6-sinf tarix darslarida loyiha metodidan foydalanish


LABORATORIYA ISHINI BAJARISH JARAYONI



Yüklə 87,45 Kb.
səhifə4/10
tarix29.04.2022
ölçüsü87,45 Kb.
#56698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6 sinf tarix darslarida loyiha met

LABORATORIYA ISHINI BAJARISH JARAYONI

O’rta maktab o’quvchilaridan tuzilgan guruh avvalo, 6-sinf tarix darsligi “Qadimgi Misr madaniyati” mavzusini o’qib chiqib, qo’shimcha adabiyotlarni maktab, tuman, viloyat ARMlaridan(o’quvchi ota-onasi yordamida), ommaviy axborot vositalari, internet saytlaridan (informatika o’qituvchisi yordamida) ma’lumot yig’ib chiqadilar. Ishchi guruh tarixiy asar, roman, qissa, badiiy filmlar, shuningdek internet saytlaridagi qadimgi Misr madaniyatiga oid materiallarni o’rganib, qadimgi Misr aholisini kundalik mashg’ulotlari, kiyimlari, mehnat qurollari, bayramlari, diniy hayotiga taaluqli manbalarni to’plab, saralaydi.Ushbu manbalar orqali o’quvchilarda tasavvur hosil bo’lgach, o’quvchi-rassom (tasviriy san’at o’qituvchisi yordamida) “Misr fir’avni ibodatxonada”, “Misrlik olimlar suhbati”, “Misr xudolari”, “Xudolarga bag’ishlangan bayramlarda Misr aholisi” va hokazo nomlarda mavzuni ochib berish uchun rasmlar chizadi. O’quvchilar tomonidan chizgan rasmlarni izohlanishi va sharh berilishi mavzuni mazmunini boyitib, yanada qiziqarli ahamiyat kasb etadi. Masalan, “Misr fir’avni ibodatxonada” rasm-tasvirini quyidagicha sharh berish mumkin: Qadimgi Misr poytaxtlaridan biri bo’lgan Fiva shahri. Fira’vn o’z a’yonlari bilan Karnak ibodatxonasi yonida. Ibodatxonada maydoni 5 ming kv.m 16 qatorda joylashgan 130 kolonnali ulkan zalning ochiq kolonnali hovlilar yonida. Ibodatxonaning kirishida ulug’vor minoralar ko’tarilib, u firavnlarning hokimiyati ulug’vorligi va donoligi ramzi, sfinkslar xiyoboniga olib boradi.Ibodatxona devorlari firavnlarning jasorati to’g’risidagi iyrogliflar va turfa rangli relef tasvirlar bilan qoplangan. Katta darvoza butunlay oltin bilan qoplangan ,xudoning soyasi obrazi ya’ni Shef qiyofasidagi qo’y tasvirlangan. Firavnning boshidagi toji haqiqiy lazar toshlari bilan bezatilgan. Uning qo’lidagi hokimiyat ramzilari oltindan bo’lib, lojuvard, yoqut va la’l bilan bezatilgan.

