J: XIX asr 134. Mosye–
J: «janob» ma’nosida 135. “So`nggi saboq” hikoyasi «Yoshlik» jurnalining 2015-yildagi nechanchi sonida nashr qilingan?
J: 9-sonida 136. “So`nggi saboq” hikoyasini rus tilidan kim tarjima qilgan?
J: Saidjalol Saidmurodov 137. Fransuz adiblaridan qaysi biri har bir millat uchun beqiyos o‘rin tutadigan milliy til taqdiri to‘g‘risida ta’sirli hikoya yozgan?
J:Alfons Dode 138. Alfons Dode necha yoshida Ernest ismli akasi bilan Parijga ko‘chib borishadi?
J: O‘n yetti 139. «Tegirmonimdan xatlar» (1869) deb nomlangan birinchi kitob muallifi kim? J:Alfons Dode 140. Yoshi yigirmaga yetmasidanoq bir qancha jurnallar bilan muxbir hamda teatr tanqidchisi sifatida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan adib kim? J: Alfons Dode 11-SINF ONA TILI SAVOLLAR VA JAVOBLAR
1.Savol.Tildagi o’sish-o’zgarishlargning xolis va birlamchi ko’zgusi nima?
Javоb. Tilning lug’at boyligi
2. Savol Yangi-yangi tushunchalarni ifodalashda tilning ichki imkoniyatlari asosida hosil bo’lgan so’zlar qanday so’zlar hisoblanadi?
Javob. Yasama so’zlar: dasturchi, ahdnoma, kafolatnoma;idoralararo, hukumatlararo,; nodavlat, notijorat; mahalliylashtirish, modellashtirish
3.Savol. Qaytadan tilga olib kirilayotgan so’zlar qanday so’zlar?
Javob.Eskirgan so’zlar
4. Savol. Jarroh, matbaa, qadriyat, muallif, munaqqid, ma’naviyat, millatparvar, tashxis , tijorat kabi so’zlar qanday so’zlar?
Javob. Eskirgan deb qaralgan va bugungi kunda tilimizga olib kirilgan so’zlar
5. Savol. Nofaol zahiradn joy olgan so’zlar qaysilar?
Javob. Kolxoz, sovxoz, ateist
6. Savol. Biznes, biznesmen, millioner, savdogar, fermer, janob, kapital, parlament, firma kabi so’zlar qanday so’zlar?
Javob. Ilgari salbiylik bo’yog’iga ega bo’lgan va davr taqozosiga ko’ra ijobiy ma’noga ega bo’lgan so’zlar
7. Savol. Nutqimizda faol ishlatilayotgan olinma so’zlar qanday nomlanadi?
Javob. Auidiovizual, antiterror, bakalavr, bankomat, barter,birja,
8. Savol ”Ona tuproq” she’rining muallifi kim?
Javob. Iqbol Mirzo
9. Savol. “So’z guhariga erur oncha sharaf
Kim bo’la olmas anga gavhar sadaf”. She’r muallifi kim?
Javob. Alisher Navoiy
10. Savol. “Odobning boshi tildir”. Maqol qaysi asardan olingan?
Javob. “Devonu lug’otit turk” asaridan olingan
11. Savol. Nutq madaniyati deganda nima nazarda tutiladi?
Javob. Nutq madaniyati fikrni mustaqil, ravon, go’zal, va nutq vaziyatiga muvofiq tarzda ifodalashni nazarda tutadi.
12. Savol. Raso nutq deganda nimani tushunish mumkin?
Javob. Fikrni mustaqil, ravon, go’zal, va nutq vaziyatiga muvofiq tanlash
13. Savol.Nutq madaniyati necha xil ma’noda qo’llanadi?
Javob. Ikki xil ma’noda: 1) tildan maqsadga muvofiq foydalana olish, nutqda zaruriy sifatlarning barchasini mujassamlashtira bilish; 2) soha, bo’lim
14. Savol.Har qanday nutning asosiy maqsadi nima?
Javob. Muayyan axborot va hissiy holatni tinglovchiga yetkazish
15. Savol.Nutq ta’sir quvvatiga ega bo’lishi uchun nimalarga javob berishi zarur?
Javob.Madaniylik talablariga javob berishi zarur.
16.Savol. Nutqning madaniyligini ta’minlovchi qanday kommunikativ sifatlar mavjud?
Javob.To’g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik,soflik, jo’yalilik.
17. Savol. Nutq madaniyatining necha bosqichi farqlanadi?
Javob. 2 bosqichi
18. Savol. Nutq madaniyatining birinchi bosqichi qanday nomlanadi?
Javob. To’g’rilik
19. Savol. Nutq madaniyatining oliy bosqichi qaysilar?
Javob. Aniqlik, soflik, jo’yalilik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik
20. Savol. “So’z latofati” kitobining muallifi kim?
Javob. Erkin Vohidov.
21. Savol. “omuz” qanday ma’noni anglatadi?
Javob. “o’rganar”,” o’rgatar”
22. Savol. Barcha kommunikativ sifatlarning asosini nima tashkil qiladi?
Javob. Nutqning to’g’riligi
23. Savol. Maktab ona tili ta’limi nimani o’rgatadi?
Javob. O’quvchilarda to’g’ri nutq tuzish ko’nikma va malakalarini o’rgatadi.
24. Savol. To’g’rilik sifati qanday yuzaga keladi?
Javob. Adabiy til me’yorlari asosida yuzaga keladi.
25. Savol. O’zbek adabiy tilida qaysi me’yorlar farqlanadi?
Javob. 1) leksik me’yorlar(so’z qo’llash; 2)talaffuz me’yorlari; 3) so’z yasalishi me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar; 6) uslubiy me’yorlar.
26. Savol. Adabiy nutq me’yorlaridan chekinish qayerda qo’llanadi?
Javob. Badiiy adabiyotda .
27. Savol. “tabaa”, “raiyat” so’zlari bugungi kunda qanday nomlanadi?
Javob. “fuqaro”.
28.Savol.Adabiy tilning yozma shaklida to’g’rilik sifatining ta’minlanishi uchun amal qilinadigan 2 xil me’yor qanday nomlanadi?
Javob. Ikki xil me’yor: 1) imlo me’yorlari; 2) punktuatsion me’yor
29. Savol. Savodxonlikni ta’minlashning asosini nima tashkil etadi?
Javob. Imlo me’yorlari.
30. Savol. Tinish belgilarining ahamiyati nimada?
Javob. Tinish belgilari tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog’liq bo’lib, yozma nutqni to’g’ri, ifodali, aniq bayon qilishda uning uslubiy ravonligini ta’minlashda benihoya zarur.
31. Savol. Shamol so’zining ma’nosi nima?
Javob. Shimoldan esgan yel.
32. Savol. Sharqdan esadigan yel qanday nomlanadi?
Javob. Sabo.
33. Savol. So’zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qo’llanilishi kommunikativ sifatlardan qaysi bitriga tegishli?
Javob. Nutqning aniqligiga tegishli.
34. Savol. “Avlodlar merosini o’rganamiz” jumlasidagi avlod so’zi o’rnida qaysi so’z qo’llanishi kerak?
Jabvob. Ajdod
35. Savol. Aniq nutq tuzish uchun nimalarni yaxshi bilish zarur?
Javob. Ma’nodosh, shakldosh, ko’p ma’noli so’lar,paronimlar, so’zlarning uslubiy bo’yog’ini bilish zarur.
36. Savol. Qanday nutqda so’z ma’nosinig ko’chishi ko’p kuzatildi?
Javob. Badiiy nutqda.
37. Savol. Nutq mantiqiyligining asosi nima?
Javob. Fikr tarkibi va qurilishining to’g’ri ifodalanishi.
38. Savol. Har qanday nutqning tayanchi nima?
Javob. Mantiq va grammatika.
39. Savol. Grammatikaning nutqni to’g’rilashi, mantiq ilmi esa tafakkurni to’g’ri yo’ldan olib borishi haqidagi fikrni kim aytgan?
Javob. Abu Nasr Forobiy.
40. Savol.. “ Yugurib charchamaydigan chayir mashinasi dam tepalikka, aylanma yo’llar osha dam pastlikka, kishining nigohi tushsa yuragi shig’illab ketadigan jarliklar yoqasidan o’tib, yana ko’tarilib qolardi”. Ushbu gapda mantiqiylikka salbiy ta’sir ko’rsatayotgan so’zlar qaysi?
Javob. Chayir, ko’tarilib qolardi.
41. Savol. Tilning morfologik va sintaktik sathi bilan bog’liq bo’lgan kommunikativ sifati qanday nomlanadi?
Javob. Nutqning mantiqiyligi.
42. Savol. “ Loqaydlik tufayli ko’rsak ham indamaymiz” jumlasida nutqning mantiqiyligiga nima putur yetkazgan?
Javob.Gapda so’z tartibining noto’g’ri tuzilishi.
43. Savol. Matnda bog’liqlikning necha turi farqlanadi?
Javob. 3 ta turi farqlanadi: 1) mazmuniy bog’liqlik; 2) mantiqiy bog’liqlik; 3) kompozitsion bog’liqlik.
44.Abzas va mustaqil gaplarni bog’lovchi leksik- grammatik vositalarning qo’llanishi bog’li nutqning qaysi biriga mansub?
Javob. Mazmuniy bog’liqlikka mansub.
45. Savol. Kompozitsion bog’liqlik qanday vositalar yordamida bog’lanadi?
Javob.Qayd etmoq lozimki, aniqki, ta’kidlamoq joizki, yuqorida aytib o’tilgani kabi tarzidagi sintaktik qurilmalar yordamida bog’lanadi.
46.Savol. Mantiqiylikning buzilishi o’ziga xos tarzda qaysi nutqda namoyon bo’ladi?
Javob. Badiiy nutqda .
47. Savol. “ Ko’plar og’izlari bilan ham tinglardilar” gapida mantiqiy buzilishga sabab bo’lgan so’z qaysi?
Javob.”og’izlari”(quloq so’zi o’rnida).
48. Savol.Paronim so’zlarni noto’g’ri qo’llash natijasida nutqning qaysi kommunikativ sifatlariga putur yetadi?
Javob. Nutqning aniqligiga putur yetadi.
49. Savol. Nutqning sofligi nima bilan belgilanadi?
Javob. Nutqning sofligi nutqning adabiy til va jamiyatdagi ma’naviy- axloq qoidalarga yot bo’lgan unsurlardan xoliligi bilan belgilanadi.
50. Savol. Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazadigan unsurlarning asosiylari qaysilar hisoblanadi?
Javob. 1) shevaga xos so’zlar, ibora, grammatik shakllar, urg’u va talaffuz 2) o’rinsiz qo’llanadigan chet so’z va iboralar(varvarizmlar); 3)dag’al, haqorat so’z va iboralar(vulgarizmlar); 4)parazit so’zlar; 5) idoraviy so’z va iboralar(kanselyarizmlar)
51. Savol. “Ishlamaydigan” yoki parazit so’zlar qanday so’zlar?
Javob. Lug’atlarda aniq ma’nosi bo’lgan so’z va iboralarning noo’rin qo’llanishi. Masalan: e-e-e, hmm, xo’-o’-sh, haligi demak shu, innaykeyin kabilar
52. Savol. Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchu unsurlar badiiy adabiyotda nima uchun qo’llanadi?
Javob. Asar qahramonlarining ichki dunyosini, tarbiyalanganlik darajasini bo’rttirib ifodalash, nutqiy malakasining yetarli emasligini ko’rsatish uchun ishlatiladi.
53. Savol. Rasmiy- idoraviy qoliplashgan so’z va iboralar badiiy asarlarda nima uchun qo’llanadi?
Javob. Asar personajlarining madaniy- ma’naviy saviyasini kinoyaviy ta’kidlash maqsadida olib kiriladi.
54.Savol. Nutqning boyligi deganda nimani tushunish mumkin?
Javob. So’zlovchining so’z zaxirasi uri nutqda qanchalik kam takrorlansa, bunday nutq boy nutq sanaladi.
55. Savol. Qanday nutq kambg’al hisoblanadi?
Javob. Muayyan til unsurlarining(so’zlar, ma’nolar, iboralar, intonatsiya, sintaktik tuzilmalar va sh. k)takrori ko’p bo’lgan nutq kambag’al nutq hisoblanadi.
56.Savol. Nutqning boyligi qaysi uslubda alohida o’ringa ega?
Javob. Badiiy uslubda
57. Savol. Shirali nutq tuzishda so’zlovchidan nima talab qilinadi?
Javob. So’z zaxirasiga boy bo’lish talab qilinadi.
58. Savol. Nutqning boyligini ta’minlashda qaysi til vositalari muhim?
Javob. Ma’nodoshlik.
