-gina(-kina,-qina) yuklamasini kichraytirish-erkalash qo’shimchasidan qanday farqlash mumkin?
J: -gina(-kina,-qina) qo’shimchalaridan keyin egalik qo’shimchasi qo’shilsa, demak, u kichraytirish-erkalash qo’shimchasi ( Darsga qizgina (yuklama) kelmadi. Darsga qizginam (kichraytirish-erkalash qo’shimchasi) kelmadi.)
Naq yuklamaning qaysi turiga kiradi?
J; shaxs –son qo’shimchasi ( Chunki gapning mazmunida gumon yo’q)
“O’lsa o’lgandir, bunga nima janjal!” – deb qo’ydi tag’in birov. Ushbu gapda berilgan –dir qo’shimchasi yuklamami yoxud shaxs-son
J: Yuklama (Chunki mazmunda gumon belgisi bor)
Inkor yuklamalari qaysilar?
J: Hech, sira, na…na
Nima uchun na…na yuklamasining kesimi inkor shaklda bo’ladi, tasdiq emas?
J: O’z nomi bilan yuklama gapga qo’shimcha ma’no yuklaydi, ya’ni yuklamasiz ham gapda inkor yoki boshqa ma’nolar bo’ladi. Yuklamalar ma’noni kuchaytirish uchun kerak. ( O’qimadi, yozmadi. Na o’qimadi, na yozmadi- yuklama)
–da vazifadosh yuklamasini o’rin-payt kelishigidan qanday farqlash mumkin.
J: -da yuklama vazifasida kelganda uning o’rniga ham yuklamasini qo’llash mumkin. (-da yuklamasi har doim chiziqcha bilan yoziladi)
His-hayajonni ifodalovchi undovlar undov so’zlarning qaysi turiga kiradi?
J: His-hayajon undovlariga kiradi (oh, voh)
Buyruq-xitob, haydash-chaqirish, kishilar diqqatini tortishni ifodalovchi undovlar undov so’zlarning qaysi turiga kiradi?
J: Buyruq –xitob undovlariga kiradi. ( kisht, dir, hay)