(rasm chizishda o’quvchi A3 formatidagi qog’oz, akvarel, rangli qalamlar, sho’tka, o’chirg’ich, chizg’ich, planshet, malbert, knopka kabi vositalardan foydalanadi. O’quvchilardan rasm chizishning ham ma’lum qoidalariga e’tibor berish talab etiladi: mavzuga oid tarixiy rasmlarni chizishda A3 formatidagi qog’oz planshet yoki malbertga knopkalanadi. Rasm chizishni deraza yonida turib bajarilsa, juda qulay bo’ladi, chunki tabiiy soya tushib tursa rasm sifati yaxshi chiqadi. Qalamni ushlab tirsakni bukmagan holatda shtrixni bir xil gradusda olib chiziladi. Tasvirni bo’yash jarayonida sho’tkani suvga botirib chizilgan qog’ozni sho’tka bilan suvga to’yintiriladi. 15-20 minutda qog’oz qurigach, akvarelga sho’tkani rangni chiqaramiz va palitra bilan chizilgan rasmni asta-sekin bo’yaladi. Tarixiy mavzuga oid rasm tasvir- tarixiy asarlar, badiiy asarlarni mutoalaa qilib, tarixiy va hujjatli filmlarni tomosha qilib, hosil qilingan bilim va ko’nikmani qog’ozda aks ettirilishidir. Bunda o’quvchi rasmlarni chizishda yo’lg’on aralashmasligi, tabiiy tarixiy muhitni jonlantira olishi lozim. Rasm tasvirni tagida mavzuni ochib beruvchi sharh keltirilishi va u faktlar asosida bo’lishi talab etiladi). Plastilin yordamida misrliklarning mehnat qurollarini tayyorlaydi. O’quvchilar qadimgi Misr madaniyatiga oid manbalar asosida dialog tayyorlaydi. Dialog tayyorlashda o’quvchilar quyidagi qoidalarga e’tibor berishlari lozim: Dialog ikki yoki bir necha kishining suhbati. Dialog o’ziga xos suhbat bo’lib,ma’lum bir mavzu yo’nalishidan iborat bo’ladi. Dialogning maqsadi qandaydir bir mavzuni muhokama qilishdir. Dialogni olib borish uchun suhbatda ishtirok etuvchilar oldindan tayyorlanadilar, unda kengroq ma’lumotlar ko’proq bo’ladi. So’zlashuv nutqi bo’g’langan va tushunarli bo’lishi kerak. Dialog nutq o’quvchidagi tafakkurning, xotira va diqqatning lug’at boyligining rivojlanganligi, nutqning grammatik jihatdan shakllanishiga yordam beradi. Dialog jarayonida o’quvchilar qadimgi misr hayotiga taaluqli jarayon va fikrlarni o’z nutqida aniq, ma’noli, burro qilib so’zlashi hamda ifodali vosita, ko’z qarashlar, imo-ishora, intonatsiya qoidalariga ham amal qilishi lozim. Qadimgi misr madaniyatiga oid dialogni bajarayotgan o’quvchi mavzudagi fikrlarni aytish bilan chegaralanmaydi, balki ularning xarakterli belgilarini ham ko’rsata olishi kerak. Dialogik nutqda o’quvchi mavzuga to’g’ri yondoshib, o’zi bajarayotgan obrazning savol va javobida emotsional holatni namoyish eta olishi talab etiladi.

Odamlarning qirib yuborilishi to’g’risidagi afsona”dan dialog parchasi:

1-o’quvchi : Ra Nunga aytdi:Oqsoqol xudo, Kundan men paydo bo’ldim! Xudolar-ajdodlar! Qaranglar odamlar ko’zimdan yaratilganlar, menga qarshi ular yovuz ishlarni o’yladilar. Menga ayting, siz bunga qarshi nima qilar edingiz? Mana men kutdim, avvalo siz bu to’g’risida nima deyishingizni eshitmasdan turib men ularni o’ldirmadim”.

2- o’quvchi: Shunda janobi oliylari Nun aytdi: Ra mening o’g’lim uni paydo qilgan va uni yaratgandan ko’ra buyukroq xudo! Sening taxting mustahkam va sendan qo’rqish katta. Ha sening “ko’zing” seni haqorat qilganlarga qarshi borsin!

1-o’quvchi : Shunda janobi oliylari Ra aytdi: “Qaranglar, ular sahroga qochdilar va ularning qalblari qo’rquvda”.

2-o’quvchi : Shunda ular janobi oliylariga aytdilar: “O’z ko’zingni jo’nat, ha u senga yovuzlik qilganlarni yo’q qilsin, uning oldida bo’lish va unga qarshi turishi uchun u Xatxor qiyofasiga kirganda”.

Va ma’bud bordi va u odamlarni sahroda yo’q qildi.

O’quvchilar qadimgi Misrdagi turli fanlarni rivojiga oid materiallarni o’rganadi. Guruh a’zolari qadimgi Misrdagi ilmiy bilimlar taraqqiyotini tekshirib, geometriya,matematika, tibbiyot sohalarida erishilgan kashfiyotlar haqida materiallar tayyorlaydi. Qadimgi Misr yozuvi namunalarini to’playdi. Qadimgi Misr hattotlari tomonidan yozilgan hujjatlarni alohida portfolioga joylashtiradi.



Tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalanib, qadimgi Misr ilmiy bilimlariga oid izohli lug’at tayyorlaydilar. Qadimgi Misr yozuvi namunalarini A3 formatidagi qog’ozlarda aks ettiradilar (tulqinsimon chiziq-suv,doiraning o’rtasida nuqta-quyosh). Guruh a’zolari birgalikda qadimgi Misrdagi turli fan sohalarini yutuqlarini aks ettiruvchi buklet tayyorlaydilar. Karton, oq qog’oz, elim yordamida buklet tayyorlanib unga o’quvchilar o’zlari chizgan rasm yoki internetdan ko’chirib olingan rasmni yopishtirib qo’yadilar. Bukletda yulduzlar xaritasi (astronomiyaga oid) podsho tirsagi, sonlar, kasr, maxraj (matematikaga oid), misr tibbiyotida ishlatilgan jarrohlik asboblari va hokazo tasvirlarni namoyish qiladi. Guruhning qolgan a’zolari qadimgi Misr me’moriy yodgorliklarini o’rganishga kirishadi. Misr firavnlari tomonidan bunyod etilgan piramidalarni qurilish tarixi va uslubini o’rganadi. Buning uchun www.google.ru saytidan Древный Египт nomi ostida qidiriladi. Ushbu saytga kirib Misr me’moriy yodgorliklaridan rasm nusxalari ko’chirib oladilar. Rasmlarda Misr piramidalari, Misr xudolariga bag’ishlab qurilgan ibodatxonalar, Misr fir’avnlari saroylari tasvirlari aks ettiriladi. Misr piramidalarini (Xufu, Xafra, Joser) qanday qurilganligi, qurilish ashyolari, ularni tarkibi, devoriy rasmlar, yozuvlar haqida axborot tayyorlaydi.Tayyorlangan materiallar asosida, o’quvchilar karton, rangli qog’oz, yelim, rangli qalamlar, keskich pichoq, qaychi, chizg’ich, o’chirg’ich yordamida piramida, ibodatxona, saroylarning maketini tayyorlaydi. Maketning ikki xil turi bor: 1. rangli maket 2. oq maket. Qurishning oldingi loyihasini to’liq tasvirlash uchun namuna sifatida tayyorlanadi.maket masshtab orqali yasaladi. Odatda maket 1:100 qilib, maydon kattaroq bo’lsa, 1:500 qilib yasaladi.O’quvchi Xufu piramidasi maketini yasaydi. Unga kartondan tashqari elim, qo’g’oz, plyonka, qum, taxta har xil mayda toshlar kerak bo’ladi. O’rtacha kattalikdagi taxtani maketni asosi sifatida olinadi. Karton piramida shakliga moslab qirqilgach, shakllar elimlanadi, piramida tashqi fasadiga moslab oq qog’ozda toshlar rasmi chizilib, bo’yaladi va Xufu piramidasi tayyor bo’ladi. Taxta plyonka bilan o’ralib tagidan mixlanadi. Taxtaning chetlari kichik reykalar bilan ixotalanadi. Ixotalangan maydonga cho’l hududni eslatish uchun mayda qum sepiladi. Maydon o’rtasiga Xufu piramidasi o’rnatiladi. Piramida atroflariga ahyon-ahyon joylarga qog’ozdan palma daraxti yasab qo’yib chiqiladi.


Yüklə 87,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin