Mashq bajarish 8-mаshq. Bеrilgаn so‘zlаrgа dаrаjа mа’nоsini bildiruvchi so‘zlаrni qo‘shib yozing, so‘ng ulаr ishtirоkidа gаplаr tuzing.
Nаmunа: ko‘p o‘qimоq – judа ko‘p o‘qimоq.
А’lоchi bo‘lish uchun judа ko‘p o‘qish kеrаk.
Yaхshi, sеkin, chirоyli, bаlаnd, kеng, mаzаli. 9-mаshq. O‘qing. Daraja-miqdor ravishlarini aniqlang.
1. Palov ko‘p damlab qo‘yilmaydi, chunki guruch ezilib ketadi. 2. Biz onam pishirgan mastavani juda yoqtiramiz. 3. Norinni dasturxonga tortish oldidan ustiga picha to‘g‘ralgan piyoz qo‘yilsa, ishtahani ochadi. 4. Bolalar qozonga o‘t qalash uchun adirdan juda ko‘p o‘tin topib kelishdi. 5. Sho‘rva qaynab chiqishi bilan olovni biroz pasaytirish kerak.
Matn ustida ishlash Lug’at ishi qovurmoq — жарить yaxlit — целиком ziravorlar — специи
somoncha — соломкa аrаlаshtirmoq — смешивать zirvak — соус
Shirin palov — Hoy bolalar, palov yeysizmi? Achchiq-chuchuk bilan juda
ham shirin bo‘ladi-da, — dedi salim aka. — Hozir pomidorni qayerdan olar ekan? — deb hayron bo‘lishdi tol tagida o‘tirgan bolalar.
— Yeymiz, — dedi Hakim birinchi bo‘lib.
— Men moshkichirini yaxshi ko‘raman, — dedi Bahodir.
— Hazillashyaptilar, darrov palovni qayerdan oladilar? —
dedi yana birovi. salim aka g‘alati qilib jilmaydi:
— To‘g‘ri, hali tayyor emas. Lekin palov yeyishlaring aniq.
salim aka bolalarni sabzavot ekilgan yeriga olib bordi.
— Ko‘rdinglarmi? Sabzi, piyozlarni o‘t bosib ketdi. Kattalar
g‘o‘za parvarishi bilan band. Qani, azamatlar, bir o‘toq qilib tashlanglar-chi! Sabzisiz palov, piyozdog‘siz moshkichiri bo‘lmaydi. Bu yerni ertagacha o‘toq qilib bo‘lsanglar, indinga pomidor orasidagi o‘tlarga ham hujum boshlab yuborasizlar.
Bolalar salim akaning hazilidan xafa bo‘lishmadi. ertasi kuni
darsdan so‘ng har kim sinfidagi bolalarni polizga boshlab keldi.
Ikki kunda o‘tdan nishona ham qolmadi. Yoz kelib, hosil yetildi. Bolalar salim aka aytgandek, sersabzi palovni ham, piyozdog‘li mochkichirini ham, mazali pomidorlarni ham to‘yib-to‘yib yeyishdi.
(Mahmud Murodov)