish uchun qurilgan devor ortidagi xandaq qaysi ariqning suvi
bilan to’ldirilgan?
A) Kaykovus B) Bo’zsuv C) Zovariq D) Chirchiq
16. “Turkiston viloyatini boshqarish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ga muvofiq viloyat bo’limlarining
harbiy asosda tashkil etilishidan maqsad nima edi?
A) O’rta Osiyoning bosib olingan hududlariga harbiy qal‟alar qurish va u yerda harbiy holat joriy qilish
B) Rossiya imperiyasining boshqa viloyatlaridan farqli ravishda bu o’lkalarda mustaqil siyosiy va ijtimoiy
siyosat olib borish
C) Rossiya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini amalga oshirilishida tayanch hudud vazifasini o’tashi
ko’zda tutilgan
D) rus harbiy zobitlarni boshqaruvdagi mansablar bilan ta‟minlash orqali rag’batlantirish
17. Chor Rossiyasi tomonidan O’rta Osiyo hududlarining bosib olinish ketma-ketligi to’g’ri keltirilgan
javobni aniqlang.
A) Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkent
B) Oqmachit, Turkiston, Toshkent, Xo’jand
C) Chimkent, Oqmachit, Jizzax, Toshkent
D) Chimkent, Turkiston, Verniy, Toshkent
18. Nima sababdan O’rta Osiyoda Rossiya hukumati alohida general-gubernatorlik tashkil qildi?
1) O’rta Osiyoning Rossiya markazidan uzoqda joylashganligi;
2) podsho hukumati tomonidan kelgusida bosib olinadigan yerlarning shu ma‟muriy hududga birlashtirish;
3) O’rta Osiyoning Orenburg general-gubernatorligidan uzoqda joylashganligi;
4) O’rta Osiyo hududida yirik xalq ozodlik kurashlarining bo’lganligi;
5) yana bitta general-gubernatorlik tashkil qinishi uchun O’rta Osiyo hududi va aholisining to’g’ri kelganligi;
6) Angliya hukumatining janubdan bo’ladigan xavfini o’z vaqtida bartaraf qilish uchun alohida harbiyma‟muriy hududning zarurligi.
A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 4, 5
19. Turkiston general-gubernatori K.Kaufman bir paytning o’zida ...
1) volost va uyezdlar boshlig’i;
2) Turkiston o’lkasida joylashgan barcha harbiy qo’shin qo’mondoni;
3) Yettisuv kazaklari qismi qo’mondoni;
4) o’lkaning bosh sudyasi;
5) imperatorning siyosiy agentligi boshlig’i;
6) Turkiston viloyati gubernatori.
A) 2, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 6
20. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli, 2000 kv. verst maydonga ega bo’lgan ma‟muriy
viloyatni aniqlang.
A) Sirdaryo B) Kaspiyorti C) Samarqand D) Yettisuv
21. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Yettisuv viloyatiga qaysi hududlar kirgan?
A) Buxoro amirligining shimoli va Qo’qon xonligining 1867-yilgacha bosib olingan hududlari
B) 1865-yilda tashkil etilgan Turkiston viloyati yerlari va Qo’qon xonligining bosib olingan shimoliy yerlari
C) Sarotov, To’rg’ay, Oqtepa va Turkiston viloyatining janubiy qimi, Sirdaryoning o’rta oqimidan quyi
oqimiga qadar bo’lgan hududlar
D) Semepalatinsk viloyatining Segriopol, Kopal, Olatavsk okrugi yerlari va sobiq Turkiston viloyatining bir
qismi
22. Turkiston o’lkasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati to’liq amalga oshirilishi va
hukmronligining mustahkam bo’lishi uchun ...
A) harbiy zobitlarning xizmat muddati uzaytirildi
B) mahalliy xalq vakillaridan ishonchli odamlar ajratib olina boshlandi
C) mahalliy aholiga ayrim yengilliklar va imtiyozlar berildi
D) istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi
23. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli bo’lgan viloyatlar va ularning markazlari bilan to’g’ri
ko’rsating.
1) Sirdaryo viloyati; 2) Yettisuv viloyati; 3) Farg’ona viloyati; 4) Zarafshon (okrugi) viloyati; 5) Kaspiyorti viloyati.
a) Verniy; b) Ashxabod; c) Skobelev; d) Toshkent; e) Samarqand.
A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-e, 5-b B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-e, 5-a
C) 1-d, 2-a, 3-c, 4-e, 5-b D) 1-d, 2-b, 3-c, 4-e, 5-a
24. 1866-yilda Orenburg general-gubernatori N.Krijanovzkiy Buxoro amiri vakili bilan uchrashib
amirga qanday talab qo‟ygan edi?
A) bir hafta ichida 500 ming rubl tovon to’lash
B) Rossiya foydasiga Buxoro amirligi chegaralarini o’zgartirish
C) 10 kun ichida 100 ming rubl tovon to’lash
D) O’ratepa va Xo’jandni Rossiya ixtiyoriga berish
25. Buxoro amirligining chor Rossiyasi qo’shinlari bilan birinchi jangi qayerda bo’lib o’tdi?
A) Cho’ponota tepaligida B) O’ratepa yaqinida
C) Zirabuloqda D) Erjar yaqinida
26. Zirabuloq jangidan keyin Amir Muzaffar va fon Kaufman o’rtasida imzolangan shartnomaga
ko’ra ...
1) amirlik hududi uch baravar qisqardi;
2) amir urush boshlanishida aybdor deb topildi;
3) Rossiyaga 500 ming rubl tovon to’lanadigan bo’ldi;
4) Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan hududlar – Xo’jand, O’ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand,
Kattaqo’rg’on shaharlari Rossiya hukumati ixtiyoriga o’tdi;
5) amirlik Rossiya hukumatiga 100 ming rubl tovon to’laydigan bo’ldi;
6) Amir o’z ixtiyorida qolgan hududlarni boshqarishda general-gubernator ko’rsatmalariga rioya etishi
belgilandi;
7) amir faoliyatini nazorat qiluvchi alohida vakil lavozimi ta‟sis etildi;
8) amir Rossiya savdogarlarining amirlik hududida erkin savdo qilishiga sharoit yaratib berish va ularni
himoya qilish majburiyatini oldi;
9) Rossiya savdogarlariga savdo agentliklarini ta‟sis etishga ruxsat berildi;
10)belgilangan kontributsiya 20 yil ichida to’lanishi qayd etildi;
11)Rossiya savdogarlar tovarlaridan olinadigan bojning umumiy qiymati 2,5 foizdan oshmasligi belgilandi;
12)Rossiya savdogarlariga amirlik hududidan boshqa davlatlarga erkin o’tish huquqi berildi.
A) 1, 2, 3, 6, 8, 10, 11 B) 2, 3, 7, 9, 10, 12
C) 2, 3, 4, 6, 8, 9, 11, 12 D) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 11
27. Abdumalik to’ra qachon va qayerda vafot etgan?
A) 1908-yil Afg’onistonda B) 1903-yil Makkada
C) 1909-yil Peshovarda D) 1907-yil Eronda
28. “Rossiyadan hukumat ijozati bo’lmagan, kim bo’lishidan qat‟i nazar, har xil kimsalarni Buxoro
hukumati qabul qilmaydi”. Ushbu jumla qaysi hujjatda keltirilgan?
A) 1873-yilgi Buxoro-Rossiya shartnomasining 14-moddasida
B) 1868-yilgi Buxoro-Rossiya shartnomasining 1-moddasida
C) 1865-yilgi “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ning 9-moddasida
D) 1868-yilgi Buxoro-Rossiya shartnomasining 14-moddasida
29. Xiva xonligiga qarshi yurish qaysi okruglardan boshlangan edi?
A) Kazalinsk, Toshkent, Orenburg, Semipalatinsk
B) Turkiston, Kazalinsk, Qizilravot, Semipalatinsk
C) Krasnavodsk, Aralsk, Verniy, Chorjo’y
D) Krasnavodsk, Mang’ishloq, Turkiston, Orenburg
30. Gandimiyon shartnomasiga ko’ra ...
1) xonlik hududi uch baravar qisqardi;
2) Xiva xoni mustaqil ravishda tashqi aloqalar o’rnatishdan mahrum bo’ldi;
3) Rossiyaga 500 ming rubl tovon to’lanadigan bo’ldi;
4) Amudaryoning o’ng sohili Rossiya hukumati ixtiyoriga o’tdi;
5) xonlik Rossiya hukumatiga 2 mln. 200 ming rubl tovon to’laydigan bo’ldi;
6) Amudaryo bo’ylab erkin harakatlanish uchun Rossiya kemalariga keng huquq berildi;
7) Amudaryoning chap sohili Rossiya hukumati ixtiyoriga o’tdi;
8) Rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari uchun xon va mahalliy hokimlar javobgar bo’ladigan
bo’ldi;
9) Rossiya savdogarlariga xonlik hududida boj to’lovlarisiz savdo qilishga ruxsat berildi;
10)belgilangan kontributsiya 20 yil ichida to’lanishi qayd etildi;
11)Rossiya savdogarlar tovarlaridan olinadigan bojning umumiy qiymati 2,5 foizdan oshmasligi belgilandi;
12)Amudaryoning chap qirg’og’ida ruslar o’zlari uchun pristanlar qurish huquqiga ega bo’ldi.
A) 1, 2, 3, 5, 6, 8, 9, 11 B) 2, 3, 5, 7, 8, 10, 11, 12
C) 1, 2, 4, 5, 6, 8, 9, 10, 12 D) 1, 4, 5, 6, 8, 11, 12