6-mavzu: Alisher Navoiy 181. ”Makorim ul-axloq” asrining muallifi kim? J: G’iyosiddin Muhammad ibn Xoja Humomiddin ibn Xoja Jaloliddin Muhammad ibn Burhoniddin Muhammad Sheroziy. 182.G’iyosiddin Muhammad ibn Xoja Humomiddin ibn Xoja Jaloliddin Muhammad ibn Burhoniddin Muhammad Sheroziy qanday taxallus bilan ijod etgan? J: Xondamir. 183.Xondamir kim? J:Tarixchi va adib. 184.Xondamir qaysi davrda yashagan? J: 473/76-1534-yillar. 185.Asar qaysi tilda yozilgan? J: Fors tilida. 186.”Makorim ul-axloq asarini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan? J: Sharqshunos Komiljon Rahimov tomonidan. 187.”Makorim ul-axloq” asri kim haqida? J: A.Navoiy haqida. 188. “Makorim ul-axloq” asari qanday qismlardan iborat? J: Debocha, muqaddima, o’n maqsad (bob), xotima hamda Navoiyning qanday vafot etganligi haqidagi bobdan iborat. 189.”Bolalik chog’laridanoq ul hazratning muborak tillaridan o’ta ajoyib va kutilmagan so’zlar chiqar va ( bu so’zlarni eshitganlar hayrat dengiziga g’arq bo’lardilar” bu fikrlar qaysi asardan va u kim haqda? J: “Makorim ul-axloq” asaridan A.Navoiy haqida.190.Husayn Bayqaroning otasi kim? J: Sulton G’iyosiddin Mansur. 191.Yosh Alisherning “...buyuklik gulbutasi g’unchasiga mehribonlik va g’amxo’rlik ko’zi bilan qarashar, uning ilhom nishonalariga ega bo’lgan so’zlarida uning saodatli kelajagi alomatlarini ko’rib, ul hazratga nisbatan o’ta iltifot va marhamat hissi bilan yashar...” ganlar kim edi? J: Sulton Husayin bayqaro va ularning oila a’zolari.192.”...mashhur olimlar yig’ilgan va hurmatga sazovor fozillarning nufuzli markazi hisoblangan shavkatli ... ” deya ta’riflangan shahar qaysi? J: Hirot. 193.”Xusraviya” madrasasi qayerda joylashgan? J: Marv shahrida. 194.”Xusraviya” so’zi nimani anglatadi? J: Abjad hisobida shu madrasaning qurilgan yilini. 195.”Xusraviya” madrasasining ilk g’ishtini kim qo’ygan? J: Mirzo Muhammad Sulton.196.Mirzo Muhammad Sulton kim? J: Husayn Bayqaroning jiyani (opasining o’g’li) 197.”Xusraviya” madrasasidan yigirma yil ildin Qaysi madrasa va xonaqoh bino qilingan? J: “Ixlosiya” madrasasi va “Xalosiya” xonaqohi? 198.Mavlono Lutfiy o’n-o’n ikki ming baytdan iborat turkiy va forsiydagi g’azallarini ayirboshlamoqchi bo’lgan matla qaysi va muallifi kim? J: “Orazin yopqoch ko’zumdin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh” A.Navoiy. 199.Shayx Nizomiyning “Panj ganj” (“Besh hazina”) asriga muqobil tarzda yozilgan kimning qaysi asari? J: A.Navoiyning “Xamsa” si. 200.”Xamsa” ning hajmi qancha? J: Yigirma yetti mimg bayt. 201.Hidoyat nasabli Amir deb atalgan shaxs kim? J: A.Navoiy. 202.Navoiyning masjidda namozdan so’ng odatiy ishi nima edi? J: Jamoat namoziga kelmaganlarni surishtirar edi. 203.Navoiyning odatiga xilof ravishda ish tutishiga uni nima majbur etdi? J: Chumoli. 204.Chumolini o’z manziliga tomon eltgani Navoiy qayerga yo’l oladi? J: Shaxsiy bog’chalari tomon tahorat qilgan joyiga. 205.1500-yil Sabzavor hokimi kim edi? J: Muhammad Muhsin Mirzo. 206.Muhammad Muhsin Mirzoning maqsadi nima edi? J: Ma’lum miqdor g’alla zaxira qilish.207.Muhsin Mirzo nima uchun hazratdan g’alla qarz olishni istamadi? J: Juda hurmat qilgani uchun qarz olishdan istihola qildi. 208.Muhsin Mirzoning istiholasiga Navoiy qanday javob qaytaradi? J: “Bug’doy doni o’rniga marvarid bo’lsa ham shahzodaga tortiq qilar edim”,- deb aytadi. 209.Ikki yuz yil o’tib Alisher Navoiy kimlardan so'ng "Xamsa" yozishga kirishdi? J: Xusraf Dehlaviy va Ganjaviy.210.“Saddi Iskandariy” necha baytdan iborat? J: 89 bob va 7215 baytdan 211.Qaysi doston Navoiyning ijtimoiy-siyosiy,falsafiy-axloqiy qarashlarining ma’lum darajada yakunlaydi? J:Saddi Iskandariy 212.Iskandar obrazi dastlab kimning ijodida uchraydi? J: Firdavsiy 213.“Saddi Iskandariy”da Rum mulki Eronga har yili qancha xiroj to’lardi? J:Tuxum shaklidagi ming oltin xiroj214.”Zulqarnayn so’zining ma’nosi nima? J: Kun chiqish va kun botish hukmdori 215..Iskandar devoiri ramziy ma’noda qanday devor? J: Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi devor 216.Sad so’zining ma’nosi nima? J: Devor 217.”Saddi Iskandariy”, ya’ni Iskandar devoir ramziy ma’noda qanday devor? J: Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi devor.218.”Boshi toj tarkin qilib ixtiyor, Bo’lub tarki toji bilan baxtiyor”, satrlari qaysi qahramon haqida? J: “Saddi Iskandariy” dostonidagi Mag’rib zaminda yashovchi shohlikdan voz kechgan zohid haqida 219.Navoiyning adalatli hukumdor, odil shoh haqidagi orzulari qaysi asarda aks etgan? J:”Saddi Iskandariy” da 220.Doro elchilar orqali Iskandarga nimalarni yubordi? J: Chovgon bilan top, koptok va bir idishni to’ldirib kunjut yubordi. 221.Doro elchilar orqali Iskandarga nima demoqchi bo’gan edi? J: Sen yosh bolasan , bolalar mana shu narsalar bilan ovunib yuradi, mening askarlarim kunjut donalari kabi behisob”,-degan edi. 222.Iskandar elchilar orqali yuborilgan narsalarga Doroga qanday javob qaytaradi? J: “Doro yer yuzini menga in’om etibdi, chavgon esa boshqarish ramzi, kunjutlarni qushlarimning ozuqasi sifatida yuboribdi”,- deya javob qaytaradi.
223. Doro o’limi oldidan Iskandardan nimani iltimos qiladi? J: Suiqasd qilganlarni jazolash; qavm-qarindoshlarga zulm qilmaslik; qizi Ravshanakning kayoniylar podshohligining merozxo’ri ekanligini inobatga olib uni o’z xonadonining munnavar shamiga aylantirishni. 224.Koyoniylar saltanatiga ega bo’lgan Iskandarga qaysi yurtlar hukumdorlari buysunmaydi? J: Kashmir shohi, Hind royi va Chin xoqoni. 225.Iskandar qishlagan joy nomi qaysi? J:Arron(qadimgi Ozarboyjon) mamlakatining Qorabog’ degan joyida. 226.Iskandarga Xurosondagi qaysi daryolar yoqdi? J: Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon. 227.Iskandar qaysi shaharlarni bunyod etdi ? J:Hirot va Samarqand shaharlarini. 228.Iskandarning yurishida unga qancha olim hamrohlik qilar edi? J: 500 nafar. 229.Iskandar jang paytida qanday tasvirlanadi? J: O’ng yonida ilm-kamolot egalari, so’l tomonida harbiy rahbarlar 227.Mallu kim? J: Kashmir shohi. 228.Kashmir shohi Mallu Iskandardan nima uchun yengildi? J: Sehr-joduning ilm-fan oldida ojizligi uchun. 229.Iskandarga qaysi yurt hukumdorlari sulh taklif qilishadi? J:Hind va Chin hukumdorlari. 300.Chin xoqoni Iskandarga qanday oyna tuhfa qiladi? J: Chin va yolg’onni ajrata oladigan oyna.