59. Savol. Nutqning boyligini oshiruvchi yana qanday birliklar mavjud?
Javob. Sodda va qo’shma gaplar, murakkablashgan gaplar, gap qoliplari, millionlab jumlalar
60. Savol. Nutqda qo’llanadigan takrorlar bilan she’riyatda qo’llanadigan takrorlar bir –biridan qanday farq qiladi?
Javob. Takrorlar badiiy nutqda muayyan tushuncha yoki mazmunni alohida ta’kidlash, ohangdorlik oshirish uchun qo’llanadi. Masalan:
Yurt bu kun karvonlar boshida nordir,
Yurt bu kun Sharq ichra tengsiz bir diyor
Oripov
61. Savol.Nutq jo’yaliligi sifatining mohiyati nimadan iborat?
Javob.Har qanday nutq ifodalamoqchi bo’lgan axborotning mazmuni ,tinglovchi kim bo’lishidan qat’iy nazar , nutq vaziyatiga to’la mos kelishi zarur.Masalan, “o’lmoq” so’zi o’rnida “ vafot etmoq” iborasini ishlatish zarur.
62. Savol. “Bolalarni tarbiyachi o’z oldiga chaqirib, minnatdorchilik bildirdi”gapida nutqning jo’yalilik sifatiga qaysi so’z putur yetkazgan?
Javob. “minnatdorchilik” so’zi.
63.Savol. Nutq uslublarida nutqning jo’yalilik sifatining buzilishiga nima sabab bo’lishi mumkin?
Javob. Bir uslubga xos bo’lgan til birliklarini boshqa uslubda qo’llash.
64. Savol.Nutqning ifodaliligi qanday yuzaga keladi?
Javob. Bu kommunikativ sifat til vositalarini ifoda maqsadiga to’la muvofiq tarzda tanlash asosida yuzaga keladi.
65. Savol. Badiiy adabiyotning zaruriy sifatlaridan biri nima?
Javob. Ifodalilik
66. Savol. Ifodalilik qaysi uslublarda deyarli kam qo’llanadi?
Javob. Rasmiy va ilmiy uslubda kam qo’llanadi.
67. Savol. Qora qushlar qo’narlar,
Majnuntolning shoxiga…She’riy parchada qanday sifat kuchli?
Jjjjavob. Ifodalilik sifati.
68.Savol. Ifodalilik qaysi birliklarda kuchli?
Javob. Iboralarda kuchli.
69. Savol. “kutmagan” so’zining ma’nodoshi qaysi ibora bilan ifodalanadi?
Javob. “yeti uxlab tushiga kirmagan” iborasi bilan.
70.Obrazlilik qaysi til birligida kuchli?
Javob. Iboralarda kuchli.
71. Savol.Iboralar qaysi uslubda faol qo’llanadi?
Javob. Badiiy uslubda.
72. Savol. “hech qachon” so’ziga sinonim bo’ladigan ibora qaysi?
Javob.” Ikki dunyoda ham”.
73. Savol. Emotsional- ekspressiv bo’yoqdorlik deganda nima tushuniladi?
Javob. So’zning qo’shimcha hissiy- ta’siriy ma’nosi tushuniiladi.
74. Savol. Nutqning ifodaliligini ta’minlovchi vositalardan biri nima?
Javob. So’zlarni ko’chma ma’noda qo’llash.
75. Ko’chimlarning asosini nima tashkil etadi?
Javob. Ikki xil narsa yoki tushuncha o’rtasidagi munosabat(o’xshashlik, aloqadorlik, umumiylik kabi)asosida tasviriylik, ifodalilik, aniqlikni kuchaytirish maqsadida birining nomi ikkinchisiga ko’chiriladi.
76. Savol. Ko’chimlarning qanday turlari bor?
Javob. Metafora , metonimiya , sinekdoa, vazifadoshlik, kinoya, tagma’no .
77. Savol. Metafora nima?
Javob. Ikki xil narsa yoki tushunchalar o’rtasidagi o’xshashlik asosida nom(so’z)ning ko’chishidir.
78. Savol. “ qozonning qulog’i” birikmasida quloq so’zining ma’nosi qaysi ko’chim asosida ko’chgan?
Javob. Metafora usuli asosida.
79. Savol. Ikki xil narsa yoki tushuncha o’rtasidagi aloqadorlik asosida nom ko’chishi qanday nomlanadi?
Javob. Metonimiya.
80. Savol. “Dasturxonga qarang” jumlasida qaysi so’z metonimik qo’llangan?
Javob. Dasturxon so’zi.
81. Savol. Ikki xil narsa yoki tushunchalar o’rtasidagi butun- bo’lak munosabati asosida nom ko’chishi qanday nomlanadi?
Javob. Sinekdoxa.
82 Savol. “Bu kishi tirnoqqa zor”jumlasida”tirnoq” so’zi nimani ifodlab kelgan?
Javob. Qism orqali butunni, “Farzand” ma’nosida.
83. Savol.Kinoya nutqning qanday sifatini ta’minlaydi?
Javob.Nutqning ifodaliligini, ta’sirchanligini.
84. Savol.Kinoya so’zlovchining qanday munosabatini ifodalaydi?
Javob.Kinoya so’zlovchining tasvirlanayotgan narsa yoki tushunchaga kesatiqli,pichingli, umuman, subyektiv- kulgi aralash munosabatini ifodalaydi.
85. Kinoya qaysi usluda qo’llanadi?
Javob,. Badiiy va so’zlashuv uslubida.
86. Savol. Nutqning ifodaliligini ta’minlaydigan asosiy vositalardan yana biri qanday nomlanadi?
Javob. O’xshatishlar.
87. O’xshatishlar necha unsurdan tashkil topgan?
Javob. 4 unsurdan iborat.
88. Savol. O’xshatishlarning to’rt unsuri qanday nomlanadi?
Javob. 1) o’xshatiladigan narsa(yoki subyekt); 2) o’xshatish etaloni; 3) o’xshatish asosi; 4) o’xshatishning shakliy asosi.
89. Savol. “Yigitcha musichadek beozor ekan”gapidagi 4 unsurni toping.
Javob. Yigit- o’xshatilgan narsa, musicha- o’xshatish etaloni, beozor- o’xshatish asosi, -dek qo’shimchasi o’xshatishning shakliy asosi.
90. Savol.O’xshatishning necha turi bor?
Javob. Oxshatishning 2 xil turi mavjud.1.Erkin o’xshatish. 2. Turg’un o’xshatish.
91. Savol. Miryoqub ikki kishining pichirlashib gaplashganini eshitdi, yuragi obijuvoz likopiday ura boshladi.Gapdagi o’xshatish etalonini toping.
Javob. Obijuvoz likopi.
92. “baqadek qotib qolishdi ” qanday o’xshatish?
Javob, Erkin o’xshatish.
93.O’xshatishlar asosan qaysi uslubda qo’llanadi?
Javob. So’zlashuv va badiiy uslubda.
94.Savol. Nutq texnikasi nima?
Javob. Nutq texnikasi deganda jonli, tovushli nutq va uning barcha unsurlarini to’g’ri voqealantirish ko’nikma va malakalarining jami tushuniladi.
95. Savol. Diksiya nima?
Javob. Ovozning sifati, nutq jarayonida to’g’ri nafas olish, tovush va tovush qo’shilmalarini aniq talaffuz qilish diksiya deyiladi.
96. Savol. Fonatsiya nima?
Javob. Nutqni hosil qilish paytida nafas va nafas chiqarish fazalari.
97. Savol.Nutq tovushi qachon hosil bo’ladi?
Javob. Nutq tovushi nafas chiqarish jarayonida hosil bo’ladi.
98. Savol. Xirildoq, chiyildoq, shang’iroq ovoz nimaga monelik qiladi?
Javob. Muayyan bir axborotni tinglovchiga yetkazishga monelik qiladi.
99.Nutqda yaxlit ohangning shakllanishi uchun qanday unsurlar ishtirok etadi?
Javob. Urg’u, to’xtam(pauza).
100. Savol.Urg’u necha xil?
Javob. 2 xil: so’z urg’usi, gap urg’usi.
101. Nutq oqimidagi noo’rin to’xtam natijsida qanday holat ro’y beradi?
Javob. Fikr noto’g’ri anglashiladi.Masalan: Hovliga ikki/ bolali ayol kirib keldi(bolasi bor 2 ayol).Toxtam ‘bolali’ so’zidan so’ng kelsa ma’no o’zgaradi,ya’ni “2 ta bolasi bor “degan ma’noda.