6-sinf tarix darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami


-Mavzu: Qadimgi Yunoniston afsonalari (34 ta)



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə52/67
tarix02.06.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#60408
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
6 tarix mavzulashtirilgan test

Tuzuvchi: Qodirov Muhsinjon. Qo’qon DPI. +998 91 131 09 21

30-Mavzu: Qadimgi Yunoniston afsonalari (34 ta)


1. Qadimgi yunonlarning xudolar va bahodirlar haqidagi rivoyatlaridagi kentavr deb ataladigan maxluqlar qay tazda tasvirlanga?


A) yarim qush, yarim ayol
B) yarim baliq, yarim ayol
C) yarim ot, yarim odam
D) xudolardan tug’ilgan qudratli pahlovon
2. Qadimgi yunon rivoyatlariga ko’ra, yarim qush yarim ayol qiyofasidagi mahluqlar nima deb nomlangan?
A) sirena B) titan
C) kentavr D) siklop
3. Ma’lumki, qadimda yunonlarning xudolar va bahodirlar haqidagi rivoyatlarida peshonasida bitta dumaloq ko’zi bo’lgan afsonaviy mavjudotlar o’ziga xos o’rin egallaydi. Bunday mahluqlar nima deb nomlanadi?
A) titan B) siklop
C) kentavr D) sirena
4. Qadimgi yunon mifologiyasidagi Geya va Uran qanday ma’noga ega?
A) Oy va Yulduz B) quruqlik va suv xudolari
C) Yer va Osmon D) Oy va Quyosh xudolari
5. Ma’lumki, yunon asotirlarida aytilishicha, azalda Yer hamma tomonidan dengizlar bilan o’raglan. Dastlab qaysi titan (iloh) barcha dengizlarning hukmdori hisoblangan?
A) Poseydon B) Zevs
C) Atlas D) Okean
6. Qadimgi yunon asotirlariga ko’ra, Atlas bu - …
A) yelkasida Osmon gumbazini suyab turuvchi titan
B) Yer ilohasi C) Quyosh xudosi
D) dastlabki butun Yer yuzini qoplagan dengizlar hukmdori bo’lgan titan
7. Ma’lumki, qadimgi yunonlarning uch xudosi Olamga hukmronlik qilar edi: osmonda, dengizda va marhumlar saltanatida. Ular qaysi xudolar hisoblangan?
A) Demetra, Femida, Gefest
B) Gelios, Poseydon, Aid
C) Zevs, Poseydon, Afina
D) Zevs, Poseydon, Aid
8. Quyidagi qaysi qatorda yunon xudolarining ta’rifi noto’g’ri berilgan?
A) Afina – donishmandlik ilohasi
B) Ares – urush xudosi
C) Poseydon – dengiz xudosi
D) Gelios – Yer ilohasi
9. Quyidagi qaysi qatorda yunon xudolarining ta’rifi to’g’ri berilgan?
A) Appolon – yorug’lik, musiqa va she’riyat xudosi
B) Geya – Quyosh xudosi
C) Demetra – adliya ilohasi
D) Femida – sharob xudosi
E) Dionis - sharob xudosi
10. Qadimgi yunon mifologiyasida Zevs bu - …
A) yelkalarida Osmon gumbazini suyab turuvchi xudo
B) oily xudo va qolgan barcha xudolarning rahnamosi
C) dastlabki butun Yer yuzini qoplagan dengizlar hukmdori bo’lgan titan
D) Yer ilohasi
11. Qadimgi yunonlar e’tiqodida Quyosh xudosi nima deb nomlangan?
A) Femida B) Amon-Ra
C) Gelios D) Appolon
12. Qadimgi yunonlarning dehqonchilik va hosildorlik ilohasini aniqlang.
A) Poseydon B) Afrotida
C) Germes D) Demetra
13. Ma’lumki, yunonlarning oily xudosi Zevsning inisi Poseydon – dengiz xudosi, qizi Afina – donishmandlik ilohasi. Uning o’g’li qanday xudo hisoblangan?
A) dehqonchilik va hosildorlik xudosi
B) yorug’lik, musiqa va she’riyat xudosi
C) Quyosh xudosi D) Yer xudosi
14. Ma’lumki, Qadimgi Misrda adolat va adliya ilohasi Maat hisoblangan. Qadimgi yunon mifologiyasida bunday xudo nomi qanday nomlanadi?
A) Artemida B) Demetra
C) Afina D) Femida
15. Quyidagi atamalar orasida faqatgina Qadimgi Yunonistonga taaluqligini aniqlang.
1) oykumena; 2) polis; 3) plebey; 4) goplit; 5) konsul; 6) patritsiy; 7) falanga; 8) ilot; 9) metek; 10) kolon; 11) palestr; 12) legion.
A) 1, 3, 5, 8, 9, 11, 12 B) 2, 3, 6, 7, 9, 12
C) 1, 2, 4, 7, 8, 12 D) 1,2,4,7,8,9,11
16.Afsonalarning “mif” deya nomlanishi qaysi tilga xos?
A)lotin B)yunon C)ivrit D)ingiliz
17.Gerakl necha martalik jasorati uchun Olimp tog’idagi xudolar saltanatida faxrli o’ringa ega bo’lgan?
A)12 B)15 C)17 D)22
18.Yunonistonda yerosti saltanati xudosi kim hisoblangan?
A)Zevs B) Apollon C)Aid D.Poseydon
19.Yunonistondagi past tabaqali ma’budlar nima deb nomlangan?
A) Satir,nimfa B)Siklop,Sirena C)Furiya D)Kentavr
20.Yunonlarning fikriga ko’ra, qaysi ma’budlar o’rmonlar,daryolar,tog’larda yashaydi deb tasavvur etilgan?
A) Satir,nimfa B)Siklop,Sirena C)Furiya D)Kentavr
21.Qaysi xalq o’z xudolarini qizg’anchiq,shavfqatsiz,kunni bazm-u jamshid va ermakbozlikda o’tkazadi deb bilishgan?
A)hindlar B)yunonlar C)rimliklar D)misrliklar
22. Qadimgi yunonlar dinida Zevsning qizi, jangari ayol, donishmandlik ilohasi bo’lgan iloha qaysi bo’lgan?
A) Demetra B) Nika C) Afina D) Diana
23. Qadimgi yunonlar dinida Apollon qanday xudo bo’lganini aniqlang?
A) yorug’lik xudosi B) hamma javoblar to’g’ri
C) musiqa va she’riyat xudosi D) Zevsning o’g’li
24. Qadimgi yunonlar dinida Yer ilohasi qanday nomlangan?
A) Afina B) Geya C) Diana D) Demetra
25. Qadimgi yunonlar dinida temirchilar va hunarmandlar xudosi qanday nomlangan?
A) Gerakl B) Gefest C) Geya D) Germes
26. Qadimgi yunonlar dinida Afrotida qanday iloha bo’lgan?
A) urush xudosi B) muhabbat va go’zallik ilohasi
C) musiqa va she’riyat xudosi D) temirchilar va hunarmandlar xudosi
27. Qadimgi yunonlar dinidagi urush xudosini aniqlang?
A) Mars B) Ares C) Zevs D) Afina
28. Qadimgi yunonlar dinida Dionis qanday xudo hisoblangan?
A) sharob xudosi B) temirchilar xudosi
C) savdo-sotiq xudosi D) g’alab xudosi
29. Qadimgi yunonlar dinida savdo xudosi qanday atalgan?
A) Dionis B) Merkuriy C) Germes D) Xronos
30. Qadimgi yunonlar dinida Nika qanday iloha bo’lgan?
A) g’alaba ilohasi B) sevgi xudosi C) zamon xudosi D) sharob xudosi
31. Qadimgi yunonlar dinida Zamon xudosi qanday atalganligini aniqlang?
A) Xronos B) Eos C) Eros D) Aid
32. Qadimgi yunonlar dinida Artemida qanday xudo hisoblangan?
A) o’rmonlar va ovchilik xudosi
B) sevgi va muhabbat xudosi
C) marhumlar saltanati xudosi
D) uyqu xudosi
33. Qadimgi yunonlar dinida Gipnos qanday xudo bo’lgan?
A) uyqu xudosi B) sevgi xudosi
C) o’rmonlar va ovchilik xudosi
D) marhumlar saltanati xudosi
34. Qadimgi yunonlarning e’tiqodicha xudolar qayerda yashaydilar deb bilganlar?
A) hamma javoblar to’g’ri
B) Makedoniya va Fessaliya chegarasida
C) Yunonistonning Elida viloyatida
D) Olimp tog’ida


Tuzuvchi: “QAQNUS” o’quv markazi xodimi Fazliddin Burxonov



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin