6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi 1-5 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə46/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
6-10-KALITLAR

9-sinf O’zbekiston tarixi 1-5 mavzular
1. Ma'lumki, XIX asr o'rtalarida Markaziy Osiyoda uchta xonlik mavjud bo’lib, ular ma'muriy jihatdan bekliklarga bo‘lingan. Xonliklar tarkibidagi bekliklar soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
1) Buxoro amirligi; 2) Xiva xonligi; 3) Qo‘qon xonligi;
a) 18 ta; b) 40 ta; с) 15 ta
A) 1-b; 2-a; 3-c B) 1-b; 2-c; 3-a C) 1-a; 2-c; 3-b D) 1-c; 2-a; 3-b
2. Qo'qon xonligida muhtasib-raislar diniy ishlar, shariat qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish bilan birga yana qanday vazifani bajarganlar?
A) masjid-madrasalar faoliyatini nazorat qilganlar
B) chet el elchilarini qabul qilish marosimlarini tashkil etishga mas'ul hisoblanganlar
C) chet ellik savdogarlar to'laydigan soliqlarni hisob-kitob qilganlar
D) savdo-sotiqning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilganlar
3. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligiga hozirgi Tojikiston hududining qaysi yerlari kirgan?
A) Zarafshon, Norin daryolari vodiysi
B) Vaxsh, Kofirnihon, Panj daryolari vodiysi
C) Sherobod, Hisor, Ko'lob
D) Panj, Murg'ob daryolari vodiysi
4. Quyidagilardan bir yilda bo’lib o’tgan voqealarni toping.
1) “Xudoyqul anvar” asrari yaratildi
2) Ahmad Donish Buxoro amiri Amir Nasrullo elchilari bilan Rossiyaning Moskava, Peterburg va boshqa shaharlarida sayohat qildi
3) Baroqxon madrasasining qayta ta’mirlanishi boshlandi
4) “Manozir ul-kavokib” asari yaratildi
5) Muhammad Aminxon madarasasining qurilishi yakynlandi
A) 1,4 B) 2,5 C) 1,3 D) 2,5
5. Xudoyorxon saroyi (xon o‘rdasi) devorlaridagi xattotlik ishlarini bajargan shaxslarni aniqlang.
A) Turdi Ali va Mirzo Mahmud B) Turdi Ali va Usta Shirin
C) Mirzo Mahmud va Muso Ali Rizo D) Usta Shirin va Shohali
6. Qo‘qon xoni Muhammad Alixon davri tarixiy voqealari batafsil yoritilgan asar nomini ko'rsating.
A) "Tarixi Jahonnomayi" B) "Shohnomayi Nusratpayom"
C) "Xudoyqul Anvar" D) "Tarixi muhojiron"
7. Quyidagi madrasalarni ular barpo etilgan yillar bilan mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping.
1) Muhammad Aminxon; 2) Muhammad Rahimxon; 3) Hazrati Kalon Sohibzoda; 4) Hokim Oyim; 5) Sulton Murodbek.
a) 1862-yil; b) 1871-yil; C) 1851-1855-yillar; d) 1869-1870-yillar; e) 1872-yil.
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d, 5-e B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-e, 5-b
C) 1-e, 2-b, 3-a, 4-c, 5-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e
8. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi sarhadlari qayergacha borgan?
1) janubda; 2) sharqda; 3) g'arbda; 4) shimolda
a) Buxoro amirligi; b) Kaspiy dengizi; c) Eron; d) qozoq juzlari
A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b B) 1-d, 2-d, 3-c, 4-a
C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a
9. Quyidagi inshoatlardan qaysi birining qurilishi XX asr boshlariga kelib tugallangan?
A) Tillashayx jome masjidi B) Mo’yi Muborak madrasasi
C) Andijon Jome masjidi D) Xudoyorxon saroyi
10. Ogahiy Xiva xonligi tarixiga oid qaysi asarlarini yozganligini aniqlang.
1) “Riyoz ud-davla”; 2) ”Firdavs ul-iqbol”; 3) “Zubdat ut-tavorix”;
4) “Gulshani davlat”; 5) “Shohidi iqbol”.
A) 1,2,3,4 B) 2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,5
11. XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyoning qaysi shaharlarida zargarlik rivojlangan?
A) Buxoro, Samarqand, Marg'ilon B) Buxovo, Qo'qon, Samarqand
C) Samarqand. Rishton, Qo'qon D) Buxoro, Shahrixon, Xiva
12. Xorazm me’morchiligiga xos usul to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) har bir g'ishtning alohida-alohida ranglar bilan bo'yab, har xil shakllar yasalishi bilan bezatish
B) quyoshda, uzoq vaqt quritilgan to'q qizil rang ustidan yashil va oq rangli tasvirlarning tushirilishi bilan bezatish
C) tiniq zangori rang ustidan oq va yashil gullar tushirilgan koshinlar bilan bezatish
D) peshtoqlarga qushlar va hayvonlar rasmlari aks ettirgan kufiy yozuvlar bilan bezatish
13. XIX asr o`rtalarida Buxoro amirligidagi mansab va uning vazifasi to`g`ri ko`rsatilgan javob variantini aniqlang.
1) Mutavalli; 2) Otaliq; 3) Mirzaboshi; 4) Sadr
a) vaqf mulkini boshqaruvchi; b) amirlik hujjatlarni yuritish uchun mas’ul; c) valiahd tarbiyalovchisi; d) vaqfdan keladigan daromadni taqsimlovchi.
A) 1-d B) 3-a C) 4-c D) 2-b
14. XIX asr o`rtalarida Buxoro amirligidagi qaysi mansabdagi amaldorning zimmasiga tashqi aloqalar yuritish vazifasi ham yuklatilgan?
A) qo’shbegi B) devonbegi C) mushrif D) mirzaboshi
15. XIX asr o`rtalarida O’rta Osiyodagi davlatlarda eng yuqori harbiy lavozimlari bilan moslashtirib berilgan javobni toping.
1) Buxoro amirligi 2) Xiva xonligi 3) Qo’qon xonli
a) to’pchiboshi b) yasovulboshi c) amirilashkar
A) 1-c,2-b,3-a B) 1-b,2-a,3-c C) 1-a,2-b,3-c D) 1-a,2-c,3-b
16. XIX asr o`rtalarida O’rta Osiyo xonliklarida shahar aholisi – hunarmand va savdogarlardan olingan soliqlardan birining nomi xato berilgan javobni toping.
A) tarozi puli B) savdo puli C) do’kon puli D) arava puli
17. XIX asr o`rtalarida O’rta Osiyo xonliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, asosan, qanday ekinlar tashkil qilgan?
A) makkajuxori va beda B) paxta va poliz ekinlari
C) paxta va donli ekinlar D) poliz va donli ekinlar
18. XIX asr o`rtalarida Xiva xonligida oliy amaldor devonbegi hisoblanib, uning huzurida faoliyat olib boradigan kengash tarkibi ko’rsatilgan javobni toping.
A) qo’shbegi, mehtar, otaliq B) qo’shbegi, otaliq, inoq
C) inoq, mehtar, otaliq C) otaliq, inoq, biy
19. XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyoning qaysi shaharlarida duradgorlik rivojlangan?
A) Marg’ilon, Shahrixon B) Qo’qon, Shahrixon
C) Marg’ilon, Chust D) Qo’qon, Marg’ilon
20. XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyoning qaysi shaharda temirchilik rivojlangan?
A) Marg’ilon B) Chust C) Shahrixon D) Qo’qon
21. XIX asrda O’rta Osiyo hunarmandlari tayyorlagan qanday mahsulotlar xorijda yuqori baholangan?
1) zargarlik mahsulotlari 2) qurol-aslahalar 3) shoyi va atlas matolar 4) kulolchilik buyumlari
A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4
22. XIX asr o`rtalarida O’rta Osiyo xonliklarida madrasalar ta’lim tizimini qaysi mansab egasi nazorat qilgan?
A) olimlar yasovuli B) olimlar muftiysi
C) olimlar muhtasibi D) olimlar mirzaboshisi
23. XIX asr o`rtalarida O’rta Osiyo xonliklari madrasalarida o’qish muddati qachondan qachongacha davom etgan?
A) Sentabr oyining birinchi yarmidan mart oyi oxirlarigacha
B) Sentabr oyining ikkinchi yarmidan mart oyi boshlarigacha
C) Sentabr oyining ikkinchi yarmidan mart oyi oxirlarigacha
D) oktabr oyining birinchi yarmidan mart oyi oxirlarigacha
24. XIX asr o`rtalarida O’rta Osiyo xonliklari madrasalarida haftaning qaysi kunlari o’qish kuni hisoblangan?
A) dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba
B) shanba, yakashanba, dushanba, seshanba
C) seshanba, chorshanba, payshanba, shanba
D) yakshanba, dushanba, seshanba, chorshanba
25. XIX asr o`rtalarida O’rta Osiyo xonliklari madrasalarida haftaning qaysi kunga talabalarga olayotgan ilmini mustahkamlaydigan amaliy mashg‘ulot kuni sifatida qaralgan?
A) Chorshanba B) Payshanba C) Juma D) Yakshanba
26. Munis necha yoshida Mirxondning “Ravzat us-Safo” asarini tarjima qilishga kirishadi?
A) 35 yoshida B) 39 yoshida C) 46 yoshida D) 41 yoshida
27. Ahmad Donish necha yoshida “Manozir ul-Kavokib” asarini yaratgan?
A) 38 yoshida B) 35 yoshida C) 40 yoshida D) 42 yoshida
28. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligida quyidagi qaysi o’zbek urug’lari ko’pchilikni tashkil etadi?
A) mang’it, saroy, qo’ng’irot, kenagas, uyg’ur, qalmoq, nayman, qipchoq
B) mang’it, saroy, qo’ng’irot, kenagas, qorluq, qalmoq, nayman, qipchoq
C) mang’it, saroy, qo’ng’irot, kenagas, qatag’on, qalmoq, nayman, qipchoq
D) mang’it, saroy, qo’ng’irot, kenagas, qorluq, qalmoq, nayman, uyg’ur
29. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo davlatlarida aholi soniga qarab ko’pidan kamiga qarab to’g’ri ketma-ketlikda berilgan javobni toping.
1) Buxoro amirligi 2) Xiva xonligi 3) Qo’qon xonligi
A) 1,2,3 B) 2,1,3 C) 3,1,2 D) 3,2,1
30. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo davlatlaridan qaysi birining ahilisini etnik tarkibiga ko’ra yahudiy, hind, uyg’ur kabi aholi vakillari ham bo’lgan?
A) Qo’qon xonligida B) Xiva xonligida
C) Buxoro amirligida D) har uchala davlatda



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin