6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi 31-36 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə52/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76
6-10-KALITLAR

9-sinf O’zbekiston tarixi 31-36 mavzular
1. 1916-yil mardikorlikka olinadiganlarning tuziladigan ro‘yxatiga muvofiq, Samarqand viloyatining Jizzax uyezdidan qancha kishi olinishi mo‘ljallangan edi?
A) 11 ming B) 9 ming C) 7 ming D) 13 ming
2. 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni rahbarlari va faol ishtirokchilaridan kimlar o’lim jazosiga hukm qilingan.
A) Nazirxo‘ja eshon, Abulqosim jevachi, To’raqul To‘rabekov, To‘rabek Eshonqulov, Rahmonqul hoji
B) Nazirxo‘ja eshon, Abdurahmon jevachi, To‘raqul To‘rabekov, Eshonqul To‘rabekov, Qosim hoji eshon
C) Nazirxo‘ja eshon, Mirkarimboy, Solihbek dodhoh, To‘rabek qozi, Qosim hoji
D) Nazirxo‘ja eshon, Muhammad Yoqub, Abdurahmon jevachi, Aliqul To‘rabekov, Qobil hoji
3. Jizzax qo‘zg‘olonini bostirgan harbiy boshliqlarni aniqlang.
A) Putensev va Gippuis B) Ivanovich va Kurapatkin
C) Afanasyev va Ivanov D) Korolkov va Kerenskiy
4. 1916-yilgi qo‘zg‘olonlarda Mirzayor Xudoyorov qaysi hududdagi oqsoqol sifatida norozilik kelib chiqishiga sabab bo‘lgan?
A) Toshkent B) Farg‘ona C) Jizzax D) Namangan
5. Jizzax uyezdida podshoning mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmoni qaysi sanada e’lon qilingan edi?
A) 1916 y 9-iyul B) 1916 y 24-iyun
C) 1916 y 3-iyul D) 1916 y 5-iyul
6. 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni bostirilgach, nima sababdan uning tinch aholisi cho‘lga haydaladi?
A) shaharda o‘lat kasalligi avj olganligi sababli
B) aholining qo‘zg‘olonchilarga xayrixoh bo‘lganligi va podsho hukumatiga yordam bermaganligi sababli
C) podsho hukumati qo‘zg‘olon ko‘targan boshqa shaharlarga bu tadbir o‘rnak bo‘lishi sababli
D) cho‘l hududini o‘zlashtirish va uni unumdor yerga aylantirish
7. Jizzax qo‘zg‘oloni vaqtida 14-iyulda Abdurahmon jevachi o‘z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig‘ilish o‘tkazdi va qo‘zg‘olonchilarni qayerda to‘plab, barcha birgalikda harakat qilishiga kelishib olinadi?
A) Jizzaxdan 12 chaqirim uzoqlikdagi Kuyaboshi mavzeida
B) Zomin va Sangzor tumanlari oralig‘ida
C) Jizzax shahri yaqinidagi Ketmontepa qishlog‘ida
D) Jizzax uyezdiga uzoq bo‘lmagan Sangzor darasida
8. 1916-yilgi qo‘zg‘olonlar Turkiston xalqi uchun qanday yo‘qoyishlar olib keldi?
1) Jizzax atrofidagi bir qancha qishloqlar yondirilib yuborildi va aholining ko‘pchiligi uy-joysiz qoldi; 2) qo‘zg‘olon natijasida aholi orasida ko‘plab qurbonlar bo‘ldi; 3) qo‘zg‘olon kuzda bo‘lganligida ko‘pchilik dehqonlar hosilini yig‘ib ololmadi; 4) Mingtepa tumani butunlay yo‘q qilinib, o‘rniga Marhamat tumani tashkil etildi; 5) qo‘zg‘olon yoz faslida bo‘lganligidan ekinlar payhon bo‘ldi va aholi qish uchun g‘amlanadigan oziq-ovqatning katta qismidan ajraldi; 6) jazo tariqasida aholining yerlari qisqartirildi va o‘z hovlisida iborat kichik yernigina saqlab qoldi.
A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 5 C) 2, 6 D) 1, 4, 5
9. 1916-yilgi qo‘zg‘olon oqibatida Turkiston aholisidan …. kishi o‘ldirildi, ….dan ziyod aholi xorijga chiqib ketdi, …. kishining mol-mulki musodara qilinib, talon-toroj etildi
A) 673 ming / 300 ming / 100 ming
B) 300 ming / 673 ming / 100 ming
C) 473 ming / 500 ming / 300 ming
D) 573 ming / 400 ming / 200 ming
10. «Jizzax qo‘zg‘oloni» nomli dostonning muallifi kim?
A) Rustam Fozil o’g’li B) Fozil Islom o’g’li
C) Fozil Yo’ldosh o’g’li D) Jalol Islom o’g’li
11. Jizzaxdagi qo’zg’alonni bostirish uchun qancha qo’shin yuborilgan?
A) 13 ta rota soldat, 2 ta artilleriya qismi, kazak otryadlari, jami ikki yarim ming kishilik harbiy kuchlar
B) 12 ta rota soldat, 3 ta artilleriya qismi, kazak otryadlari, jami to’rt yarim ming kishilik harbiy kuchlar
C) 10 ta rota soldat, 1 ta artilleriya qismi, kazak otryadlari, jami uch yarim ming kishilik harbiy kuchlar
D) 2 ta rota soldat, 12 ta artilleriya qismi, kazak otryadlari, jami ikki yarim ming kishilik harbiy kuchlar
12. “Rossiya imperatorining siyosiy agentligi” nechanchi yillarda faoliyat ko‘rsatgan?
A) 1885-1917-yillar B) 1886-1917-yillar
C) 1886-1918-yillar D) 1873-1886-yillar
13. 1917-yil 8-aprelda jadidlar qaysi shaharlarda namoyish o‘tkazishgan?
A) Kogon va Romitan B) Vardonze va Chorjo‘y
C) Karki va Buxoro D) Kogon va Chorjo‘y
14. Yosh buxoroliklar amir hokimiyatining ag‘darilishi va demokratik tuzumning o‘rnatilishini mahalliy aholi orasida tashviqot qilish maqsadida qaysi matbuot nashrlarini tashkil qildi?
A) “Shuhrat” gazetasi va “El bayrog‘i” jurnali
B) “Xurshid” gazetasi va “Oyna” jurnali
C) “Uchqun” gazetasi va “Tong” jurnali
D) “Shuhrat” gazetasi va “Al-izoh” jurnali
15. XIX asrda Buxoro amirligida poytaxt Buxorodan tashqari amirlikning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari hisoblangan shaharlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Chorjo‘y 2) Kitob 3) Shahrisabz 4) Denov 5) Samarqand 6) Xo’jand
A) 2,3,4,5,6 B) 1,2,3,5,6 C) 1,2,4,5,6 D) 1,2,3,4
16. “Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy buyrosi” tuzilgan yilni aniqlang.
A) 1918-yil yanvarda B) 1920-yil yanvarda
C) 1918-yil martda D) 1920-yil oktabrda
17. Buxoro amirligida ko‘tarilgan nechanchi yilgi qo‘zg‘olon Pomir chegara qo‘shinlari ko‘magi bilan bostirilgan?
A) 1888-yilgi B) 1889-yilgi C) 1891-yilgi D) 1885-yilgi
18. Turkistonda qachondan harbiy holat e’lon qilindi?
A) 1916 yil 10 iyul B) 1916 yil 16 iyul
C) 1916 yil 13 iyul D) 1916 yil 18 iyul
19. Quyidagilardan Buxoro amirligida tashkil etilgan siyosiy agentlikning asosiy vazifalari nimlardan iborat?
1) 1868-yildagi shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish 2) amirlikning harbiy ishlarini boshqarish 3) tashqi aloqalar ustidan nazorat qilish 4) amirning siyosiy faoliyatini nazorat qilib boorish
A) 1,3 B) 1,4 C) 2,4 D) 2,3
20. Qaysi amaldorlar har doim Buxoroda bo‘lishi shart edi?
A) qo‘shbegi, devonbegi va bosh qozi
B) qo‘shbegi, devonbegi va bosh rais
C) qo‘shbegi, devonbegi va shayxulislom
D) qo‘shbegi, shayxulislom va bosh qozi
21. XIX asr oxirida Buxoro amirligida mahalliy ma’muriyat kimlardan iborat bo‘lgan?
A) mirzalar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari va ruhoniylar
B) miroblar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari va ruhoniylar
C) mirzalar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari va miroblar
D) aminlar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari va ruhoniylar
22. Manbalarda qayd etilishicha, XIX asr oxirgi choragida Xiva xonligidagi 64 ta masjid va madrasa qancha yerga egalik qilar edi?
A) 48 ming tanobga yaqin
B) 205 ming tanobdan ziyod
C) 306 ming tanobga yaqin
D) 160 ming tanobdan ziyod
23. XIX asr oxirida Xiva xonligi madrasalarida qo‘shimcha ravishda qaysi fanlar o’qitilgan?
A) elementar arifmetika va geometriya
B) elementar arifmetika va asrtanomiya
C) elementar arifmetika va geografiya
D) elementar astranomiya va geometriya
24. XIX asrda Xiva xonligida g‘alla yetishtirish qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib, asosan, qaysi ekinlar ko‘p yetishtirilar edi?
1) sholi 2) jo‘xori 3) bug’doy 4) suli 5) arpa
A) 1,2,5 B) 2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,3,5
25. Xiva xonligida “cho‘ppuli” solig‘i ...
A) mehnat majburiyati haqida xabar berganlar foydasiga to‘langan
B) qo‘y va echkilarni qo‘rada qishlaganligi uchun olinadigan soliq
C) o‘tloqlardan foydalanganlik uchun to‘langan
D) mehnat majburiyatiga chiqmagan aholi to‘laydigan soliq
26. XIX asr oxirida Xiva xonligida oliy ta’lim hisoblangan madrasalarda asosiy fanlar sifatida qaysi fanlar o‘qitilgan?
A) arifmetika, geometriya, tarix, adabiyot
B) islom huquqi, biologiya, geometriya, tarix
C) matematika, adabiyot, mantiq, tarix
D) arab grammatikasi, islom huquqi, falsafa
27. XIX asr oxirida Xiva xonligida gilam va kigizlar qaysi shaharlarda ishlab chiqarilardi?
A) Porsu, Alieli, Ko‘hna Urganch, G‘azovot
B) Porsu, Alieli, Ko‘hna Urganch, Yangi Urganch
C) Porsu, Xazarasp, Ko‘hna Urganch, Yangi Urganch
D) Porsu, Alieli, Ko‘hna Urganch, Xonqa
28. Xiva xonligida 1910-1915-yillarda kerosin va neft bilan ishlaydigan nechta sanoat korxonasi barpo etildi?
A) 92 ta B) 40 ta C) 81 ta D) 38 ta
29. XX asr boshida 11 ta paxta tozalash zavodlari qaysi shaharda joylashgan edi?
A) Gurlanda B) Qong‘irotda
C) Mo‘ynoqda D) Yangi Urganchda
30. XIX asr oxiri – XX boshlarida Xiva xonligida vujudga kelgan yangi shaharlarni aniqlang.
A) Yangi Urganch, Toshhovuz
B) Bog‘ot, Taxta, Mo‘ynoq
C) Gurlan, Qo‘ng‘irot, Yangi Urganch
D) G‘azovot, Mang‘it, Bog‘ot



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin