6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar)


O’zaro bog’lanayotgan gaplardan birini boshqasidan ayirib ko’rsatuvchi bog’lovchilarni toping?



Yüklə 194,3 Kb.
səhifə33/98
tarix09.07.2023
ölçüsü194,3 Kb.
#136199
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98
6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1)

O’zaro bog’lanayotgan gaplardan birini boshqasidan ayirib ko’rsatuvchi bog’lovchilarni toping?

J: yo, yoki ( Yo sen gapir, yo men.)

  1. Ayiruv bog’lovchilaridan aynan qaysilari galma-gal ifodalanayot voqea-hodisalarni bog’lab keladi?

J: dam…dam, goh…goh,ba’zan…ba’zan, bir…bir

  1. Inkor bog’lovchilari yordamida bog’langan gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi?

J: tasdiq shaklida ( U na o’qiydi, na yozadi- inkor bog’lovchisi. Kesimda –ma yo’q)

  1. Ergashtiruvchi bog’lovchilar deb nimaga aytiladi?

J: O’zaro tobe munosabatda ya’ni birini biri aniqlab, ergashtirib keladigan gap bo’laklari va gaplarni bog’laydigan vositalar ergashtiruvchi bog’lovchilar deyiladi.

  1. Vergul sabab bog’lovchilarining qaysi qismiga qo’yiladi?

J: Sabab bog’lovchilaridan oldin vergul ishlatilinadi. ( Hech qachon chunki, negaki bog’lovchilaridan keyin vergul qo’yilmaydi.)

  1. Yordamchi so’z turkumlaridan qaysi birida ham so’z, ham qo’shimchalarni uchratish mumkin?

J: yuklamalarda (-mi, hatto)

  1. So’roq-taajjub yuklamalarini toping?

J: -mi, -chi, -a(ya)

  1. So’roq-taajjub yuklamalaridan qaysi biri so’zlarga qo’shilib yoziladi?

J: mi yuklamasi

  1. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarini toping?

J: hatto,-ku, ham, nahotki, -u,-yu,-da,oq (yoq), axir, g’irt

  1. Ayiruv – chegaralov yuklamalari berilgan qatorni toping?

J: faqat, -gina(-kina,-qina) atigi yuklamalari

  1. Ayiruv –chegaralov yuklamalaridan qaysi biri shakldoshlik xususiyatiga ega?

J: -gina(-kina,-qina) (kichraytirish-erkalash qo’shimchasi ham bor)


  1. Yüklə 194,3 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin