Grammatik mavzuni tushuntirish Sonlar matematik miqdorni bildiradigan so‘zlardir. tunni va uning qismini ko‘rsatishi mumkin. Miqdorni butunligicha bildiruvchi sonlar butun son, butunning qismini ifodalovchi sonlar kasr sonlar deyiladi. Masalan: yetti (7), 30 (o‘ttiz), yuz (100), ming (1000) – butun sоnlаr; uchdan ikki (2/3), yuzdan sakkiz (8/100) – kаsr sоnlаr
.
Matn ustida ishlash Bo‘lajak harbiylar maskani Toshkent harbiy telekommunikatsiya akademik litseyida bo‘lajak harbiylar tayyorlanadi. Bu yerga to‘qqizinch sinfini tamomlab, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar qabul qilinadi. Litsey o‘quvchilari yarim kunlik o‘quv mashg‘ulotlarida harbiy intizom va qurollardan to‘g‘ri foydalanish, guruhni
mohirona boshqarish usullarini o‘rganadilar. Kunning ikkinchi qismida sport bilan shug‘ullanadilar. kamida ikki soat kitob o‘qish bilan band bo‘ladilar. U yerda fan to‘garaklari, o‘n uch ming besh yuzga yaqin adabiyotlarga ega axborot resurs
markazi bor.
Mustahkamlash Mashq bajarish 5-mashq. Berilgan raqamlarni o‘qing. Avval butun sonlarni, so‘ngra kasr sonlarni harflar bilan yozing.
1 ; 2/5; 5/3; 8, 25; 10, 20.
Lug’at bilan ishlash mangu — вечный sarhad — граница tig‘ — клинок (ножа) pahlavon — богатырь posbon — защитник qalqon — щит аsramоq — защитить qasam — клятва, dushman — враг, yov xoin — предатель, изменник ,
Ona yurt posbonlari Mard, jasurdir, pahlavon
Vatanim posbonlari.
Yurt uchun ko‘ksi qalqon
Ona yurt o‘g‘lonlari.
Asraysiz kelajakni,
Qasamga sodiq qolib.
Yovlar yaqin kelolmas,
Bo‘lgaysiz mudom g‘olib.
sog‘ bo‘ling baxtimizga,
Tinchligimiz posboni.
siz tufayli musaffo
Yurtimizning osmoni.
Mardlar saqlar Vatanni,
Muqaddas yurt tuprog‘i.
siz tufayli sokin tun,
Yashnar Vatan gul bog‘i.
(G. Amirova) Uygа vаzifа. She’rni yodlash
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____________ Abdullayeva N.K.