J: Nuh. 165.”Ilon va qarlug’och” hikoyatida kemada qaysi jonzotlar yo’q edi? J:Mushuk, sichqon, to’ng’iz 166.“Qisasi Rabg’uziy”da mushuk qanday paydo bo’ldi? J:Nuh yo’lbarsning boshini silagan edi-burnidan ikki mushuk tushib sichqonni tutdi.
167.Nuhning teshilgan kemasini nima yopdi? J: Ilon kulcha bo’lib, teshikni yopdi. 168.Ilonga Nuh qanday va’da bergandi? J: To’fon tingach yer yuzida nimaning go’shti shirin bo’lsa, shuni berishni va’da berdi. 169.”Qisas Rabg’uziy”da qaysi hashorat yer yuzida nimaning go’shti shirin ekanligini aniqlash uchun yuborildi? J: Ari. 170.Nuh qissasida qaysi qush insonni yer yuzidan qirilib ketishdan asrab qoldi?
J: Qaldirg’och. 171. ,,Sulaymon qarinchqa bilan so’zlashgani’’ hikoyatida qahramonlarning o’zaro munosabati qanday oydinlashgan? J: Dialoglarda 172. ,,Qisasi Rabg’uziy’’dagi qaysi hikoyatda dialog usuli yetakchilik qiladi?
J: ,,Uzum hikoyatida’’ , ,,Ilon va qarlug’och’’, ,,Sulaymon qarinchqa bilan so’zlashgani’’ 173. ”Qisasi Rabg’uziy’’da nechta bob-qissa mavjud? J: 72 ta. 174.”Qisasi Rabg’uziy” asarida qissa va hikoyatlardan tashqari yana qanday janrdagi asarlar mavjud? J: O’nlab she’rlar mavjud. 175.Rabg’uziyning bahor vasfiga bag’ishlangan birinchi o’zbek g’azali qanday boshlanadi? J:Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro’zi, Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori, buzi. 176.G’azalda qanday she’riy san’atlar qo’llanilgan? J:Jonlantirish, sifatlash va o’xshatishlar. 177.G’azalning qofiyasi… J:Navro’zi, buzi, yuzi, yozi, tuzi, qo’y-qo’zi, juzi, qo’zi,qunduzi, kunduzi, yulduzi. 178.Gazal qaysi vaznda yozilgan? J:Ramali musammani mahzuf. 179.G’azlda qaysi qushlar nomi keltiriladi? J: Turna, sanduvach(bulbul), qug’u, g’oz, qil (qilquyruq), qarlug’och (qaldirg’och), to’ti, qumri. 180. “Bahman” so’zining ma’nosi… J: Quyosh yili hisobida 11-oy nomi. Hozirgi 22-yanvardan -22-fevlallarga to’g’ri keladi.