Jo’nalish kelishigini olgan so’zlar gapda qanday vazifalarni bajaradi?
J: Payt holi, o’rin holi, to’ldiruvchi bo’lib keladi.
U o’qish niyyatida shaharga yo’l oldi. Jo’nalish kelishigini olgan so’z gapda qanday vazifani bajaryapti?
J: o’rin holi (shaharga – qayerga so’rog’iga javob bo’lyapti)
Ustozimga ming rahmat. Jo’nalish kelishigini olgan so’z gapda qanday vazifani bajaryapti?
J: to’ldiruvchi ( ustozimga – kimga so’rog’iga javob bo’lyapti, Bu so’rog’ esa to’ldiruvchiniki)
Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qaysi harf bilan tugallanuvchi so’zlardan keyin kelganda tovush almashinuv hodisasi sodir bo’ladi?
J: k va q harflari bilan tugagan so’zlardankeyin kelganda ( yurak+ga= yurakka)
Qaysi kelishik shakllarini olgan so’zlar gapda o’rin holi, payt holi, to’ldiruvchi vazifalarida kela oladi?
J: jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklarini olgan so’zlar
Qaysi kelishikni olgan so’z maqsad-sabab holi bo’lib kela oladi?
J: chiqish kelishigini ( Uyalganidan kelmadi. –Nima sababdan so’rogiga javob bo’ladi va maqsad-sabab holi hisoblanadi)
Qaysi kelishik shakllari so’zlarni o’zaro tobe bog’lashdan tashqari, butunlik hamda qismlik ma’nosini ham beradi?
J: tushum kelishigidagi so’z butunni, chiqish kelishigidagi so’z qismni ifodalaydi.
Solishtiring: uzumni yedim, uzumdan yedim
Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida qaysi so’zlar qo’llanilganda, kesimni ega bilan moslashtiruvchi egalik qo’shimchalari harakat nomi tarkibida qo’llaniladi?
J: Kerak, lozim, darkor, shart so’zlari qo’llanilganda
Yordamchi so’z turkumlari deb nimaga aytiladi?
J: Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar yordamchi so’z turkumlari deyiladi. ( va, bilan kabi so’zlarga so’roq berib ko’ring, uddalolmaysiz. Chunki, ular yordamchi so’zlar)