Uygа vаzifа. hikoyaning mazmunini so‘zlab bering.
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
6- sinf Sana
Mavzu Bilim –xazina. Belgilash olmoshlari. Dars maqsadlari: 1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini shirish.Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy:O’quvchilarda kamtarlik, ilm olishga intilish kabi xislatlarni tarbiyalash , kitob o’qish ahamiyatini bolalar ongiga singdirish
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: interfaol,hamkorlik metodi, aqliy hujum.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni so’rash.
Yangi mavzu bayoni Grammatik mavzuni tushuntirishBеlgilаsh оlmоshlаri so‘rоq оlmоshlаrigа hаr so‘zini
qo‘shib hоsil qilinadi. Маsаlаn: hаr kim, hаr nаrsа, hаr qаnchа, hаr qаysi kаbi.
Matn ustida ishlash Kuch — bilimda Кitоb bаrchа bilimlаr mаnbаi. Bilim esа barcha sirlarni ochuvchi kalitdir. Mamlakat ishiga yordami eng ko‘p tegadigan kishilar, avvalo, bilimli va donishmand kishilardir. Bilim insonlarni hamisha yaxshilik qilishga yo‘llaydi. Jahonda bilimdan kuchli narsa yo‘q. Bilimdon insonlar hamisha elda aziz bo‘lganlar va hurmat qozonib kelganlar
.